Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


П .1. Narxning mohiyati va funksiyalari


Download 1.85 Mb.
bet128/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

П .1. Narxning mohiyati va funksiyalari
Bozorda tovar va xizmat xarid etilgan chog‘da bunga qancha pul to‘lash kerakligini narx belgilaydi. Narx arzon bo‘lsa pul kamroq toianadi, narx qimmat bo'lsa pul ko‘p to'lanadi. Narx bozordagi oldi-sotdi aloqalarini ta’minlaydi, Xo‘sh, narxning o‘zi nima?
Narx bozor aloqalarining asosiy iqtisodiy vositasi bo‘lib, tovar va xizmat birligini sotib olish uchun to‘lanadigan pul miqdorini bildiradi.
Tovarni puli bor sotib oladi. Uning qancha tovar sotib olishi mumkinligini, ya’ni uning xarid qurbini birinchidan tovar narxi belgilasa, ikkinchidan, lining pulini miqdori belgilaydi. Tovarning qanday narxda oldi-sotdi qilinishi sotuvchi va xaridorning kelishuvi asosida belgilanadi. Sotuvchi bozorga o‘z narxini taklif qiladi, xaridorning ham o‘zi modjallagan narxi bor, bu uning yonidagi puliga bog‘liq. Sotuvchi va xaridor narxi bir-biriga mos tushganda bozor narxi paydo bo‘ladi va shu narx bilan tovar sotiladi. Sotuvchi o‘z narxini foydani ko‘proq olish uchun belgilaydi. Xaridor narxi esa uning qo'lidagi pulga sifatliroq va ko‘proq tovar olishga qaratiladi. Savdolashuv asosida har ikki tomonga ma’qul narx paydo bo‘ladi. Buni anglash uchun go‘sht bozorini ko‘z oldimizga keltiramiz. Bozorga xaridor 42000 so‘m pul bilan go‘sht olish uchun keladi. Sotuvchi unga mol go‘shtini 23000 so‘mdan taklif etadi, xaridor go^shtning narxini 20000 so‘mga tushiradi. Sotuvchi bunga ko‘n-maydi, chunki zarar ko^rishi mumkin. Sotuvchi biroz qo‘shmg, dey-di. Shunda xaridor 21000 so‘mni taklif etadi. Shunda sotuvchi rozi bo'ladi. Xaridor puliga 2,0 kg go‘sht oladi. Bordi-yu bozorda savdo­ lashuv bo‘lmasa xaridor go‘shtni sotuvchi aytgan 23000 so‘mdan oladi, mo‘ljallangan 42000 so‘m puli go‘shtga yetmaydi, unga yana 4000 so‘m kerak. Shunday qilib go‘sht bozorida 1 kg go^shtga qancha pul to‘lash kerakligi aniq boladi. Bu go‘shtning bozor narxidir. Bozor tizimidagi barcha iqtisodiy aloqalar narx vositasida amalga oshganidan u bozor xo‘jaligining amal qilishida asosiy rol o‘ynaydi. Narx iqtisodiyotda quyidagi funksiyalarni bajaradi:

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling