O’g’it me’yorlarini belgilashda tuproq,o’simlik,o’g’it,iqlim va agrokimyoviy tadbirlar o’rtasidagi bog’liqlik hisobga olinishi zarur


Tajriba dala tuprog’ning agrokimyoviy tavsifi . 2-Jadval


Download 69.45 Kb.
bet4/10
Sana18.06.2023
Hajmi69.45 Kb.
#1590360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BMI (2)

Tajriba dala tuprog’ning agrokimyoviy tavsifi . 2-Jadval

Tuproq qatlamlari,sm

Oziqa elementlari miqdori

Foiz hisobida %

1 kg tuproq tarkibida milligramm

chiqindi (gumus)

umumiy azot

umumiy fosfor

Nitrat shaklidagi azot

Harakatchan fosfor

Almashunuvchi kaliy

0-30

1,1

0,072

0,145

9,4

20,6

120

30-50

0,75

0,06

0,128

7,2

15,8

80

2-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan aniqlandiki, ya’ni tajriba o’tkaziladigan dalaning tuprog’ida chirindi miqdori, umumiy va nitrat shaklidagi azot, umumiy va harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy elementlari bilan kam ta’minlangan.
3.4 Tariba dalasida o’tkazilgan agrotexnik tadbirlar.
Tajriba o’tkaziladigan dala g’o’zapoyadan tozalanib bo’linganidan keyin, variantlar joylashtirildi. Dala tuprog’i tarkibidagi chirindi(gumus) miqdorini, umumiy azot, fosfor hamda nitrat shaklidagi azot harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy miqdorlarini aniqlash uchun tuproqning 0-30 va 30-50sm qatlamlaridan dioganal usulida aralash tuproq namunalari olindi.
Tuproq namunalari olingandan keyin, fosforli o’g’itlar yillik me’yorining 70%, kaliyli o’g’itlar yillik me’yorining 50% shudgorlashdan oldin tuproq yuzasiga sepilib , P YA-3-35 markali plug taqilgan T-4 traktori bilan 30-35sm chuqurlikda shudgor qilindi. Keyingi bosqichlarda ya’ni erta bahorda dala “ dlinabaz” tekislagich yordamida tekislanib 90sm li egatlar ochildi.
Dalada bir tekis g’o’za nihollari ko’karib chiqishi uchun, ekishga 10-15 kun qolganda, gektariga 1000-1200m atrofida suv sarflab, jo’yaklar orqali nam to’plash uchun ekish oldi suvi berildi.
Dala tuprog’i chigit ekish uchun tayyor bo’lganda va tuproqning 10sm qatlamida harorat 12-14 C ga yetganda11-aprelda gektariga 35 kilogrammdan tuksizlantirilgan chigit sarflab, S K G X- 4 markali chigit ekish seyalkasi bilan urug’lar ekildi. Ekish bilan bir vaqtda S K G X-4 markali chigit ekish siyankasi taqilgan va K P X- 3,6 markali o’g’itlagich agregati agregati o’rnatilgan M T Z-80 markali traktor yordamida, ekish chizig’idan 5-7sm uzoqlikdan 10-12sm chuqurlikda gektariga sof holda 30kg azot va 20kg fosfor o’g’itlari berildi.
G’o’zada 3-4 chinbarg paydo bo’lganda gektariga sxema variantlarida ko’rsatilgan 50kg dan sof holda ammiakli selitra o’g’iti, g’o’za nihollari qatoridan 15-18sm uzoqlikdan va 12-14sm chuqurlikda tuproqqa solindi. G’o’zaning shonalash fazasida o’g’itlar o’simlik qatorlaridan 18-20 sm uzoqlikdan va 12-14 sm chuqurlikdan tajriba variantlari bo’yicha 1-jadvalda ko’rsatilgan me’yorlarda azot va kaliy o’g’itlari bilan oziqlantirildi . Oxirgi oziqlantirish g’o’zaning gullash va dastlabki ko’saklar shakllanish fazasida variantlar bo’yicha 1-jadvalda ko’rsatilgan me’yorlarda azot va fosfor o’g’itlari bilan jo’yaklar o’rtasidan o’g’itlandi . G’o’zaning o’sish davrida tuproq iqlim sharoitiga qarab 6 marta sug’oriladi,7marta kultivatsiya qilindi,2 marta ketmon yordamida chopiq qilindi. Tajriba dalasidagi g’o’za ko’saklarining 70-80% ochilganda gektariga 13kg hisobida xloratmagniy defomeanti yordamida defomeasiya qilindi.Defomeant T-28 markali traktorga o’rnatilgan OVX-14 markali agregat yordamida gektariga 600 metrdan suvda aralashtirilgan defomeant sarflab o’tkazildi.

Download 69.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling