Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


l.Hisob-kitob, o‘lchov funksiyasi


Download 1.85 Mb.
bet129/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

l.Hisob-kitob, o‘lchov funksiyasi. Bunda qilingan sarf-xarajat, ko'rilgan foyda-zarar, bajarilgan ish hajmining hammasi ma’lum narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Tshlab chiqarish va uning natijalarining natural-moddiy, qiymat-pul o‘lchovi bor. Natu-ral-moddiy ko‘rsatkichlarni taqqoslab yoki umumiy ko‘rsatkichga

170


keltirib bo‘lmaydi. Masalan, 1 gaziama, 1juft oyoq kiyim, 1 gaz, 1 kVt-soat elektr energiyasi, 1 tonna paxta, 1 uy-joy kabi
ko‘rsatkichlarni Jamlab, umumiy ko‘rsatkich olib boMmaydi. Ular-ning umumiy o‘lchovi pul, unda ifodalangan narx bo‘lishi mumkin. Xarajatsiz ishlab chiqarish bo'lmaganidan, buning uchun ma’lum narxda sotib olingan resurslar sarf etiladi. Mashina-uskuna, xom-ashyo, yoqilg‘i, bar xil material va ish kuchining narxi bor. Ularning miqdorini narxlariga ko‘paytirilsa, xarajat hajmi kelib chiqadi. Yaratilgan mahsulot miqdorini uning bar biri narxiga ko'paytmasi ishlab chiqarish hajmining puldagi ifodasini ko‘rsatadi. Hisob-kitob uchun Joriy va taqqosiy narxlar qo‘llaniladi. Joriy narxlar amaldagi narxJar, ular bilan yil davomidagi ishlar hisoblanadi, masalan, mah­ sulot miqdori, eksport-import hajmi hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sish dinamikasi, daromad, real ish haqi va real foyda kabilar taqqosiy narxda hisoblanadi. Bunda ma’lum yil (bu baza yili) asos qilib olinadi va iqtisodiy dinamika shu yildagi narx bilan hisoblanadi, chunki joriy narx inflatsiya tufayli o'zgarishi mumkin. Narx in-flatsiya ta’siridan xoli etilganidagina, u real iqtisodiy natijani ko‘r-sata oladi. Gap shundaki, iqtisodiyot pasaygan sharoitda narxning tez oshib borishi ishlab chiqarish hajmining puldagi ifodasini sun’iy ravishda oshirib yuboradi. Masalan, mamlakatda 5 min tonna bug‘-doy yetishtirildi. 1 tonna bug‘doyning joriy narxi 120 dollar. Bug‘doyning jami narxi 600 min dollar. Bug‘doy yetishtirish 4,6 min tonnaga tushdi, biroq narx 1 tonna bug‘doy uchun 140 dollar bo‘ldi. Bunda jami bug‘doy narxi 644 min dollarni tashkil etadi. Narxiga binoan bug‘doy hajmi ko‘p, ya’ni 644>600, amalda olingan bug‘doy hajmi oz, chunki 4,6<5,0. Bunda joriy narx ish natijasini noto‘g‘ri ifodalaydi. Shuning uchun bug‘doyning shu yilgi hosilini o'tgan yilgi narxda hisoblash to‘g‘ri bo‘ladi. Bunda bu yilgi hosilning puldagi taqqosiy qiymati 644 min dollar emas, balki 552 min dollar (4,6*120=552 min dollar) bo'ladi. Bu bilan real iqtisodiy natija baholanadi.


  1. Iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirish funksiyasi. Narxning o‘zgarib turishi (bu amalda shunday) ishlab chiqarish va iste’molni rag'batlantiradi. Narx oshganda, agar xarajatlar o‘zgarmay qolsa foyda ko'payadi, bu ishlab chiqaruvchilarni tovarni ko‘paytirishga undaydi, chunki foydani maksimumlashtirish imkoni paydo bo‘ladi. Masalan, oddiy steijenli plastmass aichka 120 so‘m turadi. Shundan 100 so‘mi xarajat, 20 so‘m foyda. Agar hozir firma 10 min dona ruchka chiqarsa uni 1,2 mlrd so‘mga sotib, shundan 200 min so‘m foyda ko‘radi. Bordi-yu ruchka narxi 10 so‘mga oshsa firma ruchkani 12 min dona chiqarishga intiladi, chunki bunda foyda 360


\ i \

min so'mni tashki! etadi, ya’ni 160 min so^mga ortgan boOadi (360—200= 160), Narx isle’molchini ham rag'batlanliradi. Agar narx pasaysa bu iste’moini ko‘paytirishni rag‘batlantiradi. Narx oslisa iste’moini tejash rag‘batlantiriladi. Masalan, avtobenzin narxi 1 litr hisobida 2300 so‘mdan 2250 so‘mga tushdi. Biinda avtomobil egalari benzinni ko‘p olib, mashinada ko‘p yura boshlaydilar. Bordi-yu benzin narxi 2300 so'mdan 2400 so‘mga chiqsa va xaridor daromadi o‘zgarmay tursa benzin iste’moli qisqaradi. Chunki ma­ shinada kamroq yuriladi.
3.Iqtisodiyotni tartiblash funksiyasi. Bu funksiya shundan iboratki narxning o‘zgarishi kerakli tovarlarni ishlab chiqarishga undaydi. Narx qanday tovarlarni qancha ishlab chiqarish zarurligini belgilab be rad i. Narx bamisoli barometr singari bozor holatini ko‘rsatib turadi. Shunga binoan firmalar nimani va qancha ishlab chiqarilsa, uni bozor ma’qul ko‘rishini belgilaydilar. Muayyan tovaming narxi oshib borishga moyil bo‘lsa, demak u bozortalab tovar, uni ko‘proq chiqarish zarur. Buning uchun esa bozordan resLirslarni ko‘proq xarid etish kerak. Demak, tayyor tovar narxining ortishi resLirslarni shu tovarni ishlab chiqarish tomon buradi. Qaysi bir tovaming bozori kasod bo'lib narxi tusha boshlasa, Lining o‘rniga boshqa yangi tovar chiqariladi. Resurslar eski tovar ishlab chi-qarishdan olinib yangi tovarni ishlab chiqarishga yuboriladi. Re-SLirslarni turli sohalarga burish orqali narx iqtisodiyotni tartiblab turadi, ya’ni keraksiz tovarlar o‘rniga kerakli, binobarin bozorbop tovarlarni yaratishni ta’minlaydi.


  1. Raqobat vositasi funksiyasi. Narx g'oyat muhim iqtisodiy vo-sita bolganidan u raqobat kurashida ham qo‘llaniladi. Firmalar bo-zorni egallab olish, undan raqiblarni siqib chiqarish uchun narxni o'zgartiradilar. Ular narxni pasaytirish orqali xaridorni o‘z tomoniga og'dirib oladilar, uni o'ziga o‘rgatib olgach narxni oshira boradilar. Sotish hajmini ko‘paytirish uchun firmalar xaridorlarning sotib olish qobiliyatiga qarab bir xil tovarga har xil narx belgilaydilar. Masalan, aviakompaniyalar samolyotlarni to'ldirib uchish uchun ekonom-klass saloniga chiptani arzon sotadilar, biznesklass va elitaklass saloniga esa qimmat sotadilar. Oddiy yo'lovchi uchun samolyot chiptasining narxi muhim, biznes klassdagi puldor uchun esa narxning ahamiyati yo‘q, samolyotda uchish komfortli bo‘lsa bas. Yuqori narxlar vositasida raqobatlashuv prestijli, obro'talab tovarlar bozorida qoMlaniladi, chunki bu yerda puini betiga qaramay prestijli tovarlarni oluvchilar boOadi, ular narxning yuqori boMishini tovar sifatining yuqoriligi, deb qabul qiladilar.

172


Aytilgan iqtisodiy funksiyalar bozor narxlariga xos boiadi. Bi-roq bozor iqtisodiyoliga o'tish davrida narx ijtimoiy himoyalash funksiyasini vaqtincha bajaradi. Bunda davlat tomonidan dota-tsiyalangan, ya’ni ataylab arzonlashtirilgan narxiar qollaniladi. Ularga binoan o‘ta muhim tovarlarning ba’zilari arzon narxda aholiga sotiladi. Bu tovarlarning amaldagi va haqiqiy bozor narxi o‘rtasidagi farq davlat budjeti hisobidan qoplanadi. Dotatsiyalangan narxiar ijtimoiy funksiyani bajargan holda iqtisodiy rag'batlantirish funksiyasini bajarrnay qo‘yadi. Shu bois dotatsiyalangan narxlardan erkin bozor narxiga o'tish yuz beradi. 0 ‘zbekistonda ham iqtisodiy funksiyalarni bajaruvchi erkin bozor narxlariga o‘tildi, biroq ijti­ moiy muhim bir qator tovarlarga dotatsiya narxlari saqlanib qolin-di, Bozor iqtisodiyoliga o‘tish tugallangach narx ijtimoiy himoya funksiyasini bajarmay qo‘yadi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling