Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot


Tadbirkorlik iyerarxiyasi, ya’ni martabasiga koʻra


Download 1.01 Mb.
bet94/120
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1790386
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   120
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

Tadbirkorlik iyerarxiyasi, ya’ni martabasiga koʻra:


  1. Super elitalar – bular biznesda nafaqat yuqori foyda olishni, balki biznes olamida mutloq hokimiyat oʻrnatishga, biznes tarixida oʻz nomini qoldirishga intiluvchilar.

  2. Biznes elita – bular foyda olishdan tashqari oʻz ishidan qoniqish hosil etuvchi va biznes olamida oʻz hokimiyatini oʻrnatishga va raqobatda doimo gʻalabaga intiluvchilar.

  3. Oʻrta toifa – bular ma’lum darajada boylik toʻplab ulgirgan, biznesda oʻz oʻrnini topishga intiladigan, foyda koʻrish bilan birga- likda oʻz ishidan qoniqish oluvchilar.

  4. Quyi toifa bular faqat foyda olishni koʻzlab, uni ketidan tinimsiz quvuvchi tadbirkorlar. Bular biznezga yangitdan kirib kelgan, boyib ulgirmaganlar.

  1. Tadbirkorlar toifasini shakllanishi

1/ Ilgari tadbirkorlik bilan shugʻullanmaganlar tadbirkorlikka qoʻl uradi.
2/ Tadbirkorlik avloddan-avlodga oʻtadi. Buning natijasida tadbirkorlar sulolasi paydo boʻladi.
Firma – bu tovar ishlab chiqaruvchi korxona. U nafaqat moddiy tovarlarni, shuningdek xizmatlarni ham yaratadi va bozorga chiqaradi.
Firmalarning toʻrt asosiy belgisi:

    1. Firma muayyan mulk shakliga oid va iqtisodiy jihatdan mustaqil boʻlgan korxona, ya’ni yuridik shaxs.

    2. Firma ishlab chiqaruvchilar jamoasi boʻlib, boshqaruvchilar, firma egalari, yollanib ishlovchilar ularning manfaatlari umumiy.

    3. Har-bir firmaning korporativ – guruhiy manfaatlari boʻlib, bu foyda olish va uni maksimumlashtirishdir.

    4. Firma ixtisoslashgan faoliyat yuritadigan, ma’lum turdagi faoliyat yurituvchi va xizmat koʻrsatuvchi jamoadir.

Yo) Firma turlari
1/ Individual-xususiy firma 2/ Shirkat firma
3/Davlat firmasi
4) Aralash firma
Xususiy firma – bu ayrim shaxslarga va oilalarga qarashli korxo- nalar boʻlib, hususiy mulkka kiradi hususiy firma egasi ayrim shaxslar hisoblanadi, foydasi ham, zarari ham ayrim shaxslarga tegishli. Oila a’zolari bilan ham birgalikdagi xususiy firmalar mavjud boʻlib, oila a’zolari mehnatidan tashqari yollanma mehnatdan ham foydalanish mumkin.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling