Oli\' va o•rta maxsus ta'lim vazirligi o•rta maxsus
Xlorid kislotaning isblatilishi
Download 0.77 Mb.
|
Anorganik kimyo Tashev [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xlorid kislota tuzlari.
Xlorid kislotaning isblatilishi. Xlorid kislota xloridlar olishda, yelim ishlab chiqarishda, karbonat angidrid olishda, bo'yoqlar tayyorlashda, laboratoriyada xlor olishda, tibbiyotda, kimyo labo ratoriyalarida, ko'nchilik sanoatida (xom teriga ishlov berishda), metallaming sirtini oksid pardadan tozalashda, oziq-ovqat sa noatida glukoza olishda ishlatiladi. Xlorid kislota ichki yuzasiga kis lotaga bardoshli rezina qoplangan sistema va bochkalarda, shisha idishlarda saqlanadi.
Xlorid kislota tuzlari. Xlorid kislotaning tuzlari xloridlar deyi ladi. Xloridlaming ko'pchiligi suvda eriydi, kumush xlorid AgCI, mis (I) xlorid CuCI, simob (I) xlorid Hg 2Cl 2 suvda erimaydi. Qo'rg'oshin xlorid PbCl2 juda oz eriydi. Lekin issiq suvda yaxshi eriydi. Xloridlar orasida eng yomon eriydigani kumush xloriddir. Shuning uchun xlorid kislotani va xloridlami (ya'ni c1- ionini) topishda AgN0 3 reaktiv sifatida ishlatiladi: HCI + AgNO 3 = AgCIJ.. + H NO 3 3 3 FeCl 3 + 3AgNO 3 = Fe( NO ) + 3AgCIJ. Xloridlaming eng muhimlari quyidagilardir: Natriy xlorid (osh tuzi) NaCl tabiatda eng ko'p tarqalgan tuzlardan biri, qaynash temperaturasi t yin. = 1413 ·c, suyuq lanish temperaturasi r;uyuq. = 800,4 ·c, solishtirma massasi 2,16 ga teng. 100 g suvda O ·c da 35,6 g NaCl eriydi. Natriy xlorid ovqat uchun, go'sht, yog', moy, baliq va bosh qalami buzilishidan saqlashda muhim ahamiyatga ega. Osh tuzi xlor olishda, natriy ishqori, natriy metali, vodorod xlorid, soda ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bo'lib xizmat qiladi, bo'yoqchilikda, sovun pishirishda va boshqa sohalarda ham ishlatiladi. Kaliy xlorid KCI qishloq xo'jaligida o'g'it sifatida, potash ish lab chiqarishda ishlatiladi. 144 Ka/siy xlorid CaC l 2 suvga nihoyatda o'ch bo'lganligi uchun laboratoriyalarda gazlami, har xii organik moddalarni quritish uchun ishlatiladi. Bu vaqtda kristallgidrat CaCl2 • 6H20 hosil bo'ladi. Bariy xlorid BaCl 2 qishloq xo'jaligida zararkunandalarga qa rshi kurashda ishlatiladi. Aluminiy xlorid AICl 3 ko'pgina organik moddalami sintez qi lishda katalizator sifatida ishJatiladi. Rux xlorid - ZnCl 2 yog'ochni chirishdan saqlash maqsadida yog'ochga shimdiriladi. Metallami kavsharlashda metall sirtidagi oksid pardani yo'qotish uchun ishla tiladi. 9.4- §. Xloming kislorodli birikmalariXlor kislorod bilan bevosita birikmaydi. Xlor bilan kislorod birikmalari bilvosita usulda olinadi. Xloming to'rtta oksidi olingan: Cl20 - xlor (I) oksid (gipoxlorit angidrid); CI0 2- xlor (IV) oksid; Cl20 6 - xlor (VI) oksid; Cl20 7- xlor (VII) oksid (perxlorat angidrid). Xlor ( I) oksid Cl 20 (tuzilishi Cl - 0 - Cl). Sarg'ish-jigar rang, qo'lansa hidli gaz, suyuqlanish temperaturasi t . = I 16 °C, qaynash temperaturasi esa / yin. = 4 °C. Portlovchi modda. U sal isitilsa yoki bir idishdan ikkinchi idishga quyilsa portlaydi: 2Cl20 = 2Cl 2 + 0 2 Xlor (I) oksid simob (II) oksidga xlor ta'sir ettirib olinadi: 2Cl 2 + HgO = HgCl2 + Cl20 Cl 20 suvda erib gipoxlorit kislota HCIO ni hosil qiladi. Xlor suvda eriganda ham gipoxlorit kislota hosil bo'ladi. HCIO beqaror bo'lib, faqat suyultirilgan eritmadagina mavjud. Xloming kislorodli kislotalari kuchli oksidlovchilardir. Ular orasida HCIO eng kuchli oksidlovchi, buning asosiy sababi beqaror kislota bo'lganligi uchun asta-sekin parchalanib, atom holidagi kislorod ajratib chiqarishidir: HCIO = HCI + 0 Gipoxlorit kislotaning tuzlari ishqorlarga xlor ta'sir ettirib olinadi: Cl2 + 2KOH = KCI + KCIO + H20 Reaksiya natijasida hosil bo'lgan mahsulotlar Jave/ suvi deyila di. Bu suv kuchli oksidlovchi hisoblanadi. Buning sababi Javel suvi havodan CO 2 ni yutishi natijasida HCIO hosil qiladi: IO Anorganik kimyo 145 KCIO + CO2 + H 20 = KHC0 1 + HCIO Gipoxlorit k.islotaning eng muhim tuzlaridan yana biri kalsiy gipoxlorit - xlorli ohakdir. U kalsiy gidroksidiga xlor ta'sir ettirib olinadi: Cl Ca(OH)i + Cl2 = / Ca ""-oct + H 2O Xlorli ohakdan kuchli oksidlovchi, oqartuvchi, dezinfeksiya lovchi modda sifatida foydalaniladi, chunki u quyidagi reaksiya larga kirisha oladi: CaOC l2 + CO 2 = CaC0 3 + Cl 2 2CaOCl 2 + H20 + CO2 = C aCl2 + CaC0 1_ + 2HCIO HCIO = HCI + 0 Xlor ( IV) oksid Cl0 2 - sabzi rangli, o'tkir hidli beqaror gaz, u yonuvchi moddalarga tegib ketsa, darhol portlaydi. CIO, suv bilan birikib, xlorit kislota HCl0 2 bilan xlorat kislota Heto; hosil qiladi: 2C I0 2 + H 20 = HC l0 2 + HCl0 3 Xlorit kislota nihoyatda beqaror va kuchli oksidlovchi modda, u faqat suyultirilgan eritma holidagina ma'tum. Tuzlari olingan, ammo ular zarba ta'sir etganida va isitilganda portlaydi. Xloritlarda ham oksidlovchilik xossalari bor. Xlor (VI) oksid Cl20 6 havoda tutaydigan to'q qizil suyuqlik. Yonuvchi moddalarga tegsa, darhol portlaydi. Cl20 6 ga muvofiq kislota ma'lum emas, ammo u suv bilan birikib, xlorat HCl0 3 va perxlorat HC10 4 kislotalarini hosil qiladi: Cl20 6 + H20 = HC I0 4 + HCl0 3 Xlorat k.islota ham faqat eritmada ma'lum, uning 40% Ii erit masini tayyorlash mumk.in. Eritmaning konsentratsiyasi 40% dan yuqori bo'lsa, portlab parchalanadi. Xlorat kislotaga paxta, qog'oz tegsa, o't olib ketadi. Xlorat k.islota va uning tuzlari oksidlovchi lardir. Uning tuzlari odatdagi tempcraturada barqaror bo'ladi. Qaynoq ishqorlarga xlor yuborib, xlorat kislota tuzlari olinadi: 6KOH + 3Cl2 = KCl0 3 + 5KCI + 3H 20 KCl0 3- bertole tuzi gugurt sanoatida, portlovchi moddalar, bo'yoqlar, signal raketalari tayyorlashda, kimyo laboratoriyala rida k.islorod olishda ishlatiladi. Xlor (VII) oksid (perxlorat angidrid) Cl20r Uning tuzilishi: Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling