O’g’it me’yorlarini belgilashda tuproq,o’simlik,o’g’it,iqlim va agrokimyoviy tadbirlar o’rtasidagi bog’liqlik hisobga olinishi zarur
Download 69.45 Kb.
|
BMI (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Xulosa va tavsiyalar.
8-jadval
Har-xil me’yorlarda tuproqqa berilgan mineral o’g’itlarning ingichka tolali g’o’za hosildorligiga ta’siri(gektaridan sentner hisobida)
E=0,71 sent/ga P=2,12 % Mineral o’g’itlar hisobiga gektaridan olingan qo’shimcha hosil 17,6 sentnergacha ko’paydi. Shuni alohida ta,kidlash lozimki, ya,ni agrokimyo sohasida ko’plab tajribalar o’tkazgan olimlarning fikricha, paxtadan va boshqa qishloq xo’jalik ekinlaridan olinadigan hosilning 50% va undan ham ortig’i mineral o’g;itlar hisobiga olinishi ,bizning tajriblarimizdan olingan namunalarda ham yana bir bora isbotlandi. Surxondaryo viloyatining taqir –o’tloqi tuproqli sharoitida o’tkazilgan tajriba ma’lumotlariga ko’ra eng yuqori 38,0 sentner gektariga paxta hosili,gektariga 300 kg azot, 240 kg fosfor va 175 kg kaliy o’g’itlari berishgan 5-variantda kuzatiladi. Xulosa qilib shuni aytish lozimki, Surxondaryo viloyatining kam chirindili , yuqori karbanatli , tarkibida harakatchan shaklidagi azot, fosfor va kaliy elementlari bilan kam ta’minlangan taqir –o’tloqi tuproqlari tarqalgan mintaqalarda g’o’zadan 30 sentnergacha hosil olish uchun gektariga 225 kg azot, 150 kg fosfor va 100 kg kaliy o’g’itlari berish tavsiya qilinadi . Gektariga 35 sentnerdan hosil olish uchun ,gektariga 250kg azot , 180 kg fosfor va 125kg kaliy o’g’itlari bilan o’g’itlanishi lozim. Mineral o’g’itlar me’yorlarini yanada oshirish, gektariga 275 kg azot, 210 kg fosfor va 150 kg kaliy o’g’itlari solingan 4-variantda gektaridan olingan hosil 36,2 sentnerni tashkil etdi. Lekin , gektariga 250 kg azot ,180 kg fosfor va 125 kg kaliy o’g’itlari bilan o’itlangan variantga nisbatan olingan qo’shimcha hosil gektariga 1,2 sentnerni tashkil etdi. Gektariga 300 kg azot , 240 kg fosfor va 175 kg kaliy o’g’itlari bilan o’g’itlangan 5-variantda gektaridan olingan hosil 380 sentnerni tashkil etib, o’g’it solinmagan nazorat variantga nisbatan gektaridan olingan qo’shimcha hosil 19,4 sentnergacha yetdi. 4.Xulosa va tavsiyalar. Mineral o’g’itlar me’yorlarining ingichka tolali Termiz -31 g’o’za navi hosildorligiga ta’sirini o’rganish uchun o’tkazilgan tajriba ma’lumotlarga asoslanib quyidagicha xulosa qilish mumkin: 1.Surxondaryo viloyatining yuqori karbonatli, kam chirindili , tarkibida o’simliklar oson o’zlashtiradigan azot,fosfor va kaliy elementlari bilan kam ta’minlangan taqir- o’tloqi tuproq –iqlim sharoitida mineral o’g’itlarni qo’llash , g’o’zaning o’sish , rivojlanish va hosil elementlarining ko’plab to’planishiga ijobiy ta’sir qildi. 2.Har- xil me’yorlarda mineral o’g’itlarning tuproqqa kiritilishi, tuproq tarkibida oziqa elementarining ya’ni tuproqda nitrat shaklidagi azotning ko’payishiga va o’simliklar tomonidan o’suv davrida ko’plab o’zlashtirishiga ,g’o’zalarda ko’saklarning ko’plab to’planishiga olib keldi. 3.Mineral o’g’itlar me’yorlarini oshirish g’o’zalarda shakllangan ko’saklardagi paxta og’irligiga ijobiy ta’sir qilib , hosildorlikning oshishiga sabab bo’ldi. 4. G’o’zadan olinadigan hosil miqdori tuproqqa solingan mineral o’g’itlarning me’yoriga bog’liq bo’lib , variantlar bo’yicha gektariga 11,8 sentnerdan 19,4 sentnergachani tashkil qildi. 5. Gektaridan 30.0 sentnergacha hosil olish uchun 225 kg azot, 150 kg fosfor va 100 kg kaliy o’g’itlari solish tavsiya qilinadi. 6. Hosildorlikni 35.0 sentnergacha yetkazish uchun gektariga 250 kg azot, 180 kg fosfor va 125 kg kaliy o’g’itlari orqali erishish mumkin. 7. Gektaridan 275-300 kg azot, 210-240 kg fosfor va 150-175 kg kaliy o’g’itlari berilganda gektaridan olingan hosil mutanosib ravishda 36.2-38.0 sentnerni tashkil etdi. Download 69.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling