Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot


Download 1.01 Mb.
bet92/120
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1790386
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   120
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

Tadbirkorlik faoliyati shakllari.


Tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy faoliyatning ajralmas qismi boʻlib, uning hozirgi zamon tushunchasi 18-asrda paydo boʻlgan. Tadbirkorlik moddiy va nomoddiy ne’matlarni yaratishdir.


Tadbirkorlik faoliyati – yuridik va jismoniy shaxs tomonidan mulkiy mas’uliyat ostida mavjud qonunlar doirasida, daromad olish maqsadida, taxlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyat.

  • Tadbirkorlik foyda olish maqsadida tovar(yoki xizmat) ishlab chiqarishning yagona jarayonida yer, suv, kapital va mehnat resurslarini birlashtirish tashabbusini oladi.

  • Tadbirkor biznesni yuritish, foydani koʻpaytirish boʻyicha asosiy qarorlar qabul qiladi, bu qarorlar korxona faoliyatining maqsadini aniqlab beradi.

Tadbirkor – yuqori foyda orqasidan quvib, yangi mahsulotlar, yangi ishlab chiqarish texnologiyasi yoki hatto biznesni tashkil qilish- ning yangi shakllarini tijorat asosida joriy qilishga harakat qiluvchi tashabbuskor shaxs hisoblanadi.
Tadbirkorlik faoliyati – bu tahlikaga boruvchi faoliyatdir.
Biznes biror iqtisodiy faoliyat yuzasidan ishbilarmonlar tomoni- dan amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatdir.(biznes soʻzi ingliz- chadan olingan boʻlib, busines-ish, man-odam ). Biznes keng ma’noda qonuniy yoʻl bilan daromad topishga qaratilgan faoliyatdir.
Biznesmen – oʻz manfaatiga ega, foyda olishga intiladigan xatarli ishga qoʻl urishga tayyor, tashabbuskor, ishni sir asrorini biladigan va oʻzaro iqtisodiy a’loqalar madaniyatini egallaganlardir.
Biznesni eng asosiy unsuri tadbirkorlikdir.
Tadbirkorlik biznesi – bu mahsulot ishlab chiqarish yoki hizmat koʻrsatish orqali daromad topishni koʻzlovchi faoliyatdir.
Tadbirkorlikni asosiy belgilari

    • Tadbirkorlik muayyan mulkchilikka tayanadi.

    • Tadbirkorlik pul topishni, ya’ni foyda olib boy boʻlishni koʻzlaydi.

    • Tadbirkorlik riskli.

    • Tadbirkorlik noyob qobiliyat.

    • Tadbirkorlik raqobatbardoshlilikni talab qiladi.

    • Tadbirkorlik yaratuvchanlik.

    • Tadbirkorlik sabr-toqatlilikni talab qiladi.

    • Tadbirkorlik beboshlilik emas, ma’lum tartib-qoidalarga amal qiladigan holat.

Tadbirkorlik tizimi bu tadbirkorlikka xos boʻlgan iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlikning huquqiy-tashkiliy jihatlari va unga oid siyosatning yaxlitligi, ya’ni majmuasidir.
Tadbirkorlik mulkiy maqom, qonuniylik, faoliyat toʻri va koʻlami kabi jihatlariga koʻra turlanadi.
Tadbirkorlik mulkiy jihatiga koʻra:


  1. Download 1.01 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling