O’g’it me’yorlarini belgilashda tuproq,o’simlik,o’g’it,iqlim va agrokimyoviy tadbirlar o’rtasidagi bog’liqlik hisobga olinishi zarur
Download 69.45 Kb.
|
BMI (2)
3-jadval
aniqlash maqsadida har-xil me’yorlarda berilgan mineral o’g’itlarning g’o’za o’simligi o’sishi va rivojlanishiga ta’sirini o’rganish uchun, 4-jadval G’o’zaning o’sishi va rivojlanishiga har xil me’yorlardagi meniral o’g’itlarning ta’siri
G’o’zaning o’suv (vegetasiya) davrida fenologik kuzatish ishlari o’tkazildi. O’tkazilgan fenologik kuzatish ishlari natijalari keltirilgan 4-jadval ma’lumotlariga ko’ra, tuproqqa berilgan mineral o’g’itlarning me’yorlariga qarab g’o’zaning o’sish, rivojlanish, gullash va hosil elementlarini shakllantirish har-xil bo’ldi. Mineral o’g’itlar bilan ta’minlangan variantlarda, o’simliklarning poyalari baquvvat bo’lib, tez o’sib rivojlandi va barglari to’q yashil rangli bo’ldi. Aksincha tuproqqa mineral o’g’itlar berilmagan nazorat varianti bo’lgan 1-variantda g’o’za barglari och yashil rangda bo’lib, sarg’ayib qolganligi, bosh poyaning balandligi 1-avgustda o’tkazilgan fenologik kuzatish natijasiga ko’ra 60.8 smni 1-sentyabrda o’simliklarda paydo bo’lgan ko’saklar soni 10-donani tashkil etganligi kuzatildi. Meniral o’g’itlar berilmagan 1-variantda, g’o’za o’sish va rivojlanishdan orqada qolganligi, hosil elementlari va gullari to’kilib, hosilning keskin kamayishi kuzatildi. Har xil me’yorlarda tuproqqa berilgan mineral o’g’itlar g’o’zaning o’sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir etib, o’simliklarda ko’plab hosil shoxlari, hosil elementlari va ko’saklarning shakllanishi kuzatildi. Masalan, gektariga 225 kg azot,150 kg fosfor va 100kg kaliy o’g’itlari berilganda 2-variantda g’o’zaning bosh poyasi balandligi 86.0 sm gacha yetib o'rtacha bir to'p g'o'zaga hosil bo'lgan ko'saklar soni 13-4 donani tashkil etdi. Bu ko’rsatgich nazorat variantiga nisbatan g’o’zaning balandligi 25,2sm , bir to’p g’o’zaga hosil bo’lgan ko’saklar soni 2,6 dona ko’p hosil bo’lganligini ko’rsatdi. Gektariga 250kg azot, 180kg fosfor va 125kg kaliy o’g’itlari berilgan 3 -variantda o’simlik bosh poyasining balandligi 88,3sm ni, hosil elementlari 29,4 donani va to’liq shakllangan ko’saklar soni 14,5 donani tashkil etdi.Gektariga 275kg azot, 210kg fosfor va 150kg kaliy o’g’itlari bilan o’g’itlangan 4-variantda, o’simlikning bo’yi 91,2sm gacha o’sib, har to’p g’o’zada o’rtacha 15,7 donadan ko’saklar hosil bo’ldi. Mineral o’g’itlar me’yorini ko’paytirish ya’ni gektariga 300kg azot, 240kg fosfor va 175kg o’g’itlari solingan 5-variantda g’o’zaning bo’yi o’rtacha 97,3 gacha o’sib,har tup g’o’zada o’rtacha 16,3 donagacha ko’saklar to’plandi. Shuni alohida ta’kidlash lozimni, gektariga sof holda 300kg azot, 240kg fosfor va 175kg kaliy o’g’itlari bilan o’g’itlangan 5-variantda gektariga 275kg azot, 240kg fosfor va 150 kg kaliy o’g’itlari berilgan. 4-variantga nisbatan o’simliklarning balandligi 6,1sm ni va o’rtacha bir o’simlikda to’plangan ko’saklar soni 0,6 dona ko’p hosil bo’lgan bo’lsada, hosildorlik ko’paymadi. Bunga sabab, o’simliklarda barg sathining me’yoridan ortiq kattalashganligi sababli, pastki hosil shoxlarida paydo bo’lgan hosil elementlari va gullariga quyosh radiatsiyasining to’liq tushmaganligi sababli, g’o’zada paydo bo'lgan hosil elementlari ko'sakka aylanmasdan to’kilib ketishi kuzatildi.Hosil bo’lgan ko’saklardagi paxta homashyosi makrasporioz kasalligiga chalinganligi sababli hosilning pasayishiga sabab bo’ladi. 3.6 . Har xil me’yorlarda tuproqqa berilgan mineral o’g’itlarning tuproq tarkibidagi nitrat shaklidagi azot miqdoriga ta’siri. Har xil me’yorlarda tuproqqa berilgan azotli o’g’itlarning tuproqdagi nitrat shaklidagi azot miqdorini muayyan tuproq iqlim sharoitida o’rganish muhim ahamiyatga ega . Balyabo N.K.(1954) , Machigin B.P .(1957) kuzatishlarida aniqlanishicha tuproq tarkibidagi mineral shakldagi azotning zaxirasi bahordan yozning o’rtalarigacha ko’payib,o’simliklar o’suv davrining keying fazalarida kamayib boradi.Bunday holatni shu bilan izohlash mumkinki, ya’ni tuproqdagi mikroorganizmlar faoliyatining sustlashishi hamda tuproqdagi azotni o’simliklar tomonidan ko’plab o’zlashtirish natijasida azot miqdorining tuproqda kamayib boorish sodir bo’ladi.G’o’zaning o’sish va rivojlanish fazolarida o’g’it me’yorlarining tuproqqa kiritilgan meniral o’g’itlarnign tuproqdagi holatini o’rganish maqsadida g’o’zaning 3 -4 chin barg hosil qilgan fazosida,shonalash,gullash,fazolarida va o’suv davrining oxirida 1-3 takrorlanmalardan 0-30,va 30-50sm tuproq qatlamlaridan tuproq namunalari olinib labarotoriya sharoitida,tuproq qatlamlari tarkibidagi neytrat shaklidagi azotning miqdori aniqlandi. Agrokimyoviy tahlil(analiz natijalari)kiritilgan 5-jadval ma’lumotlarining ko’rsatishicha tuoproq tarkibidagi neytrat shaklidagi azotning miqdori tuproqqa kiritilgan azotli o’g’itlarning me’yoriga hamda g’o’zaning o’suv davriga bog’liq bo’lib eng ko’p miqdori tuproqning 0-30 qatlamiga to’plangan. Har xil me’yorlarda tuproqqa berilgan azotli o’g’itlarning tuproq tarkibidagi nitrat shaklidagi azot miqdoriga ta’siri (mg/kg hisobida) 5-jadval Tuproqqa berilgan o’g’it me’yorlaridagi azot ya’ni 225,250,275 va 300 kg ni tashkil etganda me’yorlar orasidagi farq sezilarli darajada o’zgarib,tuproqqa qanchalik ko’p miqdorda o’g’it berilganda tuproqning 0-30 va 30-50 sm qatlamlarida neytrat shaklidagi azotning miqdori ham mutanosib ravishda ortib boradi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki,neytratlar suvda oson eriydiganbo’lganligi sababli va tuproqning singdirish kompleksidagi manfiy zaryadlangan kalloidlar tomonidan yutilmasligi sababli,tuproq eritmasi tarkibida bo’lishi natijasida tuproq qatlamlaridan oson yuvilishi natijasida tuproqning 30-50 sm qatlamida ham neytrat azotning miqdori tuproqqa solingan o’g’it me’yorlariga mutanosib ravishda ortib borganligi kuzatildi.G’ozaning shonalash fazosida barcha variantlarda tuproqning 0-30 va 30-50sm qatlamlarida eng ko’p miqdorda neytrat azoti aniqlandi. Masalan:g’o’zaning shonalash fazosida o’g’itsiz nazorat variantning 0-30sm tuproq qatlamida neytrat azoti 8,1 mgning bo’lsa,gektariga 225kg azot berilgan variantda bu ko’rsatkich 29.7mg/kg ni,250kg azot solinganda 33,9mg/kg ni,275kg azot tuproqqa kiritilganda 36,8 mg/kg ni, va 300 kg dan azot o’g’iti berilgan 5-variantda 39,7 mg/kg ni tashkil etdi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki,g’o’zaning shonalash fazosida barcha variantlar tuprog’i tarkibida eng ko’p miqdorda neytrat azoti to’planganligi aniqlandi.Bunday holatning sodir bo’lishiga sabab,ya’ni tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarning aktiv faoliyatio natijasida sodir bo’lganligi aniqlandi. G’o’zaning keying o’suv fazalarida va o’suv davrining oxirida tuproq tarkibidagi neytrat azotining kamayishi kuzatildi.Bunga asosiy sabab,Balyabo Ni K va Machigin B.P lar ta’kidlaganidek,g’o’za tomonidan neytrat azotining ko’plab o’zlashtirilishi va tuproq mikroorganizmlari faoliyatining susayganligi hamda tuproqda deyneytreyfikatsiya (azotning yo’qolishi) jarayonning sodir bo’lganligi sabab bo’ldi. Download 69.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling