Odam fiziologiyasi
orqali isbotlab berdi. Quyon b o‘ynidagi simpatik asab elektr toki bilan
Download 5.32 Mb. Pdf ko'rish
|
orqali isbotlab berdi. Quyon b o‘ynidagi simpatik asab elektr toki bilan ta’sirlansa, shu tomondagi quloq arteriyalari va arteriolalari torayib, quloq oqaradi, uning harorati pasayadi va hajmi kichrayadi. Simpatik asab qirqib qo‘yilganda shu tomondagi quloq tomirlari kengayadi, quloq qizaradi va harorati ko‘tariladi. Buni zamonaviy izlanishlar ham tasdiqlab berayapti, ya’ni simpatik asab qon tomirlariga haqiqatan ham vazokonstriktor (tomirlami toraytiruvchi) ta’sir etadi. Tinch holatda tomirlarga vazakonstriktor tolalari orqali muntazam ravishda asab impulslari boradi ulaming tonusini saqlab turadi. Shu sababli, simpatik tolasi qirqilganda tomirlaming kengayishi kuzatiladi. Aksincha simpatik asablar bosh miya, o ‘pka, yurak va ishlayotgan mushaklar tomirlariga teskari ta’sir qiladi ulami kengaytiradi. Simpatik asablar qo‘z g ‘olganda bu a’zolaming tomirlari kengayadi. Kengaytiruvchi (vazodilatator) asablar parasimpatik (adashgan) asablar tarkibiga kiradi. Bu asab tolalari simpatik asab hamda orqa miyaning orqa ildizlari tarkibiga ham kiradi. Parasimpatik tabiatli tomir kengaytiruvchi (vazodilatator) asab tolalari Ilk bor bosh miya asablarining VII jufti - yuz (bet) asabining tarkibida tomir kengaytiradigan asab tolalari borligini Klod Bemar kashf etgan. U bet asabiga ta’sir etib jag‘ osti bezi tomirlarining kengayishini isbot qilib bergan. Bundan tashqari, hozirgi kunda bunday asab tolalari til-yutqin (bosh miyaning IX juft) asabi va adashgan (bosh miyaning X juft) asabi tarkibida borligi ham aniqlangan. www.ziyouz.com kutubxonasi Simpatik tabiatli tomir kengaytiruvchi (vazodilatator) asab tolalari Simpatik vazodilatator tolalar skelet mushaklarini innervatsiya qiladi (boshqariladi). Ularga ta’sir qilganda tomirlar kengayadi va jimsoniy mashqlar paytida skelet mushaklarining qon aylanishi kuchayadi. Shunga qaramay? arterial bosimning reflektor boshqarilishida simpatik vazodilatator tolalar ishtirok etmaydi. Orqa miyaning tomir kengaytiruvchi tolalari Sezuvchi (sensor) tolalar orqa miyaning orqa ildizchalari tarkibiga kiradi. Ularning periferik qismlariga ta’sir qilganda qon tomirlarining kengayishi kuzatiladi. Tomirlar tonusining gumoral boshqarilishi Tomirlar tonusining boshqarilishiga kimyoviy moddalar ham ta’sir etadi. Qon orqali tarqaladigan gormonlar, tuzlar va peptidlar tomir devorlariga bevosita ta’sir qiladi yoki asablaming oxiriga vositali ta’sir yetkazib, qon tomirlaming faoliyatini o 4zgaratiradi. Qon tomirlariga ta’sir yetkazadigan gumoral moddalar ikki guruhga ' bo‘linadi: tomir toraytiruvchi va tomir kengaytiruvchi. Tomirlami toraytiruvchi moddalarga adrenalin, noradrenalin (buyrak usti bezlarining mag‘iz qismi gormonlari), vazopressin (gipofizning orqa bo‘limi gormoni), buyrak proteolitik fermenti -renin ta’siri ostida a^ - globulindan hosil boiadigan neyropeptid-angiotenzin «gipertenzin», biologik faol modda- serotonin va boshqa kimyoviy jihatdan yaqin bo‘lgan moddalar kiradi. Ko‘rsatilgan gumoral omillar ko‘pincha arteriya va kapillarlami toraytiradj. ,т_ Tomirlarni kengaytiruvchi moddalarga gistamin, atsetilxolin, to‘qima gormonlari- kininlar, prostoglandinlar kiradi. Gistamin - oqsil tabiatli modda b o iib , bazofillar va me’da ichaklaming devorlarida hosil boMadi. Gistamin faol vazodilatator hisoblanib, ingichka tolalami - arterial va kapillarlami kengaytiradi. Atsetilxolin esa mahalliy kichik qon arteriyalarini kengaytiradi. Kininlaming asosiy vakili-bradikinin hisoblanadi. U ham kichik qon arteriyalarini va prekapillar sfinkterini kengaytirib, a’zolarda qon aylanishini kuchaytiradi. Prostoglandinlar odam organizmining hamma a’zo va to4qimalarida mavjud. Ulaming ba’zi vakillari mahalliy qon tomirlami kengaytiradi. Tomirlarni kengaytiruvchi moddalarga sut kislotasi, kaliy va magniy ionlari ham kiradi. Shunday qilib, qon tomirlari faoliyati, ulaming tonusi asab tizimi va gumoral omillar orqali boshqariladi. Ularga biologik faol moddalarining katta guruhi kirib, vazokonstriktor va vazadilator ta’sir etadi. www.ziyouz.com kutubxonasi Tomirlarni harakatlantiruvchi markaziar Tomirlar markaziy asab tizimidan keladigan impulslar ta’sirida kengayadi yoki torayadi. Arterial tomirlaming muayyan darajada torayishini ta’minlaydigan asab markazi tomir hairakatlantiruvchi markaz orqa miyada joylashganini rus olimi V.F.Ovsyanikov 1871 yilda aniqlagan. Bu markazning qayerda joylashganligi miya stvolini turli yeridan qirqib k o‘rish yo‘li bilan aniqlangan. Miya, agar uzunchoq miya bilan orqa miya oralig‘idan kesilsa, uyqu arteriyasida tomirlarning tonusi pasayganligi sababli qonning maksimal bosimi m e’yordagi 100-120 mm dan 60-70 mm ga tushadi. Keyinchalik tomirlar tonusining muntazam tiklanishi kuzatiladi va arterial bosim bosqichma-bosqich ko‘tarilib yuqori darajada saqlanib turadi. Arterial qon bosimining tiklanishi orqa miyaning ко‘кгак va bel segmentlarida joylashgan simpatik asabni boshlab beradigan neyronlar orqali amalga oshiriladi. Bu asab hujayralari tananing turli qismlarida joylashgan qon toniirlari bilan morfo-funksional aloqada b o‘lib, orqa miyaning tomir harakatlantiruvchi markazlar funksiyasini bajaradi va tomir tonusini boshqarib turishda muhim rol kasb etadi. Uzunchoq miya. F.V.Ovsyanikov o ‘z tajribalarida hayvonlar orqa miyasini yuqorirog‘idan (to‘rttepalikdan) qirqib, uzunchoq miyada tomir harakatlantiruvchi markazning mavjudligini aniqlab berdi. Bu markaz orqa miyada joylasiigan tomir haratlantiruvchi markazlar faoliyatini boshqaradi, shu bilan birga bu ikki markaz orasida afferent va efferent bogianish borligini ham dalillar bilan isbotlab berdi. F.V.Ovsyanikovning bu taxminlarini zamonaviy fiziologiya fani ham ma’qulladi. Tomirlami harakatlantiruvchi markaz-bu juft tuzilma b o iib , rombsimon miyaning chuqurchasida (IV qorinchada) joylashgan b o iib , pressor va depressor boiim lar deb ataluvchi ikki qismdan iborat ekanligi yanada sinchiklab tekshirishda m aium b oidi. Pressor boiim ga ta’sir etilganda arteriyalar torayadi va qon bosimi ko tariladi, depics»5oi b oiim ga ta’sir etilganda esa arteriyalar kcr 0 ’rta miya va gipotalamus Amerikalik olim N.Gerrik ishlariga ko‘ra, o ‘rta miyaning neyronlariga ta’sir yetkazib tomir tonusini oshib borishi mumkin buning natijasida arterial bosim ham k o‘tariladi. Gipotlamusning oldingi guruh yadrolari ta’sirlansa, tomirlar tonusi pasayadi va arterial bosim tushadi. Gipotlamusning orqa guruh yadrolari ta’sirlanganda, aksincha, tomirlar tonusi va arterial bosim ko‘tariladi. Gipotalamusning bu ta’sirchanligi asosan uzunchoq miyadagi tomir harakatlantiruvchi markazlar orqali amalga oshiriladi (Baklavadjyan, 1989, Latash, 1979). www.ziyouz.com kutubxonasi Tomirlar tonusining refleks yo‘li bilan boshqarilishi Qon tomirlari tonusining rsfleks y o ii bilan o ‘zgarishi - tomirlari refleksi rus' olimi V.N.Chemigovskiy tasnifiga muvofiq xos va birga o‘tuvchi reflekslar deb ikki guruhga boiinadi. Xos tomir reflekslari tomirlaming o ‘zlaridagi retseptorlardan keladigan impulslar ta’sirida yuzaga chiqadi. Tomirlar tizimining retseptor elementlarga juda boy bo‘lgan qismlari refleksogen mintaqalar deb ataladi. Aorta ravogida joylashgan retseptorlar markazga intiluvchi asab tolalarining oxirlari b oiib , I.F.Sion va K.Ludvig kashf etgan depressor asabning tarkibida boiadi. Bu asabning markaziy uchiga ta’sir etilsa, adashgan asab yadrosining tonusi refleks y o ii bilan oshadi va tomir toraytiruvchi markaz tonusi refleks y o ii bilan pasayadi, shu sababli qon bosimi pasayadi. Natijada yurak faoliyati tormozlanadi, ichki a’zolaming tomirlari esa kengayadi. Quyonning adashgan asablari qirqilgan bo‘lsa, depressorga ta’sir etilganda yurak ritmi sekinlashmay, tomirlar faqat refleks yo‘li bilan kengayadi. Karotid sinusning refleksogen mintaqasidagi retseptorlardan markazga intiluvchi asab tolalari boshlanadi, ular Gering asabini yoki karotid sinus asabini hosil qiladi, bu asab til-halqum asabining tarkibida miyaga kiradi. Tomirlarning refleksogen mintaqalaridagi retseptorlari ulardagi qon bosimi ko‘tarilganda q o‘z g ‘alganligi uchun ularni pressoretseptorlar yoki baroretseptorlar deb atashadi. Ikki tomondagi sinokarotid va aortal asablar qirqib qo‘yilsa, tomirlar gipertoniyasi ro‘y beradi, ya’ni qon bosimi ko‘tariladi: itning uyqu arteriyasidagi qon bosimi odatdagi 100-120 mm o ‘miga 200-250 mm simob ustuniga yetadi. Qon bosimi barqaror ko‘tarilsa, impulsatsiya to‘xtovsiz davom etadi va tomir toraytiruvchi markaz tonusining refleks y o ii bilan pasayishiga sabab boiadi, shu sababli tomirlar kengayib arterial bosim pasayadi (depressor refleks). Tomirlardagi faqat pressoretseptorlar qo‘z g ‘alishi natijasidagina emas, balki qon kimyoviy tarkibining o ‘zgarishiga sezgir bo‘lgan xemoretseptorlarning q o‘zg ‘alishi natijasida ham qon bosimi refleks y o i i bilan boshqariladi. Bunday xemoretseptorlar aortaning k o ‘taraladigan qismining tashqi qavatidagi aortal tanachada va umumiy uyqu arteriyasining shoxlanadigan joyidagi karotid tanachada to‘plangan. Xemoretseptorlar qondagi So2ga va kislorod yetishmasligiga sezgir; ularga is gazi (SG), sianidlar, nikotin ham ta’sir etadi. Qo‘zg‘alish bu retseptorlardan markazga intiluvchi asab tolalari orqali o ‘tib, tomirni harakatlantiruvchi markazga boradi va uning tonusini oshiradi. Natijada tomirlar torayib, qon bosimi ko‘tariladi. Shu sabab bilan bir vaqtda nafas markazi ham q o ‘z g ‘aladi. Shunday qilib, aorta va uyqu arteriyasidagi xemoretseptorlaming ta’sirlanishi natijasida tomirlarning pressor reflekslari yuzaga chiqadi. Bu reflekslarda arteriyalaming torayishi tufayli qon bosimi ko‘tariladi, pressoresitorlar ta’sirlanganda esa depressor reflekslar yuzaga chiqadi. Bu reflekslarda arteriyalarning kengayishi tufayli qon bosimi pasayadi. www.ziyouz.com kutubxonasi V.N.Chemigovskiy va boshqa mualliflar taloq, buyrak usti bezi, buyraklar, ko‘mik tomirlarida ham xemoretseptorlami topishgan. Ular qonda boMadigan atsetilxolin, adrenalin, neyropepidlardan: beta-endorfin, enkefalin, dalargin, bombezin, dermorfin, P-moddasi va boshqa turli kimyoviy birikmalarga sezgir. Xemoretseptorlaming ta’sirlanishi natijasida qon bosimi aksari ko‘tariladi. Tomirlarda baro-presso va xemoretseptorlar mavjudligidan, qon bosimi murakkab ravishda boshqarilib turadi va u biror sabab bilan me’yordan ko‘tarilgan yoki pasaygan taqdirda refleks y o ii bilan tez baravarlashib qoladi. Birga o ‘tuvchi reflekslar k o‘pincha arterial bosimning ko‘tarilishida namoyon boiadi. Bunday reflekslarni tana yuzasidagi retseptorlarga ta’sir etib yuzaga chiqarish mumkin. Masalan, o g ‘rituvchi ta’sirotda tomirlar (ayniqsa, qorin bo‘shlig‘ining a’zolaridagi tomirlar) refleks y o ii bilan torayadi va arterial bosim k o‘tariladi. Qirqib qo‘yilgan har qanday sezuvchi asabning markaziy qismiga kuchli elektr toki bilan ta’sir etilganda ham shunday natija olish mumkin. Teriga sovuq ta*sir qilganda ham tomirlar (asosan teri arteriyalari) torayadi. Tomirlar tonusining kortikal boshqarilishi Bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘inmg tomirlarga ta’siri birinchi marta po‘stloqning muayyan qismlarini ta’sirlash y o ii bilan isbot etilgan. Odamda tomirlaming kortikal (po‘stloq) reaksiyalari shartli reflekslar usulida o'rganilgan. Bu tajribalarda tomirlarning torayganligi yoki kengayganligi biror a’zo, masalan q o‘l hajmining o ‘zgarishidan pletizmografiya, usulining yordami bilan bilinadi. Tomirlar toraysa a’zoning qonga toiish i, binobarin hajmi ham kamayadi. Tomirlar kengayganda esa, aksincha, a’zoning qonga toiish i va hajmi ortadi. Biror ta’sirot, masalan, terining biror qismini isitib, periferik tomirlami refleks y o ii bilan kengaytirish yoxud terining biror joyini sovitib yoki o g ‘rituvchi ta’sirot berib, periferik tomirlami toraydrish bilah birga birorta indifferent ta’sirlovchi (tovush, yorug‘lik va h.k.) qoilanilsa, bir qancha marta shunday birga ta’sir etishdan so‘ng indifferent ta’sirlovchining o ‘zi oldin u bilan birga berilgan shartsiz issiq, sovuq yoki o g ‘riq Ufsiroti kabi tomirlar reaksiyasini vujudga keltiradi. Ilgari indifferent boigan ta’sirotga tomirlar shartli refleks y o ii bilan, ya’ni bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i orqali javob beradi. Bunday hollarda teriga hyech qanday ta’sir k o‘rsatilmagan b o isa ham, odamda tegishli sezgilar (issiq, sovuq yoki o g ‘riq sezgisi) paydo boiadi. Sportchilar mashq yoki musobaqa boshlashdan avval startda turganda yurak faoliyati va tomirlar tonusi o ‘zgarishi sababli qon bosimining ko‘tarilishi ham bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ining ta’sir etishini ko‘rsatadi. www.ziyouz.com kutubxonasi Fiziologik tinch holat sharoitlarida qon tomirlarda 60-70% qon mavjud. Bu qon miqdori sirkulatsiya (aylanib yuradigan) qoni deb ataladi. Qolgan 30-40% qon miqdori maxsus qon depolarida qon zahirasi sifatida saqlanib qoladi va shu sababli uni zaxiraviy qon deb atashadi. Shunday qilib, aylanib yuruvchi-sirkulator qon miqdori qon depolaridan umumiy qon aynalishiga chiqadigan qon hisobidan oshishi mumkin bo‘ladi. Qon depolariga taloq, jigar, teri ostidagi tomirlar va o ‘pka kiradi. Taloqda 500 ml qon bor, u sirkulatsiyaga deyarlik butunlay qatnashmasligi mumkin. Jigar tomirlarida va teri ostidagi tomirlar chigalida (odamning shunday chigalida 1 litrgacha qon b o ‘lishi mumkin) qon boshqa tomirlardagiga nisbatan ancha (10-20 baravar) sekin aylanadi. Shuning uchun bu a’zolarda qon ushlanib qoladi va ular g o ‘yo qon rezervuarlari, boshqacha aytganda, qon depolari hisoblandi. Taloqdagi qonda eritrotsitlar tomirlarda aylanib yurgan qondagiga nisbatan ko‘proq va gemoglobini ham 15% ortiq b o‘lgani uchun taloqdagi qon umumiy sirkulatsiyaga qo‘shilishi bilan kislorod ham ko‘proq tashiladi. Qondagi kislorod miqdori kamayganda taloq refleks y o ‘li bilan qisqaradi va o ‘zidan qo‘shimcha miqdorda qon siqib chiqaradi. Shuning uchun: 1) qon y o ‘qotilganda, 2) atmosfera bosimi yoki qondagi kislorodning parsial bosimi pasayganda, 3) is gazidan zaharlanishda, 4 )exloroform yoki efir narkozida, 5) jismoniy ish bajarishda va shunga o ‘xshash holatlarda taloq qisqaradi. Organizm tinch turganda taloq kengaygan, k o‘proq qonga toigan, shu tufayli sirkulatsiyada qon miqdori kamaygan boiadi. Taloq va jigarning qonga toiish i, binobarin, qon depolari sifatidagi funksiyasi refleks y o ii bilan boshqariladi. Simpatik asab tizimi quzg‘olganda taloqning qisqarishi yuzaga chiqadi va qon tomirlarga o ‘tadi. Adashgan asab quzg‘olganda esa, aksincha taloq qon bilan to‘yiladi. Katta yoshdagi odamlaming o‘pka va jigaridagi qon tomirlarida m aium bir miqdor qon ushlanib qoladi. Jigaming tomir tizimida 0,6 1 gacha qon zahira b o iib tursa, o ‘pkaning qon tomirlarida uning miqdori 0,5 dan 1,2 1 gacha yetadi. Jigar qon deposi sifatida katta ahamiyatga ega. Jigar venalarining yirik tarmoqlari devorida mushak to‘tamlari bor, ulardan sfinkterlar (halqasimon qisqich klapanlar) paydo boiadi, bular qisqarganda quyiladigan joyi torayib jigardan qonning oqib chiqib ketishi qiyinlashadi. Shu tariqa, jigarda qon ushlanib qoladi va bu a*zo qonga k o‘proq to‘lishadi. Jigardagi qon umumiy sirkulatsiyadan taloqdagi qon kabi chetda qolmaydi, biroq jigar venalaridagi sfinkterlar qisqargan bo‘lsa qon yurishi susayadi. Teri ostidagi qon tomirlarida 1 1 gacha qon zaxira b o iib turadi. Uning asosiy miqdori qorin bo‘shligida joylashgan turli a*zolar venalarida saqlanib, vegetativ asab tizimi orqali boshqariladi, taloq, jigar va qon tomirlari singari o'z funksiyalarini bajarib boradi. www.ziyouz.com kutubxonasi Organizmda umumiy qonning taqsimlanishi Qon tomirlarda umumiy qonning miqdori 5-6 1 ga teng, ammo qonning Download 5.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling