Oli\' va o•rta maxsus ta'lim vazirligi o•rta maxsus
Download 0.77 Mb.
|
Anorganik kimyo Tashev [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3- §. Ozbeldstonda kimyo sanoati
2- §. Kimyo va atrof-muhit
lnson bilan tabiat orasidagi o'zaro munosabat hat etilishi zarur va murakkab masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Sanoatning ayrim turlari, xususan, metallurgiya va metallarga ishlov bcrish milodgacha ham ancha keng tarqalgan bo'lganligiga qaramay, ko'p asrlar mobaynida atrof-muhit ifloslanishining sun'iy, ya'ni antropogen manbalari ekologikjarayonlarga sezilarli ta'sir ko'rsatmagan. llgari metallar (mis, kumush, oltin, qo'rg'oshin, rux, temir, surma, simob), shisha, sovun, kulolchilik buyumlari, bo'yoq, non, vino va boshqa ayrim mahsulotlar ishlab chiqarish juda muhim ahami yat kasb etgan. Odatda, ana shu mahsulotlar oksidlanish-qayta rilish reaksiyalari natijasida olingan va atmosferaga uglerod, oltin gugurt va azot oksidlari, metallar, ayniqsa, simob bug'lari kabi birikmalar, suv havzalariga bo'yoq va ozuqa ishlab chiqarish chi qindilari ajralib chiqqan. O'rta asrlarda nisbatan ko'proq miqdorda nitrat va sulfat kislota lar, selitra, o'q-dori, mis kuporosi, potash va boshqalami ishlab chiqarish zarurati tufayli kimyo ildam rivojlana boshladi. Natijada havoga chiqarib yuboriladigan zaharli gazlar, suvlarga oqiziladigan chiqindilar tobora ko'payib bordi. XVI11 asrga qadar maishiy oqava suvlar, shuningdek, uylami isitishda toshko'mirdan foydalaniladigan joylarda uglerod (11) ok sid, karbonat angidrid, qurum, kul, sulfat angidrid atrof-muhitni itloslantiruvchi asosiy manbalar hisoblangan. lchki yonuv dvigatellari va yirik issiqlik elcktr stansiyalari vu judga kelishi, shuningdek, kimyo sanoatining yanada rivojlanishi munosabati bilan atrof-muhitni ifloslantiruvchilarning sifat ji hatidan tarkibi o'zgardi. Havoga ko'plab miqdorda azot oksidi, qo'rg'oshin va simob birikmalari, ammiak, vodorod sulfid, ug levodorodlar, aldegidlar, suv havzalariga esa ko'p miqdorda xii ma-xii kimyoviy birikmalar chiqarib tashlanaverdi. Shunday qilib, texnologiya anchagina takomillashganligiga qara may, insoniyat o'z faoliyati natijasi o'laroq tabiiy jarayonlarga, 5 atmosfera va suv havzalari holatiga ko'proq salbiy ta'sir ko'r satadigan bo'lib qoldi. Jahon aholisi to'xtovsiz o'sib borayotganligi, fan-texnika jaray oni jadallashayotganligi sababli atrof-muhitga chiqariladigan zararti chiqindilar miqdori ham ko'paymoqda. Endilikda sanoatda, ay niqsa, kimyo sanoatida chiqindilami tutib qolish uskunalari qu rishning o'zi yetarli bo'lmay qoldi. Shu sababli chiqindisiz tex nologiya yaratish, kimyoviy jarayonlar yordamida chiqindilardan xomashyo sifatida foydalanib, xalq xo'jaligi uchun zaruriy mah sulotlar ishlab chiqarish eng dolzarl> ma Tabiatni, atrof-muhitni ifloslanishdan muhofaza qilish haqida gap ketar ekan, o·rta Osiyo, xususan O'zbekistonda bu ishni amalga oshirishning o'ziga xos xususiyatlari borligi va ulami e'tiborga olmaslik mumkin emasligini ta'kidlab o'tisb kerak. Atmosferadagi aralashmalaming tarqalishi respublikamizda shi moli-g'arbdan janubi-sharq tomon yomonlashib boradi, uning sharqiy qismida bu hol og'irlashib boradi. Farg'ona vodiysi ana shu hududda joylashgan. Bu narsa shundan dalolat beradiki, O'z bekistonning aholi eng zich joylashgan va iqtisodiy jihatdan rivo jlangan xududlar meteorologik sharoitga ko'ra, agar ta'bir joiz bo'lsa, atmosfera havosi ifloslanishiga eng moyil xududlar hisobla nadi, bunday xududlarda havoni ifloslantiruvchi moddalami tu tib qolish va boshqa zarur moddalarga aylantirish, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Ohangaron-Olmaliq kon sanoati xududida atrof muhitni me tallurgiya va issiqlik energiyasi korxonalarining chiqindilaridan to zalash asosiy masalalardan biridir. Keyingi yillarda sement va o'g'it ishlab chiqarish texnologiyasida yangi-yangi tarmoqlar vujudga kelmoqda. Bunday tarmoqlar maz kur ishlab chiqarish texnologiyalarini sanoatning boshqa muhim sohalari bilan bog'la h zaruratiga asoslangan. Sanoatning mineral chiqindilaridan har tomonlama to'liq foydalanishda bog'lovchi qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan kimyo, kon qazish va metallurgiya texnologiyasi hamkorligi birinchi galdagi masalaga aylanmoqda, chunki yer kurrasidagi mavjud xomashyo boyliklar 6 zaxirasi tobora kamayib borayotganligi bu masalani hal etish zaru ratini kuchaytirmoqda. Mineral boyliklardan, shu jumladan, ishlab chiqarish chiqin dilaridan har tomonlama to'liq foydalanish asosidagina xomashyo bazasini kengaytirish mumkin. Hozirgi vaqtda, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'min lashda kimyo sanoati o'ziga xos alohida o'rin tutadi. Chunki mine ral o·g'itlar, gerbitsid va pestitsidlar, yem qo'shilmalari qishloq xo'jaligi mahsuldorligining ortishiga imkon beradi. Biroq o'g'itlardan va o'simliklami himoya qilish vositalaridan keng ko'lamda foy dalanilgandan keyin ufaming daladan yuvib yuborilishi natijasida suv havzalari haddan tashqari ifloslanishi mumkin. Shu sababli ulami kimyoviy usulda zararsizlantirish, boshqa foydali moddalarga aylantirishning muhim ahamiyati bor. Kimyo sanoati tabiatga salbiy ta'sir etadigan sohalar jumlasiga mansub bo'lsa-da, biroq hozir uning mahsulotisiz tabiatni muho faza qilish tadbirlarini amaliy ro'yobga chiqarib bo'lmaydi. Jumla dan, kimyo sanoati ishlab chiqaradigan reagent, koagulant, tlokulyant, sorbent, ion almashinuv smolalari kabi vositalarsiz na oqar suvni tozalab bo'ladi va na ichimlik suv tayyorlab bo'ladi. Gazlami tozalash uchun xilma-xil yutuvchi eritmalar, aktivlan gan ko'mir va boshqa sorbentlar, shuningdek, katalizatorlar keng miqyosda qo'llanilmoqda. Biroq ba'zi vaqtlarda tabiiy moddalami kimyo sanoati mahsuloti bilan almashtirish biosferani muhofaz.a etishning yangi muammo larini keltirib chiqaradi. Sintetik plastmas.salar va yuvuvchi vositalar shular jumlasidan bo'lib, bularsiz ishlab chiqarishni rivojlantirish ning iloji yo'q, biroq ulami keyin zararsizlantirish uchun maxsus tozalash va qayta ishlash usullarini qo'llash zarurdir. Kimyoviy ishlab chiqarish chiqindilarining anchagina orta borishi bilan bir qatorda, ko'plab miqdorda iste'mol chiqindilari vujudga keladi. Chunonchi, plastmassalar, sintetik smolalar, plyonka, kim yoviy tolalar va boshqalar shular jumlasidandir. Ular nisbatan qisqa vaqtda xizmatini tugatadi, iste'moldagi qiymatini yo'qotadi va tashlab yuboriladi. Shuning uchun xomashyoni kompleks qayta ishlash darajasini muttasil orttirib borish kimyo sanoatini rivo jlantirishning asosiy masalalaridan biridir. Xullas, atrof-muhitni muhofaza qilish borasida kimyo fani va sanoati oldida muhim vazifalar turibdi. Bular zararli chiqindilami foydali xomashyoga aylantirishning kompleks usullarini ishlab chiqish, chiqindilarsiz ishlaydigan texnologiya yaratish, chiqindi lami to'liq tutib qolish, qayta ishlash va boshqalarclan iborat. 7 3- §. O'zbeldstonda kimyo sanoatiKeyingi yillarda O'zbekistonda kimyo sanoati naqadar rivoj langanligini, kimyo korxonalarida chiqindisiz texnologiya, chiqin dilami kompleks usulda qayta ishlab, foydali mahsulotlarga ay lantirilayotganligini ko'rsatish maqsadida respublikamizdagi yirik kimyo korxonalari va ularda qanday mahsulotlar qaysi usullar bilan olinayotganligi haqida qisqacha ma'lumot berishni lozim top dik. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling