lag‘ini tajab-tergab joy-joyiga sarflay olishidir. Ko‘pchilik esa
bunday qilishni bilmaydi. Misol uchun musiqa ishqibozlarini
olaylik, bular o‘z mablag‘larini asosan radio, audio va video
apparatlari, magnit lentalar, videokassetalar sotib olishga
sarflab yuborish bilan «ishqibozligini» qondirib, oila budjetini
qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Shuning uchun siz yoshlarga oila
mablag‘ini qanday taqsimlash, u yoki bu narsani xarid
qilganda nimalarga e’tibor qilish borasida ayrim malahatlar
beramiz.
Biz quyidagilami taklif qilamiz. Eng awalo, bir haftada,
har oyda va yilda oila bo‘yicha qancha daromad qilinishini
102
anfq hisoblab olish zarur. Bunda barcha daromadlar — oylik
puli, nafaqa, stipendiya, tomorqadan olinadigan mahsulot-
laming narxi va hokazolar hisob-kitob qilinishi shart. So‘ngra
barcha xarajatlar hisobga olinadi; ijara puli, gaz, elektr, suv,
telefonga, yasli yoki bog'chaga to‘lanadigan pullar, so'ngra
esa zaruratga qarab to'lanadigan shaharlararo telefonda gap-
lashganlik, oilaning kunlik, oylik ovqatlanishiga sarflanadigan
pullar qancha bo‘lishini bilish zarur.
Har qanday, hatto juda oz daromaddan ham nazarda
tutilmagan xarajatlar uchun ma’lum miqdordagi pulni
mavsumiy sarflarga ajratib qo'yish zarur, bundan tashqari,
bitta oylikdan to‘lash qiyin bo‘lgan sarflar ham bo‘ladi,
chunonchi, to‘y o‘tkazish, yengil avtomobil xarid qilish,
qishga kartoshka, sabzi-piyoz, meva-cheva g‘amlab olish
kabilar, bularga har oylikdan oz-oz ajratib qo‘yilgani ma’qul.
Masalan, uy bekasi har oyda oila a’zolari iste’mol qiladigan
bir kilogrammdan qo'shimcha xarid qilib borsa, bu to'planib,
Download Do'stlaringiz bilan baham: |