Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot


Download 1.01 Mb.
bet95/120
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1790386
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   120
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

J) Jamoa - shirkat firmalar bunday firmalar bir-necha sohiblar mulkiga va olinadigan foydaning ular tomonidan baham koʻrinishiga asoslanadi.Bunga quyidagilar kiradi:

  1. Mas’uliyati cheklanmagan firmalar – bu korxona sherikchilik kapitali asosida tashkil topgan boʻlib, lekin sheriklar maqomi bir xil boʻlmaydi.

  2. Mas’uliyati cheklangan firmalar – bu firmalar sheriklar kapitali asosidagi foyda sheriklar oʻrtasida taqsimlanadigan firmalar. Bunday firmalarning nomida «Limited» soʻzi boʻladi.

  3. Davlat firmalari – xoʻjalik mustaqilligiga ega boʻlmagan korxonalar boʻlib, ular davlatning ma’muriy boshqarish tizimiga kiradi. Ular iqtisodiyotda davlat tadbirkorligini tashkil etadi.

Aralash firmalar. Bular turli mulkchilikning qorishmasiga asos- langan korxonalar. Bunga quyidagilar kiradi:

  1. Xorijiy va milliy kapital birlashmasida tashkil topgan firmalar.

  2. Turli mulkchilikka oid mablagʻlar qoʻshilib ketgan firmalar. Tadbirkorlik faoliyatida tashkil etiluvchi monopolistik birlash-

malar unga quyidagilar kiradi:

  1. Kartel– Bir tarmoq tadbirkorlari oʻrtasidagi narxlar, mahsulot sotish bozorlari, ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ularning ulushlari, mahsulot oʻlchamlari va shu haqidagi kelishuv.

  2. Sindikat– Bir tarmoq tadbirkorlari tomonidan ortiqcha raqobatni bartaraf qilish, barqaror foyda olish maqsadida mahsulot sotishning birlashtirilishi.

  3. Konsorsium– tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuv.

  4. Konsern–qatnashish tizimi orqali korxonalarni nazorat qiluvchi koʻp tarmoqli hissadorlik jamiyati.

Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan (tadbirkorlik faoliyati) — qonun hujjatlariga muvofiq daromad (foyda) olishga qaratilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) yoʻli bilan tavakkal qilib va oʻz mulkiy javobgarligi ostida amalga oshiriladigan tashabbuskor faoliyatdir.
Tadbirkor — yuridik shaxs tashkil etgan holda ham, tashkil etmas- dan ham tadbirkorlik faoliyati bilan doimiy asosda shugʻullanuvchi jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor).
Yakka tartibdagi Tadbirkorlik shaxsiy tadbirkorlik (bir shaxsning tadbirkorligi) va birgalikdagi Tadbirkorlik (shaxslar guruhining tadbirkorligi) turlariga boʻlinadi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling