O’g’it me’yorlarini belgilashda tuproq,o’simlik,o’g’it,iqlim va agrokimyoviy tadbirlar o’rtasidagi bog’liqlik hisobga olinishi zarur


Download 69.45 Kb.
bet2/10
Sana18.06.2023
Hajmi69.45 Kb.
#1590360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BMI (2)

2. Adabiyotlar taxlili
Agrokimyo fani barcha turdagi o’simliklarning har-xil o’g’itlarga bo’lgan munosabatini o’rganuvchi fan bo’lib, asosiy vazifasi o’simliklarning o’g’itga bo’lgan talabini hamda tuproq tarkibidagi o’simlikllar uchun zarur bo’lgan azot,fosfor,kaliy va bir nechta mikro elemenlarning ta’sirini o’rganishdan iboratdir.
O’simlilarning oziqlanishi uchun eng ko’p talab qilinadigan elementlar, asosan azot,fosfor va kaliy bo’lib, ular makro elementlar deb ataladi.
Kimyoviy elementlarni og’it sifatida keng qo’llashni birinchi marta agrokimyo fanining asoschisi D.Pryashnikov atroflicha o’rganib, qishloq xo’jaligida barcha ekinlardan yuqori va sifatli hosil olishda, o’simliklarni sestemali ravishda oziq moddalar bilan taminlash muxim ekanligi ilmiy jixatdan isbotlab berdi. Shu bilan birga o’simlilarning o’sish davrida tuproqda ozuqa rejimining buzilishi o’simliklarning o’sish va rivojlanishiga salbiy ta’sirini isbotladi. Chubki hamma turdagi o’g’itlarning o’simliklarga ijobiy ta’sir ko’rsatishi uchun barcha agrotexnika tadbirlarini o’z vaqtida sifatli o’tkazish muxim ahamiyatga ega.
Paxtachilik mintaqalarida meniral o’g’itlar, tuproq unumdorligini oshirishda; qishloq xo’jalik ekinlari ayniqsa g’o’zadan yuqori hosil olishda azotli o’g’itlar muhim ro’l o’ynaydi.
P.V.Protasov (1961) ma’lumotlariga ko’ra sobiq sayuzda o’tkazilgan ko’plab tajribalarning natijalariga asosan, tuproqda azotli yetishmasligi, g’o’zaning o’sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi, g’o’za barglari ochiq ranga kiradi, hosil elementlarining paydo bo’lishi sekinlashadi, ko’plab hosil elementlari to’kiladi oqibatda hosilning keskin kamayishiga olib keladi.
P.I.Yarovinka va A.I.Umarovlar (1965) tomonidan o’tkazilgan tajribaga asosan azot o’g’iti meyorining gektariga 100 kilogrammdan to 300 kilogramgacha oshirilganda, hamda fosforning to’g’ri nisbatlarida oshirilishi, paxta hosildorligining mo’tonosib ravishda oshganligi isbotlangan.
G.A.Dyujev, V.Atayev (1975) lar azotning oshirilgan me’yorlarini ya’ni gektariga azot 150,225,300, fosfor 100,150,200, kaliy 30,60 va 90 kilogramm me’yorlarida Turkmaniston sharoitida o’tkazilgan tajribalardan ma’lum bo’lishicha, Turkmaniston sharoitida o’g’itlarning eng samarali me’yorlari gektariga azot 150-225, fosfor100-150 va kaliy 30-60 kilogram ekanligi aniqlangan.
Fosfor o’simliklar oziqlanishida eng muhim elementlardan bo’lib ,har qanday organizm fosforsiz hayot kechira olmaydi .Chunki o’simliklarda kechadigan modda almashinuv jarayonining asosiy qismi faqat fosfor kislotasining ishtirokida o’tadi .

O’simliklar hayotining boshlang’ich davrida, fosforga o’ta talabchan bo’ladi. M.A. Belousov (1964) tomonidan o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki, paxta urug’ barg chiqargan paytdan, bir juft chinbarg chiqaradigan davrga qadar, fasforli o’g’itlar berilmaganda o’g’itlarning o’sib rivojlanishi keskin susaygan, hosil bo’lgan burglar rangsizlangan va hosildorlik sezilarli darajada kamaygan.


A.A. Jurayev va M. Sulaymonovlar (1972) ma’lumotlariga asosan, tuproq tarkibida harajatlar fasfor miqdori bir kilogram tuproqda 15 miligramm bo’lgan tuproqlarga gektariga 200 kg azot va 100 kg fosfor berilganda hamda fosfor elementi ,bilan yetarli darajada ta’minlangan tuproqlarga gektariga 200 kg azot va 50 kg fosfor berilganda yuqori hosil olinishi kuzatilgan.
N. Jumayev, I.Ismoilova, SH. Mamanovlarning (1987) Ma’lumotlariga ko’ra, yangi o’zlashtirilgan qarshi gulining taqirli tuproqlariga o’tkazilgan tajribalarning ma’lumotiga asosan ingichka tolali g’o’za navlaridan gektariga 45-50 sentner hosil olish uchun 250-275 kg azot, 150-180 kg fasfor va 125-140 kg kaliy o’g’itlari berilishini tavsiya etgan. G.G. Jurayev va F.Q. Qodirxo’jayevlar tomonidan Farg’ona viloyatining o’tloqi to’proqlarida o’tkazilgan tajribalari natijakariga asosan, gektariga 35-38 sentnerdan paxta hosili yetishtirish uchun gektariga 275 kg azot, 210 kg fosfor va 125 kg kaliy o’g’itlari btrish orqali erishish mumkinligi isbotlangan.Kaliyli o’g’itlarni keng miqyosda ishlatish Respublikamizda XX asrning 60-yillaridan boshlab yo’liga qo’yilgan. Chunki kaliy O’simliklar uchun eng muxim elementlardan biri hisoblanib, u o’simlik ishqori (katash ) sifatida qadimdan ma’lum.
Kaliy o’simliklarning modda almashuv jarayonida amalga oshadigan organ va to’qimalarida, yosh navdalarning o’sish nuqtasida va meva hosil qiluvchi qismlarida, ya’ni yangi xo’jayra va o’simtalar atrofida ko’plab to’planadi.
Kaliy o’simlik to’qimalari kalloidlarining fizikaviy va kimyoviy xossalariga aktiv ta’sir qiladi. Kaliyli kalloidlar o’simlik xo’jayralarini suv bilan ta’min etib, o’simlik organizmidagi bir qator biokimyoviy jarayonlarning normada kechishini tartibga solib turish bilan birga, uglevodlarning bargdan boshqa organlariga o’tishini jadallashtiradi, ayrim vitaminlarning sentzlanishi va ularning o’simliklarga to’lanishida vositachi (katalizator) vazifasini bajaradi.
O’simliklar yetarli miqdorda kaliy bilan ta’minlangandagina xo’jayralar suv bilan to’la ta’min etilib organizm suv chanqoqligiga nisbatan chidamli bo’ladi. Kaliyning eng muxim xusussiyatlaridan biri, uning oqsil sentiziga ko’rsatadigan ta’siri bo’lib,ozuqada kaliy yetarli bo’lmasa, o’simlik barglaridagi oqsil azoti keskin kamayib, uning o’rnini amid va kitrat azoti egallaydi. Kamiy yuksak o’simliklarning modda kuchli o`sadigan va yangi xujayra hosil qiladigan kesimlarida to’planadi.
O’simliklarning kaliy bilan yetarlicha ta’minlanishini, barglarning xlorofil sentezini intensiviaydi va assimilliyatsiya aktivligini ko’chaytiradi.
O’simliklar tarkibida kaliy yetishmaganda uglevodlarning hosil bo’ladigan joyidan (barglardan)
O’simlikning o’sayotgan qismiga yo’nalgan harakatlanishi buziladi va uglevodlar normadagidan ko’proq to’planib, burglar yo’g’onlashadi va dag’allashadi.
Yangi paydo bo’lgan o’simlik to’qimalariga qand va organik moddalarning kam o’tishi, bir qator murakkab uglevodlar sentizini keskin kamaytirib, o’simlikni o’sishdan, qisman yoki butunlay to’xtatib qo’yadi, poyalar ingichkalashib, ildizlar hajmi kichrayadi. M.A. Belousov, M.I. Madraimovlar tajribalaridan shu narsa isbotlandiki, kaliy yetarli bo’lgan dalalrda o’stirilgan g’o’zaning har 100 dona ko’sagidan 92 tasi besh pallali, kaliy berilmasdan faqat azotli va fosforli o’g’itlar berilganda har 100 dona ko’sagidan faqat 58 tasi besh pallali ko’saklar paydo bo;lgan .
P.V.Protasov N.M.Malinkinlarning (1940) tajribalarida kuzatishshiga azot va fosfor me’yorlarining oshishi bilan kaliyning miqdorini ham ko’paytirish lozimligi isbotlangan.
I.M. Madraimovning (1967) o’tkazgan tajribalari natijalariga ko’ra uch yillik bedadan keyin, gektariga 150 kiloggramdan kaliy o’g’iti berilganda paxtadan 50 sentner qo’shimcha hosil olingan.
B.B. Rajapov, Z.Sh.Asqarova , M.M. Atabayevlar (2003) tomonidan o’tkazilgan tajriba natijalariga asosan, gektariga 300 kg azot, 210 kg fosfor va 125 kg kaliy o’g’itlari bilan o’g’itlanganda 37.8 sentnerdan hjsil olingan .
N.Urazmatov , T.Tursunovlarning (2003) ma’lumotlariga ko’ra gektariga 250 kg azot, 175 kg fosfor va 125 kg kaliy o’g’itlari berilganda hosildorlik 41.2 sentnerni tashkil etgan. C. Yusupov, A.Haydarovlarning (2003) uch yillik tajriba natijalariga asosan, “Andijan -34”, “Andijan -35” g’o’za navlarini meniral o’g’itlar N-250, P-175 va K-125 kg dan meyorlarda o’g’itlash tavsiya etilgan.
A.Toshtemirov va boshqalar (2004) o’tkazgan tajriba ma’lumotlariga asosan, gektariga N-200, P-140 va K-100 kg berilganda g’o’zaning “omad” navidan 33.0 sentnerdan hosil olingan.
M.Xasanov , Sh. Abdualimov (2004) Samarqand viloyati o’rta qumloqli o’tloqi bo’z tuproqli sharoitga gektariga N-200, P-140 va K-100 kg dan o’g;itlanganda gektaridan 230 sentnerdan paxta xom-ashyosi yetishtirilgan.
E.S.Qodirov (2004) o’tkazgan tajribada, gektariga N-200, P-140 va K-100 kg dan berilganda o’rtacha 3 yilda 33.1 sentnerdan paxta hosili olingan.



Download 69.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling