Odob axloq normalari: mehmonga borish hamda mehmon kutish odobi


Download 17.12 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi17.12 Kb.
#1127395
Bog'liq
Odob axloq normalari. Mehmon kutish


odob axloq normalari: MEHMONga borish hamda mehmon kutish ODOBI
Reja:
1. Mehmon kutish odobi, mehmon va mezbon muloqoti.
2. Chet ellik mehmonlarni kutishning o'ziga xos xususiyatlari.
3. Mehmonga borish qoidalari.
Mehmon kutish odobi, mehmon va mezbon muloqoti. Daraxt borki, unga qush qo'nadi, uy borki, unga albatta mehmon keladi. Mehmon mo’tahar bir zot, binoharin uni kutib oluvchi mezbon o'quvli, yaxshi fazilatli bo'lishi kerak. Mehmon mezbon aloqalarining ko'rigilni ravshan yoki xira qiladigan tomonlari bor. Isrofgarchilik, manmanlik, laganhardorlik va tilyog'lamalik, xasislik qilish, ta'magir bo'lish ko'rigilni xira qiladigan tomonlaridir.
Ko'rigilni ravshan qiladigan tomoni esa odamgarchilik qilish, insoriparvarlik, ahillikni mustahkamlash, saxiy, odobli, xushmuomila bo'lish. Biz ana shu salbiy tomonlani yo'qotish va ijobiy tomonlarni kuchaytirish orqaligina yoshlarimizni mehmonnavozlik ruhida tarbiyalay olamiz.
Наг qanday badjahl mezbon ham, mehmon oldida muloyim, xushtavoze bo'lishga harakat qiladi. Mehmonni kiygan kiyimiga qarab toifaga bo'luvchilar katta xato qiladilar. Mehmon kim va qanaqa kiyiriishidan qat'iy nazar, hari bir u mehmon, u inson. Eski davrlarda mehmonni boy va kambag'alga bo'lish odat bo'lgan.
Voqea: XIX asrning oxirida Toshkentlik Tojiboyvachcha to'y qiladi. Kelgan mehmonlarni boy va kambag'alga bo'lib o'tkazadi. Boylardan ortgan sarqit taomlarni kambag'allar dasturxoniga qo'ydiradi. To'yga o'sha davrning allomalaridan Mirza Ali Mahsum ham taklif etilib, u meh-monlarning boy va kambag'alga ajratib o'tkazilayotganini ko'radi. Alloma to'ydan chiqib, to'y qiluvchining darvozasiga bir parcha qog'oz yopishtirib ketadi.
To'yga keluvchilar yozuvni o'qib, to'yxonaga kirmay ketaveradilar.
Darvozaga ushbu she'r yopishtirilgan edi:
Boy kelsa bola xonaga deydilar,
Kambag'alni - otxonaga deydilar.
To'yingiz. "Muborak bo'lsin" Tojiboy,
Xudoyim bersin, sizga do'zaxdan joy!
Mehmonni o'zbek shuning uchun ham sevadiki, mehmondo'stlik katta bir odob-axloq maktabi. Bir tomondan u kishini xushfe'l, muruvvatli qilib tarbiyalasa, ikkinchi tomondan ro'zg'orshunos bo'lish, uy tutish, rasamadli va pokiza bo'lishga o'rgatadi.
O'zi pastkash, lekin mehmon huzurida boyligi bilan maqtanadigan shaxslar ham bo'ladi. Bularnikiga yaxshi mehmon bir keladi-yu, keyingi safar o'ylanib qoladi. Sa'diy Sheroziy quyidagi baytini ana shunday mezbonlarga qarata aytgan bo'lsa kerak:
Past kishini molu-dunyo ko'tarmas beshak,
Eshak atlas to'qimi bilan ham eshak.
Ko'rinib turibdiki, mezbonlik baxtiga sazavor bo'lishlik juda qiyin va katta burch ado etishni talab etadi. Shu sababli ham mehmonxona ko'rmagan va umrida o'zi biror marta ham mehmon kutishga ulgurmagan yoshlarimiz uchun mezbonlik vazifalarining ayrim tomonlari, qoidalari va yo'l qo'yilish ehtimol bo'lgan xatolar to'g'risida eslatib o'taman.
Aytaylik, uyingizga mehmon keldi. Siz uni loyiq ehtirom va hurmat bilan qarshi olasiz. Dasturxon yozib, bisotingizda nimaki yaxshi narsa bor o'rtaga qo'yasiz. Aslini olganda, mehmon sizning osh-noningizni deb emas, o'zingizni deb, sizning yaxshi qiliqlaringizni, xushfe'lligingizni qumsab, suhbatingiz orzusida sog'inib keladi.
Sizning ham shu kungi barcha xatti-harakatlaringiz, fikru-zikringiz faqat bir narsaga mehmonni iloji boricha yaxshi kutishga, uni xushnud qilishga qaratilgan.
"Qobusnoma" asarining "Mehmon chaqinsh va mehmon bo’lish haqida"gi bobida yosh mezbon uchun shunday nasihat yozilgan: "Ey, farzand, mehmonga minnat qilmagin, ochiq yuz bilan gapirgin. Наг bir kishi sening mehmoning bo'lsa, shodlik bilan taomingni yesin. Lekin o'zing sharobni kam ichgil, mehmondan ilgari mast bo'lmagil va hamma vaqt ochiq yuzli bo'lgil, kulib turgil. Am­mo behuda kulma, ko'p kulish bir nav devonalikdir".
Yosh oilalarda taom tayyorlashni bilmaslik, mehmonni ko'rigildagidek kutib olmaslik oqibati er va xotin o'rtasida kelishmovchilik, dilsiyohlik, katta janjallar chiqib ketishiga sabab bo'ladi. Mana shunday kelishmovchiliklar yig'ilib-yig'ilib sitamga aylariib ketadi. Bir sudyaning aytishiga qaraganda, ajralish uchun ariza ko'tarib kelayotganlarning anchasi yangi turmush qurayotganlar ekan va ular turlicha arzimas sabablar ko'rsatishar ekan. Kuyov kelinni ovqat pishira olmaslikda ayblasa, kelin kuyovni o'tin yorib bermaslikda avblaydi.
Hurmatli o'quvchilarimiz masalaning shu tomonini chuqurroq tahlil qilishsa foydadan holi bo'lmasdi.
2. Chet ellik mehmonlarni kutishning o'ziga xos xususiyatlari. Endi bir oz chet ellik mehmonlar, ularning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rib chiqsak.
Janubiy va Sharqiy Osiyo mamlakati xalqlari dona-dona qilib pishirilgan gurunchlarni xush ko'radilar. Mongoliyaliklar go'shtli taomlarni ko'proq iste'mol qilishadi. Markaziy Afrika xalqlari ko'proq sabzavot iste'mol qilishadi. Shvedlar, turklar shirinlikka o'ch bo'lishadi. Koreya,
Vengriya, Hindistori, Vetnam va Meksikadan kelganlar achchiq taomlarni xush ko'rishadi. Skandinaviya mamlakatlari, Yaponiya, Yangi Zelandiyaliklar ko'proq baliq iste'mol qilishadi. Nemislarga ko'proq tortlar va buterbrodlar ma'qul tushadi, fransuzlar uchun xilma-xil sardaklar yaxshi. Italyanlar makaron mahsulotlarini xush ko'rishadi. Ularni lag'mon bilan siylash soz bo'ladi.
Janubiy Amenkaliklar ko'proq makkajo'xori taomlarini, Shimoliy Amenkadan kelganlar esa sosiska, muzqaymoq, sutni xush ko'radilar. Barcha musulmon mamlakatlandan kelgan mehmonlar dasturxonida cho'chqa go'shti solingan taom bo'lmalasligi lozim.
Hindistonliklar mol go'shti yeyishmaydi. Shimoliy Hindiston, Pokiston,
Afg'oniston, Erondan kelgan mehmonlarga barcha o'zbek taomlari manzur bo'laveradi. Inglizlar, livanliklar, tibetliklar quyuq damlangan choy ichadilar, barcha Evropa mamlakatlari, Afrika, Amenka, Turki-yada qora qahva ichish udumga aylangan. Vetnamdan tortib to Yaponiyagacha bo'lgan barcha mamlakatlarda ovqatni bir juft cho'p bilan yeyish odat. Gollandiya va
Belgiyada pishloqni xush ko'rishsa, Bolgariya va Yugoslaviyada kabob ko'proq iste'mol etiladi. Vengriyada qalampir do'lma birinchi o'rinda turadi.
Mana shu ayrim misollarning o'ziyoq sizga mehmonlarni xursand qilish uchun bir vosita bo'lish mumkin.
3. Mehmonga borish qoidalari. Mehmonga o'z vaqtida yetib boring, ba'zilar "Bu ochidan o'lgan ekan-da", deb o'ylamasligi uchun atayin kech kelishadi-da, yana dard ustiga chipqon deganlaridek, yana kinoyali kulgu bilan "O'h-hu, jamoat jam-ku! Biz kechikib qolganga o'xshaymiz" deb qo'yishadi. Bu hol ko'proq o'zi to'g'risida juda yuqon fikri bo'lgan kibrli shaxslarda uchraydi. U barchani bezovta qiladi.
Mehmondorchilikka yuvinib, taranib, ozoda kiyinib borish lozim. Ish kiyimida borish yaramaydi. Lekin zeb-ziynatga berilish, o'tkir didli atir sepish, ortiqcha pardoz-andoz bilan o'zini "ko'z-ko'z" qilib borish ham yaramaydi.
Ayniqsa, etagi kalta va tor ko'ylak kiyib borish o'zbekcha mehmondorchilikka sira ham to'g'ri kelmaydi. Keksa odamlar huzurida o'tirib turishni ham hisobga olish va nazardan qolmaslikka harakat qilish zarur.
Ziyofat choydan boshlanadi. Choy quyuvchi choyni qaytargach, dastlabki piyoladagi choyni o'zi ichadi, so'ng o'ng qo'lda choy beradi yoki dastlabki piyolani yoshi ulug' mehmonga uzatadi. Taom tanovuli yaxna taomlardan bosh­lanadi. Bunda salatlar qoshiq bilan olinib, har kim o'z oldiga qo'yilgan likopchaga soladi va sanchqi bilan yeydi. Yaxna go'sht sanchqi bilan olinib, pichoq bilan kesib yeyiladi. Pichoq o'ng qo'lda, sanchqi chap qo'lda kesiladi, pichoq ishlatilmasa sanchqi o'ng qo'lda bo'ladi.
XI asrning tarixchisi, buyuk adabshunos olim Bolosog'unli Yusufning "Saodatga yo'llovchi bilim" nomli asaridan bir parchani keltiramiz:
"Bir to'yimli ovqat va ichimlikni deb sen o'zingni beqadr qilmagin. Nafsni saqla, kishilarning pasti bo'lma.
Nafsing uchun nafsinigning quli bo'lma. Men juda ko'p ko'rganmanki, qadr topgan kishilar ham nafsini tiya olmagani uchun yuz tuban ketdilar. Elda ulug'lik topgan kishilarni ham nafsi qul qilib er tishlatdi. Ko'p boylarni ko'rdim, ularni ham nafsi tutqin bo'ldi, ular ham xonavayron bo'lib, qashshoqlashib qoldilar. Ey nafsi g'olib, sen nafsingga ilinsang, undan qutulib bo'lmaydi.
Sen qaysi ziyofatga borsang ham odob bilan ovqat yegin. Tartib qoidalarni bilmaydigan, farosatsiz, badfe'l kishi tartibli kishini ko'rsa boshi gangiydi.
Boshqa odam oldida turgan narsani cho'zilib oluvchi bo'lma, o'z qarshingga qo'yilganini ol va ye. Zinhor betoqat va yengiltak bo'lma. Nima olsang tishla, maydalab chayna, issiq oshni og'zing bilan puflama. Kishining ko'ngli bamisoli yupqa shisha bo'ladi, uni juda avaylab ehtiyot qil, uni qo'zg'atma, sinadi.
Kishining ko'ngli qolsa, yaqinlik uziladi.
Ovqatni me'yori bilan ye, ko'p ovqat yema: Ko'p ovqat yeydiganlarning ovqati balo bo'ladi, ovqati balo kishi esa doim dardmand bo'ladi. Issiqlik oshsa, darhol sovuqlik ichib, o'zing engillashtir, sovuqlik oshadigan bo'lsa, issiqlik bilan tuzat. Insonni hayvondan farqlaydigan narsalardan biri - o'z mijoziga qarab ovqat yeyish. Nazar solsang, tabiblar yaxshi aytibdilar: kishi ovqatni oz yesa, salomat bo'ladi.
Download 17.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling