Oli\' va o•rta maxsus ta'lim vazirligi o•rta maxsus


Download 0.77 Mb.
bet23/110
Sana21.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1367794
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   110
Bog'liq
Anorganik kimyo Tashev [uzsmart.uz]

3.2- §. Davriy sistema v• uning tuzilisbi
Davriy sistema 1870-yilda D.1. Met1deJeyevning ,.Kimyo asos­ lari" nomli kitobining 1-bosmasida e'Ion qilindi. Mendeleyev bitt, vertikal qatorga joylashgan o'xshash etementlami gruppa deb, har qaysi ishqoriy metalldan har qaysi galogengacha bo'lgan elementlar qatorini davr deb atadi. Mendeleyev dastlab taklif etgan davri jadvalga keyinchalik uning o'zi ishtirokida va u vafot etgandan keyir bir qancha o'zgarishlar kiritildi. Natijada davriy sistemaning hozirg variantlari hosil qilindi. tJ 7 ta davr, 8 ta gruppadan va JO ta qa. tordan tashkil topgan bo'lib, unda I 07 element joylashgan. Gori­ zontal bo'yicha 7 ta davr bor. Ulardal'I I, II, Ill k i chi k; IV, V
VI va VI I k at ta d av r I a r deyiladi. I davrda 2 ta element, II v, 11I da 8 tadan, IV va V da 18 tadan, VI da 32 ta, VI I da (tugallan-
magan) 21 ta element bor. I, 11, II I davrlaming har biri faqat birgina qatordan, IV, V, VI davrlarning har biri 2 qatordan tu­ zilgan. 7- davr esa tugallanmagan davr hisoblanadi. I - davrdan boshqa har qaysi davr ishqoriy metall bilan boshlanib, nodir gaz bilan tugaydi. 2 va 3- davrlardagi elementlarning xossalari ti pik me­ talldan nodir gazga qadar ma'lum qonuniyat bilan o'zgaradi. Katta davrlarda bir elementdan ikkinchi elementga o'tilganda elementlar­ ning xossalari kichik davrlardagiga qaraganda birmuncha sustroq o'zgaradi. Katta davrlaming juft qator elementlari faqat metallar bo'lib, bu xossa chapdan o'ngga o'tish bilan pasayib boradi. Toq qatorlarda chapdan o'ngga o'lish bilan metallik xossalar zaifla­ shib, metallmaslik xossalari kuchayib boradi. Davrlarda va har bir davming qatorlarida chapdan o'ngga o'tish bilan: I) yadro zarya­ di va atom og'irligi ortadi; 2) atom radiusi kamayadi; 3) metallik xossasi kamayadi; 4) elcktron berishi kamayadi; 5) metallmaslik xossasi kuchayib boradi; 6) kislorodga nisbatan valentligi ortib
boradi. Masalan, Na 2O, MgO, Al2O3, SiO 2 , P2O 5, SO3, Cl2O7;

  1. IV gruppadan boshlab, bosh gruppa elementlari uchuvchan

vodorodli birikmalar hosil qiladi: RH •4 RHP RH 2, RH. Endi
gruppalarda elementlaming xossalari yuqoridan pastga qarab qan­ day o'zgarishini ko'raylik. Ularda: I) atom og'irligi ortadi; 2) so­ lishtirma og'irligi ortadi; 3) qaynash va suyuqlanish temperatu­ rasi kamayadi; 4) yadro zaryadi ortadi; 5) atom radiusi ortadi:
6) elektron qavati ko'payadi; 7) tashqi qavatdagi elektronlaming yadroga tortilishi zaiflashadi; 8) elektron berish xususiyati kucha­ yadi; 9) metallik xossalari kuchayib boradi.
Har bir gruppa ikkita gruppaga, ya'ni asosiy va qo'shimcha
gruppalarga bo'linadi. Qo'shimcha gruppa elementlari, asosan, metallardir. Ulaming tashqi qavatida I yoki 2 ta elektron bo'ladi. Gruppa raqami, odatda, kimyoviy bog'lanish hosil qilishda ish­ tirok eta oladigan elektronlar sonini ko'rsatadi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling