Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respublikаsi rаqаmli texnologiyalаr vаzirligi o. O. Zaripov, M. O. Atajonov
Download 2.61 Mb. Pdf ko'rish
|
64d5b5c1e8544 4-Monografiya. REAKTIV QUVVAT. 2-qism
4 I BOB. BO‘YLAMA VA KO‘NDALANG KOMPENSATSIYALARNI TAQQOSLASH Ko‘ndalang kompensatsiya sanoat korxonalarida quvvat koeffisientini orttirish uchun keng tarqalgan. Bu qurilmaning himoyasi, boshqarilishi, ishlatilishi va xizmat ko‘rsatilishi, kondensator batareyalar quvvatlarini maydalash imkoniyati mavjudligi oddiyligi sababli, ularni xohlagan tarmoq joyida o‘rnatish mumkinligi, qaerda iqtisodiy maqsadga muvofiqligi texnikaviy va ishlatilishi sharoitini hisobga olgan holda. Ko‘ndalang kompensatsiyada kuchlanish miqdori oshadi, lekin kuchlanish tebranishi yuklama o‘zgarishida saqlanib qoladi, xuddi kompensatsiyadan oldingi holatdagidek. Yuklama minimum vaqtlarida tizim kuchlanishi kondensatorlar qisqichlarida nominallidan yuqori bo‘lishi mumkin. Kuchlanish og‘ishi korxonada minimum yuklanishi tizim minimum yuklamasi bilan mos kelganda oshib ketadi. Bunday holatlarda uni pasaytirish tashkiliy ishlari qo‘llanilishi kerak. Bunday holatlarda uni pasaytirish tashkiliy ishlari qo‘llanilishi kerak. Bu tashkiliy ishlardan biri tarmoqqa ulangan kondensatorlar quvvatini rostlash, rostlash avtomatik yoki ishda hizmat qiluvchi xodim KB larni to‘la yoki qisman oldindan ishlab chiqilgan grafik bo‘yicha o‘chirish yo‘li bilan. Qisqa vaqtli qayta va zarbli yuklamalar ta’minot manba shinalarida kuchlanish tebranishini keltirib chiqaradi, va demak, u boshqa iste’molchilarda zarbsiz yuklamalarda katta kuchlanish tebranishi sodir bo‘ladi. Bunday iste’molchilarni ta’minlash alohida liniyalarda va alohida transformatorlarda bajariladi, lekin har doim ham bu iqtisodiy maqsadga muvofiq bo‘lavermaydi. Bo‘ylama kompensatsiya, kuchlanishi orttira turib qabul qiluvchi oxirida, kuchlanish tebranishini kam chegaralarda bo‘lishini ta’minlaydi. Uni qo‘llash qisqa vaqtli va keskin o‘zgaruvchi yuklamalarda qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. Bo‘ylama kompensatsiyada kodensatorlar nominal quvvati to‘la foydalinmaydi, chunki liniyadan oqayotgan tok kvadratiga proporsional o‘zgaradi. Tarmoqqa sig‘imni ketma-ket ulash zanjiridagi reaktiv qarshilikni (tarmoqda va ta’minot transfomatorlarni), kamaytiradi, bu ortishiga olib keladi. 1000 V gacha bo‘lgan iste’mol qurilmalarda, bu 5 holat muhim ahamiyatga ega, chunki har doim ham qt tokiga yetarlicha bardoshli o‘chirish apparatni tanlash imkoniga ega bo‘lmaydi. Shu sababli ko‘pincha o‘rnatilgan transformatorlar birlik quvvatni cheklashga to‘g‘ri keladi. Ko‘ndalang va bo‘ylama sig‘imli kompensatsiya xususiyati ularni elektr ta’minot tizimlari sohalarida qo‘llanilish farq qiladi. Bo‘ylama kompensatsiya rostlash usuli sifatida va elektr tarmoqlarida keskin o‘zgaruvchi yuklamalarda kuchlanishning stabillash uchun qo‘llaniladi. Ko‘ndalang kompensatsiya cosφ ni ko‘tarish uchun va sanoat korxonalari elektr ta’minot tizimlarida kuchlanishni rostlash uchun qo‘llaniladi. Download 2.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling