Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Termiz Davlat Universiteti "Axborot texnologiyalar" fakulteti "Amaliy Matematika” yo'nalishi


Download 1.67 Mb.
bet2/7
Sana04.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1078159
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mustaqil ish Funksional analiz

O’lchov Bo’yicha yaqinlashish


Funksional analiz - matematik analiz, geometriya va chiziqli algebraning g`oya va usullarini cheksiz o`lchamli fazolar uchun umumlashtiruvchi fan hisob-lanadi. Hozirgi kunda funksional analizning g`oya, konsepsiya, usul va tushun-chalari matematikaning barcha sohalari tomonidan tan olingan. So`nggi yil-larda di erensial tenglamalar, hisoblash usullari, matematik dasturlashning talab va ehtiyojlariga javoban funksional analizning yangi chiziqli bo`lmagan tarmog`i paydo bo`ldi. Zamonaviy matematikaning bu yo`nalishi amaliyotchi-lar va muhandislarning o`sib kelayotgan ehtiyojlarining bir qismini qondiradi.
Ushbu darslik Funksional analiz va integral tenglamalar fanidan namu-naviy ishchi dasturga moslab tuzilgan. Darslik universitetlarning mexanika va matematika bakalavriyat yo`nalishlari bo`yicha ta'lim olayotgan talabalari uchun mo`ljallab yozilgan.
Darslikning asosiy maqsadi bo`lg`usi mutaxassislarni funksional analizning asosiy tushunchalari va usullari bilan tanishtirish, funksional analizning asosiy boblari bo`yicha nazariy bilimlarini shakllantirish, masalalar yechishda malaka va ko`nikmalar hosil qilish, hamda ularda integral tenglamalar bilan ishlash mahoratini paydo qilishdan iborat.
Darslikni o`qish jarayonida talabalar o`zlarining matematik analiz, chiziqli algebra va geometriyadan olgan bilimlarini to`ldiradilar, hamda ularni funk-sional fazolarga moslab qo`llaydilar, ya'ni mustahkamlaydilar. Talabalar chi-ziqli funksional va operator tushunchalari bilan tanishadilar va ularning asosiy xossalarini o`rganadilar. Cheksiz o`lchamli funksional fazolarni o`rganish jara-yonida o`quvchilar funksional analizning kuchli va nozik usullarini tushunishga biroz qiynaladilar, lekin tushunib yetganlaridan keyin o`zlarida ilmga undovchi qandaydir ichki kuch sezadilar.
O`lchovli to`plamlar
Bu bob uch paragrafdan iborat. Dastlabki 6-paragrafda tekislikdagi to`plam-ning Lebeg o`lchovi tushunchasi kiritilgan. O`lchov tushunchasi bu ¡ kesma-ning uzunligi, tekislikdagi shaklning yuzasi, fazodagi jismning hajmi kabi tu-shunchalarning umumlashmasi natijasida paydo bo`lgan. Bu paragrafda Lebeg ma'nosida o`lchovli to`plamlar sin Jordan ma'nosida o`lchovli to`plamlar sin-dan kengroq ekanligi ta'kidlangan va Lebeg ma'nosida o`lchovli bo`lgan, am-mo Jordan ma'nosida o`lchovli bo`lmagan to`plamga misol keltirilgan. Lebeg o`lchovining yarim additivlik, additivlik, sanoqli additivlik va uzluksizlik xos-salari (6.6, 6.8-6.9 teoremalar) isbotlangan. Birlik kvadratdagi o`lchovli to`p-lamlar sistemasi ¾ ¡ algebra tashkil qilishi ko`rsatilgan. Bu paragrafning ay-rim to`ldirishlar bandida tekislikda berilgan A to`plamning Lebeg ma'nosida o`lchovli bo`lishligi ta'ri angan. Umumlashtirishlar bandida esa Lebeg-Stiltes o`lchovlari berilgan. Paragrafning oxirgi bandida sonlar o`qida Lebeg ma'nosida o`lchovsiz to`plamga misol keltirilgan. Absolyut uzluksiz, singulyar uzluksiz va diskret o`lchovlarga ta'rif berilgan hamda ularga misollar keltirilgan.
7-paragrafda o`lchovning umumiy ta'ri keltirilgan. Yarim halqada beril-gan o`lchovni yarim halqadan hosil bo`lgan minimal halqaga davom ettirish va davomning yagonaligi (7.1-teorema) isbotlangan. Additiv va ¾ ¡ addi-
tiv o`lchovlarning umumiy xossalari keltirilgan. Additiv, ammo ¾ ¡ additiv bo`lmagan o`lchovga misol keltirilgan.
Bobning oxirgi, 8-paragra da yarim halqada berilgan o`lchovni Lebeg bo`yi-cha davom ettirish masalasi qaralgan. Bu yerda ham 6-paragrafdagiga o`xshash o`lchovning yarim additivlik, additivlik, sanoqli additivlik va uzluksizlik xos-salari isbotlangan. Birlik elementli Sm yarim halqada ¾ ¡ additiv m o`lchov berilgan bo`lsa, bu o`lchovning Lebeg bo`yicha davomi ¡„ ham ¾ ¡ additiv o`lchov bo`lishi isbotlangan.
6- x: Tekislikdagi to`plamning o`lchovi

Biz bu paragrafda tekislikda Lebeg ma'nosida o`lchovli to`plam ta'ri ni beramiz va o`lchovli to`plamlarning asosiy xossalarini isbotlaymiz.


6.1. Elementar to`plam o`lchovi. Aytaylik a; b; c va d lar ixtiyoriy
sonlar bo`lsin. Tekislikda
a • x • b; a • x < b; a < x • b; a < x < b
va
c • y • d; c • y < d; c < y • d; c < y < d
tengsizliklarning istalgan bir jufti bilan aniqlangan to`plamlar sistemasi beril-gan bo`lsin. Bu to`plamlarni to`g`ri to`rtburchaklar deb ataymiz.
Bizga a • x • b; c • y • d; tengsizliklar bilan aniqlangan to`g`ri
to`rtburchak berilgan bo`lsin. Agar a < b; c < d bo`lsa, u chegaralari o`ziga qarashli bo`lgan to`g`ri to`rtburchakni, agar a = b va c < d yoki a < b va c = d bo`lsa kesmani, agar a = b; c = d bo`lsa nuqtani va agar a > b yoki c > d bo`lsa, bo`sh to`plamni aniqlaydi. Ochiq a < x < b; c < y < d to`g`ri to`rtburchak a; b; c va d larga bog`liq ravishda chegarasi o`ziga qarash-
li bo`lmagan to`g`ri to`rtburchak yoki bo`sh to`plam bo`ladi. Yarim ochiq to`g`ri to`rtburchaklarning har biri bir, ikki yoki uch tomonsiz to`rtburchaklarni, ochiq, yarim ochiq oraliqlarni aniqlaydi.
  1. deb tekislikdagi barcha to`g`ri to`rtburchaklar sistemasini belgilaymiz.



6.1-lemma. Tekislikdagi barcha to`g`ri to`rtburchaklar sistemasi S yarim halqa tashkil qiladi.
Isbot. a; b; c va d sonlari bilan aniqlanuvchi ochiq to`g`ri to`rtburchak a = b bo`lganda bo`sh to`plamni aniqlaydi, demak ; 2 S Ikki to`g`ri to`rtbur-chakning kesishmasi to`g`ri to`rtburchakdir (6.1-chizma), ya'ni P1; P2 2 S dan P1 \ P2 2 S ekanligi kelib chiqadi. Faraz qilaylik P = Pabcd to`g`ri
to`rtburchak P1 = Pa1b1c1d1 to`g`ri to`rtburchakni o`zida saqlasin. U holda
a • a1 • b1 • b; c • c1 • d1 • d
munosabatlar o`rinli. P nP1 ayirmani quyidagicha tasvirlash mumkin.
P nP1 = P2 [ P3 [ P4 [ P5;
bu yerda (6.2-chizmaga qarang)
P2 = Paa1cd; P3 = Pa1bd1d; P4 = Pb1bcd1 ; P5 = Pa1b1cc1 :
Demak, tekislikdagi barcha to`g`ri to`rtburchaklar sistemasi S yarim halqa tashkil qilar ekan.
6.1-ta'rif. S yarim halqadan olingan va a; b; c; d sonlari bilan aniqlan-gan (yopiq, ochiq yoki yarim ochiq) P = Pabcd to`g`ri to`rtburchak uchun m(P ) = (b ¡ a)(d ¡ c) sonni mos qo`yamiz, agar P bo`sh to`plam bo`lsa m(P ) = 0 deymiz va m : S ! R to`plam funksiyasini o`lchov deymiz.
Shunday qilib, S dagi har bir P to`g`ri to`rtburchakka uning o`lchovi m(P ) = (b¡a)(d¡c) son mos qo`yildi. Bu moslik quyidagi shartlarni qanoat-lantiradi:

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling