O’g’it me’yorlarini belgilashda tuproq,o’simlik,o’g’it,iqlim va agrokimyoviy tadbirlar o’rtasidagi bog’liqlik hisobga olinishi zarur


G ’o’zaning o’sishi va rivojlanishiga mineral o’g’itlarning ta’siri


Download 69.45 Kb.
bet5/10
Sana18.06.2023
Hajmi69.45 Kb.
#1590360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BMI (2)

3.5. G ’o’zaning o’sishi va rivojlanishiga mineral o’g’itlarning ta’siri.
O’rta Osiyo tuproqlari tarkibida oziq moddalar miqdori kam bo’lganligiuchun asosiy tarmoq hisoblangan paxta hosilini oshirishda mineral o’g’itlardan foydalanish orqali kutilayotgan hosilni olish mumkin.
Ma’lumki g’o’za ko’pgina boshqa qishloq xo’jalik ekinlariga nisbatan makro va mikro o’g’itlariga o’ta talabchan o’simliklardan hisoblanib, qancha ko’p hosil bersa, shunga muvofiq miqdorda tuproqdan makro va mikro elementlarni o’zlashtiradi. G’o’za bir tonna paxta xom ashyosi va unga mos ravishda vegetativ massani to’plash uchun , tuproqdan o’rta xisobda 50-60 kg azot, 18-20kg fosfor va 55-60kg kaliyni olib chiqib ketadi.
G’o’za yetishtiriladigam maydondan oziq moddalarning chiqib ketishi hosil miqdori va tarkibiga bog’liqdir. Hosildorlik gektaridan 45-50 sentner bo’lganda, g’o’zaning hosil qismlari o’suv organlariga nisbatan kuchliroq rivojlanadi va tabiiyki, bunda bir tonna xom ashyo uchun nisbatan kamroq miqdorda oziq moddalar sarflanadi.
G’o’za nihollari unib chiqqandan shonalash davrigacha juda sekin rivojlanib, organik qismining atigi 4-5% shakllanadi. Shonalashdan to gullashgacha o’simlik queuq massaning 25-30%i shakllanadi, vegetative massasining jadal to’planish surati ko’saklarning ochilish davrigacha davom etadi.
G’o’zaning oziq moddalarga bo’lgan talabi bevosita g’o’zaning o’sish rivojlanish va quruq massaning to’planish surati bilan bog’liq, lekin bu jarayon bir me’yorda bo’lmaydi.
Boshqa ekin turlari kabi g’o’za ham o’suv davrining boshlarida fosfor va azotga kuchli ehtiyoj sezadi. Chigit unib chiqqandan to shonalash davrigacha hosil bilan chiqib ketadigan oziq moddalarning 8-10%i, gullashdan pishish davrigacha oziq moddalarning asosiy qismi o’zlashtiriladi (3-jadval).
Tuproqning oziqa elementlari bilan taminlanganlik darajasiga bo’lgan reaksiyasi g’o’zaning o’sish va rivojlanishida ko’rinadi.
Ya’ni istiqbolli ingichka tolali Termiz-31 g’o’za navi uchun mineral o’g’itlarning maqbul (optimal) me’yorlarini g’o’zaning o’suv davrida oziq moddalarga bo’lgan talabi (Hosil bilan chiqib ketadiganyalpi oziq moddalarga nisbatan % hisobda ).

Download 69.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling