9.3- §. Xlorid kislota va uning tuzlari
Vodorod xloridning suvdagi eritmasi xlorid kislota deyiladi. Xlorid kislota sanoatda asosan: I) sulfat usulida; 2) sintez usu
Jida; 3) organik moddalarni xlorlashda olingan vodorod xloridni suvda eritish natijasida olinadi. Vodorod xloridning tezroq va yax shi erishi uchun xlorid kislota olinadigan asbobning pastki qismi dan yuqoriga tomon HCI gazi. yuqoridan pastga tomon esa toza suv yuboriladi, ya'ni gaz bilan suv bir-biriga qarama-qarshi yo'na lishda beriladi.
Hosil bo'lgan kislotaning konsentrntsiyasi 31% dan 42% gacha bo'lishi mumkin. Tarkibida FeCI I tuzi aralashgan xlorid kislota sarg'ish, toza holdagi xlorid kislota rangsiz, o'tkir hidli suyuqlik dir. Konsentrlangan xlorid kislotadan vodorod xlorid chiqib tur ganligi uchun u tutaydi. Shuning uchun ham xforid kisfota tu tovchi kislota deyiladi. 38% Ii xlorid kislotaning solishtinna og'irligi 1, 19 ga teng. Konsentrlangan xlorid kislota qizdirilganda tarkibidan vodorod xlorid chiqib. kislotaning konsentratsiyasi 20,2% Ii bo'lib qoladi. Agar konsentratsiyasi 20,2% dan kam bo'lgan kislota qizdir ilsa, kislota tarkibidan suv chiqib, kislotaning konsentratsiyasi 20.2% Ii bo'ladi. 20,2% Ii xlorid kislota tarkibini o'zgartinnasdan 110 °C da haydaladi.
Xlorid kislota bir ncgizli kuchli kislota, u metallar, asosli ok sidlar, asoslar va ba'zi tuzlar bilan reaksiyaga kirishadi, masalan:
Al(OH)J + 3HCI = AICl 3 + 3H2O CaCO3 + 2HCI = CaCl2 + H2O + CO2 AgNO 3 + HCI = AgClJ.. + H NO 3
Xlorid kislota faol bo'lmagan metallar bilan havo kislorodi ish tirokida reaksiyaga kirishadi:
2Cu + 4HCI + 0 2 = 2CuCl 2 + 2H 2O
4Ag + 4HCI + 0 2 = 4AgCI + 2H 2O
Oltin va platinaga xlorid kislota ta'sir etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |