O’g’it me’yorlarini belgilashda tuproq,o’simlik,o’g’it,iqlim va agrokimyoviy tadbirlar o’rtasidagi bog’liqlik hisobga olinishi zarur
Download 69.45 Kb.
|
BMI (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.9. Har-xil me’yorlardagi mineral o’g’itlarning paxta hosildorligiga ta’siri.
7-Jadval
Farq qilganligi kuzatiladi Tajrba variantlari bo’yicha gektariga g’o’zaning o’rtacha tub sonlari 110,8 mingdan 117,6 ming tubni tashkil qilganligi aniqlandi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki,ya’ni variantlar va ularning takrorlanmalari o’rtasidagi g’o’za tub sonlarining farqi 6,8ming tub o’simlikni tashkil etib,variantlar o’rtasidagi hosilning g’o’za tub sonlari hisobiga o’zgarishi deyarli kuzatiladi. 3.9. Har-xil me’yorlardagi mineral o’g’itlarning paxta hosildorligiga ta’siri. Mineral o’g’itlar me’yorlarining ingichka tolali g’oza navlari hosildorligiga ta’sirini o’rganish,maqsadida o’tkazilgan tajriba va kuzatishlar shuni ko’rsatadiki,ya’ni g’o’zaning o’sishi,rivojlanishi,hosil elemantlarining shakllanishi va ko’saklarning paydo bo’lishi,har-xil me’yorlarda tuproqqa berilgan,mineral o’g’itlarning me’yorlariga bog’liq holda ortishi yoki kamayish o’g’itlar me’yorlariga bog’liq ekanligi isbotlandi. O’tkazilgan kuzartishlar natijasida keltirilgan 8-jadval ma’lumotlaridan shu narsa aniqlandiki, ya’ni nazorat (o’g’it berilmagan) 1-variantda paxta hosildorligi gektariga o’rtacha 18,6 sentnerni tashkil etgan bo’lsa gektariga 225kg azot,150kg fosfor va 100kg kaliy o’g’itlari bilan o’g’itlangan 2-variantda paxta hosildorligi 30,4 sentnergacha yetdi. Yoki 1-nazorat skontrol) variantga nisbatan o’g’itlar hisobiga olingan qo’shimcha hosil gektariga 11,8 sentnerni tashkil etdi. Gektariga 250 kg azot, 180 kg fosfor va 125kg kaliy o’g’itlari berilgan 3-variantda paxta hosildorligi gektariga 35,0 sentnergacha oshganligi kuzatildi.Shu bilan birga o’g’itlanmagan 1-nazorat variantga nisbatan gektaridan 16,4 sentnerdan qo’shimcha hosil olishga erishildi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki,ya’ni gektariga 225kg azot,150kg fosfor va 100 kg kaliy o’g’itlari bilan o’g’itlangan variantga nisbatan gektariga 25kg azot,30kg fosfor va 25 kg ortiqcha mineral o’g’itlar berilganda, o’g’itlar hisobiga olingan qo’shimcha hosil 4,6 sentnergacha ko’payganligi kuzatildi. Mineral o’g’itlar me’yorlarini oshirish ya’ni gektariga 275 kg azot,210 kg fosfor va 150 kg kaliy o’g’itlari bilan o’g’itlangan 4-variantda hosildorlik gektariga 36,2 sentnerni tashkil etdi. Download 69.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling