Oli\' va o•rta maxsus ta'lim vazirligi o•rta maxsus
Download 0.77 Mb.
|
Anorganik kimyo Tashev [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarkibning
2.2- §. Kimyoning asosiy qonunlari
I. Modda/ar massasining saqlanish qonuni. Modda hech qa chon yo"qolib ketmaydi va yo'qdan bor bo'lmaydi. Olamdagi moddalarning miqdori hamrna vaqt o'zgarmasdan qoladi. «Bir yerda qancha materiya kamaysa, ikkinchi bir yerda shuncha materiya ortadi degan fikmi miloddan 5 asr ilgari yunon faylasuflari aytib o'tgan edilar. XVII va XVI11 asming materialist faylasuflari bu fikmi hech qanday isbotga muhtoj bo'lmagan qonun, deb hisob lar edilar. Biroq o'sha zamondagi kimyogarlar bu qonunning kimyo uchun naqadar muhim ekanligini tushunmadilar va kimyoviy jarayonlarning miqdoriy tomoniga e'tibor bermadilar. Lomono sov kimyoga oid barcha tajribalarida tarozidan foydalanib, reaksiya uchun olingan moddalar miqdorini reaksiya natijasida hosil bo'lgan moddalar miqdoriga solishtirib, moddalarning umumiy miqdori o'zgarmasligini aniqladi va yo'qolma lik prinsipini aniq miqdoriy tajribalarda isbot etdi, miqdoriy tahlil usulini kimyoga birinchi bo'lib kiritdi. U og'zi suyuqlantirib berkitilgan idishlarda metallami qattiq qizdirish tajribalarini o'tkazib, moddalarda bo'ladigan kimyoviy o'zgarishlaming asosiy qonunini ( 1748- yilda) kashf etdi. Hozirgi vaqtda bu qonun quyidagicha ta'riflanadi: kimyoviy reak siyaga kirishayotgan moddalar massasi reaksiya natijasida hosil bo'/gan moddalar massasiga tengdir. Masalan, 8 g oltingugurt 14 g temir bilan reaksiyaga kirishib, 22 g temir sulfid hosil qiladi: Fe+ S = FeS 14 g + 8 g= 22 g 433,2 g simob oksid parchalanganda 401,2 g simob va 32 g kislorod ajralib chiqadi: 2HgO 2Hg + 0 2 433,2 g 401,2 g + 32 g Tarkibning doimiylik qo1111ni. M.V.Lomonosovning mod dalar massasining saqlanish qonuni kashf etilgandan keyin mod dalar muayyan miqdorda birikadimi yoki har qanday miqdorda ham birikaveradimi, moddaning tabiati biriktiruvchi miqdorlarga bog'liqmi, degan masalalarga XIX asr boshlarida olimlar qiziqib qoldilar. Bu masala ustida bir qancha tajribalar o'tkazgan fransuz kimyogari J. Prust 1799-1808- yiJJardagi o'z te.kshirishJariga asos lanib, moddalar ma'lum miqdorlardagina o'zaro birikadi, ele mentlar o'zaro birikkanda faqat ma'lum tarkibli birikmalar hosil bo'ladi, binobarin, murakkab moddalar bir xii tarkibga ega bo'ladi, degan xulosaga keldi. Masalan, suv qanday yo'I bilan olinishidan qat'iy nazar uning tarkibiga kirgan vodorod va kislorod miqdorlari o'zaro I : 8 og'irlik nisbatda bo'ladi. Agar reaksiya uchun 2 og'irlik qism vodorod, 8 og'irlik qism kislorod olinsa, u holda I og'irlik qism vodorod reaksiyaga kirishadi. Natijada bir og'irlik qismi reak siyaga kirishmay ortib qoladi. Yoki uglerod bilan kislorodni biriktirib olingan uglerod (IV) oksidda 3 og'irlik qism uglerodga 8 og'irlik qism kislorod to'g'ri kelishini ko'ramiz. CO2 ni uglerod bilan kislorodni biriktirib olinsa ham, CaCO3 ni parchalab olinsa ham, CaCO, ga xlorid kislota ta'sir ettirib olinsa ham baribir uning tarkibi 3 : 8 nisbatda bo'ladi. Demak, har qanday kimyoviy birikmaning tarkibi doimiydir. Bu qonun t a r k i b n i n g do i m i y I i k q o n u n i deb ataladi. Kimyoning rivojlanishi shuni ko'rsatdiki. o'zgarmas tarkibli birikmalar bilan bir qatorda, o'zgaruvchan tarkibli birikmalar ham bo'lar ekan. N.S.Kumakovning taklifiga ko'ra; o'zgarmas tarkibli birikmalar daltonidlar, o'zgaruvchan tarkiblilari - bertollidlar (shunday birikmalar borligini oldindan 1808- yilda aytgan fran suz kimyogari Bertolle sharafiga) deb ataladi. Daltonidlaming tarkibi butun sonli stexiometrik indekslari bor oddiy formulalar bilan ifodalanadi. Masalan, H20 , HJ, CCl4, CO,. Bertollidlaming tarkibi o'zgarib turadi va stexiometrik nis batlarga muvofiq kelmaydi. Masalan, uran (VI) oksidning tarkibi, odatda, U0 3 formula bilan ifodalanadi. Haqiqatda esa uning tarkibi U0_ 2 5 dan U0 3 gacha bo'ladi. Olinish sharoitiga qarab, vannadiy (II) oksidning tarkibi V0_0 9 dan V0 1 1 gacha bo'lishi mumkin. Yoki sirkoniy azot bilan birikib ZrN 05 9, ZrN, 0 69 , Z rN, 0 74 va ZrN_ 0 89 nitridlar hosil qiladi. Bertollidlar, oksidlar, gidridlar, sulfidlar, nitridlar, karbidlar, siluidlar va kristall strukturaga ega bo'lgan boshqa anorganik birikmalar orasida uchraydi. Tarkibning doimiy lik qonuni quyidagicha ta'riflanadi: molekular strukturali, ya'ni molekula/ardan tuzi/gan birikmalaming tarkibi olinish usu/idan qat 'i nazar o'zgarmas bo'/adi. Nomolekular strukturali (atomli, ionli va metall panjarali) birikmalaming tarkibi esa o'zgarmas bo'lmay di va olinish sharoitiga bog'liq bo'ladi. Masalan, vannadiy (II) oksidning tarkibi temperaturaga qarab va sintezda ishlatiladigan kis lorodning bosimiga qarab o'zgaradi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling