Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Raqobatlashuvchi firmalar safming kengayishiga sharoit yaratiladi
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
1. Raqobatlashuvchi firmalar safming kengayishiga sharoit yaratiladi. Davlat turli bozorlarga yangi firmalaming kirib kelishiga sharoit yaratib beradi, barcha firmalaming iqtisodiy mustaqilligini qonun yo‘li bilan kafolatlaydi.
2, Antimonopol (monopoliyaga qarshi) siyosat yurgiziladi. Davlat antimonopol chora-tadbirlami qo'llaydi. Davlat yangi firma-larni ochilish va yopilish tartiblarini soddalashtiradi, ularni ro‘yxatga olishni arzonlashtiradi, ularni korrupsiyadan (poraxo‘rlikdan) himoya qiladi, hamma raqobatchilar uchun bir xil soliqlar o‘rnatadi, bir xil ishlash tartibini joriy etadi, savdo-sotiq shoxobchalarini bir-biriga yaqin yerda joylashtiradi. Masai an, Italiyada raqobatga sharoit yaratish uchun bir xil turdosh yoki o'rindosh tovar sotuvchi magazinlar va do'konlar bir-biridan 400 metrdan oshiq bo‘lmagan yerda joylashtiriladi, toki ular xaridor puli uchun yaqin turib kurasha olishlari kerak. Davlat o‘z korxonalarini xususiylashtirish yo‘li bilan raqobatchilar safini kengaytiradi. И .Каримов. Узбекистон XXI асрга ннтилмокда. Т.: «Узбекистои», 1999. 34-бет. 2 0 6
Davlatning antimonopol siyosati, birinchidan, yangi mono-poliyalarning hosil bo‘lishi oldini olishga va ikkinchidan, mavjud monopoJiyalarni jilovlab turishga qaratiladi. Monopoliyani hosil qilishga yo‘l bermaslik uchun yirik kompaniyalaming birlashib ke-tishiga raxsat berilmaydi. Odatda, kompaniyalarga u yoki bu turdagi mahsulot ishlab chiqarishning 50 %dan ortig‘ini nazorat qilishga yo‘l berilmaydi. Shunday bolganda yirik kompaniyalar tarqatilib yuboriladi. Ularning o‘rniga boshqa firmalar kelib raqobatlasha boshlaydi. Bir kompaniya aksiyasini boshqasi tomonidan sotib olib uni qaram qilish ham chegaralanadi. Bir kompaniya boshqasining mulkini ma’lum qisminigina sotib olib uning sherigiga aylanishi mumkin. Sherikchilik hissasi boshqa korxonani nazorat qilish imko-nini bersa, bu man etiladi, Firmalarning narx belgilash sohasida til biriktirishlariga ham iloji boricha yo‘l berilmaydi. Firmalar til biriktirib, narx belgilangan taqdirda bu narx chegaralab qo‘yiladi, ya’ni uni belgilangan me’yor-dan oshirish mumkin bo‘lmaydi. Bu bilan monopol faoliyat chek-lanib, narx bilan raqobatlashuvga yo‘l beriladi. Monopol faoliyatni cheklovchi qonunlarni buzuvchilar jazolanadi. Masalan, 2003-yil mashhur «Microsoft» firmasi antimonopol qonunchilikni buzgani uchun 500 min dollar miqdorida jarima to'lagan. Bozor iqtisodiyoti allaqachon shakllanib bodgan mamlakatlarda raqobat muhiti qayta-qayta tiklanib tursa, bozor iqtisodiyotiga endigina o‘tayotgan mamlakatlarda uni yangidan yaratish kerak bo‘ladi va bu davlatning ishiga aylanadi. В uning uchun xususiy mulkchilikka \ tadbirkorlikka qonun yo‘li bilan ruxsat beriladi, tadbirkorlik har taraflama qo‘llab-quwatlanadi, bozor ishlariga xizmat qiluvchi infratuzilma yaratiladi. Raqobatlashuvchilar sonini orttirish uchun davlat mulki xususiy qilib sotiladi, kishilar o‘zi topgan pul hisobidan yangidan xususiy korxonalar ochishiga imkon beriladi. 0 ‘zbekistonda davlat korxonalari xususiy mulk sifatida sotildi, ular aksionerlar (hissadorlar) jamiyatlariga aylantirildi, yangidan xususiy korxonalar ochilishiga ruxsat berildi, fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. Buning natijasida raqobatchilar soni ko'paydi. Raqobatga yo‘l ochish uchun monopol davlat narxlaridan erkin bozor narxlariga o‘tildiki, bu narxdan raqobatlashuv vositasi sifatida foydalanishga imkon berdi. 207
0 ‘zbekistondagi antimonopol siyosat monopoliya mavqeyidagi korxonalar faoliyatini lartiblashga qaratildiki, buni Davlat anti monopol komiteti amalga oshiradi. Shu maqsadda monopol kor xonalar reyestri — ro‘yxati joriy etildi, bunga kiritilgan korxonalar o‘rnatadigan narx chegaralanadi, ularni monopol narx hisobidan olgan ustama foydasi davlatga o‘tkazib yuboriladi. Tarqatib yuborilishi ma’qul boimagan monopoliyalar ustidan davlat nazorati o‘rnatiladi. 0 ‘zbekistondagi raqobatchilik muhitini shakllantirish va uni kengaytirish chora-tadbirlari shundan kelib chiqdiki, raqobat muhiti bo‘lmasa «...samarali innovatsiyalar, past xarajatlar va narxlar, mahsulotning yuqori sifatiga erishish, boshqacha aytganda, butun iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish niunikin emas» (2 Xulosalar Raqobat iqtisodiyot subyektlari manfaati to‘qnashgan sha-roitda ular 0‘rtasida yuz beradigan kurashdir. Bu kurash raqobat qonuniga ko‘ra muqarrar bo‘ladi, bozorga xos usullarda yuz beradi, iqtisodiyot subyektlarining saylanib olinishini keltirib chiqaradi. Raqobatlashuv usullari narxni o‘zgartirish, tovar sifatini oshirish, servisni yaxshilash va reklamani 0‘tkazishdan iborat. Raqobat maydoni bozor, biroq turli bozorlarda raqobat ishti-rokchilari har xil bo‘ladi, ulaming raqobatdan ko‘zlagan maqsadi ham turlichadir. Bir bozorda ishlab chiqaruvchilar-sotuvchilar kurashsa, boshqa bozorda iste’molchilar bellashadi, yana boshqa yerda ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar raqobatlashadi. Erkin bozorda mukammal raqobat yuz beradi, bu sof raqobat hisoblanadi, chunki raqobat hech bir cheklanmagan boiadi, unda ko‘pchilik ishtirok etadi, ularning raqobati narx vositasida boMadi. Erkin bozorda uning hech bir ishtirokchisi narxga ta’sir eta olmaganidan uni borligicha qabul qilib, shunga ko‘ra ish tutadi. Bu yerda narx marjinal xarajatlarga yaqin turadi, biroq kurash jarayo-nida u o‘zgartiriladi. Erkin bozor ochiq bolganidan bu yerga kirib kelish va undan chiqib ketish miimkin, shu sababli raqobat so‘nmaydi. Biroq foyda topilgandagina bu bozorga kiriladi, zarar ko‘rilganda undan chiqiladi. Mukammal raqobat ham ishlab Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling