Oli\' va o•rta maxsus ta'lim vazirligi o•rta maxsus


Download 0.77 Mb.
bet85/110
Sana21.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1367794
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110
Bog'liq
Anorganik kimyo Tashev [uzsmart.uz]

9.3- §. Xlorid kislota va uning tuzlari
Vodorod xloridning suvdagi eritmasi xlorid kislota deyiladi. Xlorid kislota sanoatda asosan: I) sulfat usulida; 2) sintez usu­
Jida; 3) organik moddalarni xlorlashda olingan vodorod xloridni suvda eritish natijasida olinadi. Vodorod xloridning tezroq va yax­ shi erishi uchun xlorid kislota olinadigan asbobning pastki qismi­ dan yuqoriga tomon HCI gazi. yuqoridan pastga tomon esa toza suv yuboriladi, ya'ni gaz bilan suv bir-biriga qarama-qarshi yo'na­ lishda beriladi.
Hosil bo'lgan kislotaning konsentrntsiyasi 31% dan 42% gacha bo'lishi mumkin. Tarkibida FeCI I tuzi aralashgan xlorid kislota sarg'ish, toza holdagi xlorid kislota rangsiz, o'tkir hidli suyuqlik­ dir. Konsentrlangan xlorid kislotadan vodorod xlorid chiqib tur­ ganligi uchun u tutaydi. Shuning uchun ham xforid kisfota tu­ tovchi kislota deyiladi. 38% Ii xlorid kislotaning solishtinna og'irligi 1, 19 ga teng. Konsentrlangan xlorid kislota qizdirilganda tarkibidan vodorod xlorid chiqib. kislotaning konsentratsiyasi 20,2% Ii bo'lib qoladi. Agar konsentratsiyasi 20,2% dan kam bo'lgan kislota qizdir­ ilsa, kislota tarkibidan suv chiqib, kislotaning konsentratsiyasi 20.2% Ii bo'ladi. 20,2% Ii xlorid kislota tarkibini o'zgartinnasdan 110 °C da haydaladi.
Xlorid kislota bir ncgizli kuchli kislota, u metallar, asosli ok­ sidlar, asoslar va ba'zi tuzlar bilan reaksiyaga kirishadi, masalan:
Al(OH)J + 3HCI = AICl 3 + 3H2O CaCO3 + 2HCI = CaCl2 + H2O + CO2 AgNO 3 + HCI = AgClJ.. + H NO 3
Xlorid kislota faol bo'lmagan metallar bilan havo kislorodi ish­ tirokida reaksiyaga kirishadi:
2Cu + 4HCI + 0 2 = 2CuCl 2 + 2H 2O
4Ag + 4HCI + 0 2 = 4AgCI + 2H 2O
Oltin va platinaga xlorid kislota ta'sir etmaydi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling