Oli\' va o•rta maxsus ta'lim vazirligi o•rta maxsus


Download 0.77 Mb.
bet84/110
Sana21.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1367794
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   110
Bog'liq
Anorganik kimyo Tashev [uzsmart.uz]

Xlorning olinishi. Laboratoriyada xlor har xii oksidlovchilarga konsentrlangan xlorid kislota ta'sir etib olinadi. Masalan:
l. MnO 2 + 4HCI = MnC l2 + Cl2 + 2H 2O Bu reaksiya ikki bosqichda boradi:

  1. MnO 2 + 4HCI = MnC l4 + 2H 2O

MnC14 - beqaror modda bo'lganligi uchun darhol parchala- nadi:

  1. Mn Cl4 = Mn Cl2 + Cl2

  1. KCIO3 + 6HCI = KCI + 3Cl2 + 3H 2O

  2. K2C r2O 7 + 14HCI = 2KCI + 2C rCl3+ 3Cl3+ 7H 2O

  3. 2KMnO 4 + 16HCI = 2KCI + 2MnCl 2 + 5Cl2 + 8H2O

Galogenlar gruppachasi elementlarining xossalari



Ni

Xossalari

F

Cl

Br

J

At

I

Tartib raqami

9

17

35

53

85

2

Ion radiusi, A'

1,33

1,81

1,96

2,20

-

3

Atom radiusi, A'

0,71

1,00

1,14

1.33

-

4

Qaynash tempe- raturasi. C'

-187,9

-34,0

+58,8

+184,5

-

5

Suyuqlanish temperaturasi, C'

-220

-101.0

-7,3

+114

-

6

Nisbiy elektromantiyligi

4,1

2,83

2,74

2,21

1,90

7

Atomning ionla- nish creigiyasi, EB

17,42

12,97

11,84

10,45

9,2

8

Solishtirma massasi. g/sm 3

I.I
(suyuq
holda)

1,57
(suyuq holda)

3,12
(suyuq)

4,93




9

Rangi

ko'kimtir sariq

sarg'ish yashil

to'q qo'ng'ir

to'q kulrang yaltirok




10

Molckulaning dissotsilanish energiym,i (x·4,18 kJ/mol)

38

58

46

36

-

11

Birikmalardagi oksidlanish darajasi

-I

+I, -1
+3, +5
+7

+1, -1
+3, +5
+7

+l, -I
+3, +5
+7

+1, -1
+3, +5
+7

  1. Sanoatda xlor osh tuzining konsentrlangan eritmasini ele­ ktroliz qilib olinadi. Elektroliz vaqtida quyidagi jarayonlar yuz be­ radi:

I) anodda xlor ioni clektron yo'qotib oksidlanadi va neytral holda xlor gazi ajralib chiqadi:
2Cl - 2e 2Cl°, Cl°+ Cl° Cl/

  1. katodda esa vodorod ionlar elektron qabul qilib qaytariladi: 2H+ + 2e 2H0 , H0 + H0 H/

  2. eritmada qolgan natriy va gidroksil ionlari o'zaro birikib, natriy gidroksidni hosil qiladi:

Na+ + OH· NaOH
Elektroliz vaqtida chiqayotgan mahsulotlar o'zaro birikmasligi uchun katod va anod fazalar orasiga diafragma qo'yiladi. Elektroliz vaqtida sodir bo'ladigan rcaksiyaning umumiy tenglamasi:
2NaCI + 2H 20 = 2NaOH + H2 + Cl2
Xlorning isblatilishi. Xlor suvni dezinfeksiya qilishda, to'­ qimachilik va qog'oz sanoatida oqartiruvchi modda sifatida, xlorid kislota olishda, qishloq xo'jalik zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladigan moddalar, masalan, DDT, geksaxloran tayyorlash­ da, bo'yoq moddalar. dori-darmonlar sintez qilishda, erituvchi­ lar tayyorlashda, xlorli ohak, bertole tuzi olishda ishlatiladi. Er­ kin holdagi xlorda bo'g'uvchanlik xususiyati bo'lgani sababli ko'zdan yosh oqizuvchi (xlorpikrin va b.), qayt qildiruvchi (iprit, lyuizit), nafasni bo'g'uvchi (fosgen) kabi zaharli moddalar (ZM) ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Vodorod xlorid. Vodorod xlorid rangsiz. o'tkir hidli, zaharli gaz. Havodan qariyb 1,3 marta og'ir. Havoda va kislorodda yonmay­ di va yonishga yordam bermaydi. I I suvda O •c tempcraturada 500 I
vodorod xlorid eriydi. Uning suvdagi eritmasi xlorid kislota deyi­ ladi. Vodorod xJorid atmosfera bosimida (oddiy sharoitda) -112 ·c da suyuqlanib - 84 ·c da qaynaydi. 1000 ·c dan yuqori tempc­
raturada elcmentlarga parchalanadi. Havoda tutaydi, chunki u nam havoda erib, xlorid kislota tomchilarini hosil qiladi. Quruq holdagi vodorod xlorid metallarga ta'sir etmaydi. Nam holdagi vodorod xlorid csa faol metallar bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi, orga­ nik moddalar bilan reaksiyaga kirishib. tarkibida xlor bo'lgan or­ ganik birikmalar hosil qiladi.
Vodorod xlorid laboratoriyada kristall holdagi osh tuziga kon­ scntrlangan sulfat kislota ta'sir ettirib olinadi. Bu reaksiya past
temperaturada yoki 450 ·c gacha isitilganda quyidagi tenglamaga muvofiq boradi:
NaCl+ H 2SO4 = Na HSO 4 + HCli
Agar reaksiya 500 ·c dan yuqorida olib borilsa, vodorod xlorid bilan o'rta tuz Na 2S O4 hosil bo'ladi:
2NaCI + H 2SO 4 = Na2SO 4 + 2HCli
Sanoatda vodorod xlorid ikki usul bilan olinadi.
l. Vodorodni xlor yig'ilgan idishda yondirish:
H2 + Cll = 2HCI
Bu usul sintez usuli deb ataladi. Reaksiya uchun olingan vodo­ rod va xlor osh tuzining suvdagi critmasi orqali elektroliz qilib olinadL
2. Yuqori temperaturada qattiq holdagi osh tuziga konsentrlan­ gan sulfat kislota ta'sir ettirish; bu usul sulfa! usu/i deyiladi. Or­ ganik birikmalami xlorlash jarayonida ham ko'p miqdorda vodo­ rod xlorid olinadi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling