Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet158/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

(W„.-Hi)

1

100

100

10000

5000

5000

2

180

80

8000

5000

3000

3

240

60

6000

5000

1000

4

280

40

4000

5000

-1000

5

300

20

2000

5000

-3000

Demak, foyda topish uchun muayyan ish haqi saqlanib qol-ganda shunday miqdorda terimchilarni ishga olish zarur ekanki, ularning maijinal mahsuloti qiymati (Wm) ish haqidan (Hj) ko‘p bo‘lishi kerak, ya’ni Wm >Hj. Agar bunday miqdoriy nisbat bo‘lmasa ishga yollash tadbirkor uchun behuda bo‘lib chiqadi. Firma qo‘-shimcha ish kuchini jalb etishdan oldin bu nima berishini nazarda tutadi. Buni bilish uchun maijinal mahsulot qiymati (narxi), meh-natning narxi (ish haqi) bilan taqqoslanishi kerak. Maijinal mahsulot qiymati shu mahsulot miqdorining (Qmah) mahsulot birligi narxiga (P) ko‘paytmasi bo‘ladi. Shu qiymat ish haqi bilan solish-tirilganda mehnat firmaga nima bergani ma’lum bo'ladi. Bizning misolimizda so‘nggi ikki terimchi fermerga foyda o‘rniga zarar bergan.


Demak, ularni ishga olish o‘rinsiz bo'lgan. Yuqoridagi jadvalga tayanib qo‘shimcha terimchilar bergan mahsulot egri chizig‘ini chizmaga ko‘chirsak, u quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi (13.1-rasm).
Chizmadagi CD chizig‘i maijinal mahsulotni, AB chizig‘i ish haqini bildiradi. Chizmaga ko‘ra, CD marjinal mahsulot chizigi quyiga qarab qiyalangan. Chunk! u pasayishga moyil bo‘lgan. Lekin


  1. nuqtada u ish haqi chizig‘i bilan kesishgan. Demak, shunga qadar nechta ishlovchi bo‘lsa, ularni ishlatish qulay boigan. KD oralighda ishga jalb qilinganlar keragi boMmagan xodimlar hisoblanadi.

Har qanday firmaning maqsadi foydani maksimumlashtirish. Biz bilamizki, bunga erishish uchun tovarning bozor narxi uning


215


ishlab chiqarishdagi marginal xarajatlariga teng bo'lishi kerak. Yana shuni bilamizki, shunday bo'lganda narx bilan o'rtacha xara-jatlar 0 ‘rtasidagi farq eng katta bo‘ladi. Shu sababli tovarlar sotil-ganda eng ko‘p foyda ko‘riladi.

Shunga ko‘ra firma mehnat bergan marginal mahsulot qiy-mati ish haqi bilan tenglashguncha xodimlarni ishga oladi. Firma foydani ko‘p olishi uchun shunday ishlab chiqarish hajmini tan-lashi kerakki, bunda marginal xarajatlar narxga teng bo‘lishi ke­ rak. Shunday hajmga erishish uchun marginal mahsulot qiymati ish haqiga yaqin turishi zarur bo‘ladi.


Marginal mahsulot qiymati ish haqidan past bolgan sharoitda mehnatga talab qisqaradi. Xullas, foyda topish nuqtayi nazaridan qaralganda uni maksimumlashtirish uchun faqat ma’Ium miqdorda ish kuchi talab qilinadi, mehnatning bundan ortiqcha taklifini bo-zor qabul qilmaydi, natijada shu mehnat sohiblari ishsiz qoladilar.
Har qanday bozorda boMgani kabi mehnat bozorida ham talab va taklif to‘qnashadi. Talab va taklif qonuniga ko‘ra mehnat bo-zoridagi talab va taklif tenglashgan holda mehnatning muvozanatli narxi yuzaga keladi. Bu, muvozanatli ish haqidir. Bu ish haqi mar­ ginal mahsulot qiymatiga yaqin bo‘ladi.

Iqtisodiyotda shunday qoida mayjudki, mehnatga talab va uning taklifi nisbati o‘zgarishiga qarab muvozanatli ish haqi ham o‘zgaradi. Har xil muvozanat holatiga har xil ish haqi to‘g‘ri keladi.


Mehnatga talab va mehnat taklifi tenglashgan chog'da muvo­ zanatli bandlik paydo bo‘ladi, bu ish kuchi me’yorida, ya’ni ke-rakJigicha ishga jalb etilganligini bildiradi. Mehnat bozoridagi mu-vozanatni tushunish uchun chizmani tahlil etamiz (13.2-rasm).

216

Mehnatga talab (Q)
13.2-ra sm . M ehnat bozoridagi muvozanat
Chizmaga ko'ra, AB talab chizig‘i CD taklif chizig‘i bilan M nuqtada kesishgan, ya’ni muvozanat hosil qilgan. Bunga sa-bab shuki, 500 birlik ish haqi bolganda 10 birlik mehnatni jalb etish ma’qui bo‘lgan. Mana shu 10 birlik mehnatning jalb etilishi muvozanatli bandlikni tashkil etadi. Bandlik shundan oshsa foyda qisqaradi, shuning iichun ham qo'shimcha ishchilar ishga yollan-maydi. Aytilgaii muvozanat abadiy emas, mehnatga talab qisqar-sa yoki uning taklifi ko‘payib ketsa, boshqacha muvozanat paydo bo‘ladi. Aytaylik hamma ishlayman deganlar ishga joylasha olma-di. darning bir qismi ishsiz qolib, mehnat bozoriga o‘z mehnatini taklif etadi. Bularning safiga yoshlar kelib qo‘shiladi, natijada tak­ lif ko‘payib ketadi.
Agar muvozanat holatida, T(,=Tf bo‘lsa, ish qidirganlar ko‘pay-gach, TbTb hosil boMadi. Bozor qoidasiga binoan tak­ lif talabdan ortib ketganda narx tushadi. Bas shunday ekan, meh­ nat bozorida taklifning ko‘pligi mehnat narxi (ish haqijni pasay-tiradi. Ish haqi pasaygani uchun mehnatning marginal mahsulo-ti undan yuqorilashadi. Natijada, qo‘shimcha mehnatni jalb etish qulay bo‘ladi. Biz yuqoridagi terimchilar misolini eslasak, ish haqi 5000 boMganda 3 tadan ortiq terimchini olish mumkin bo‘lmagan. Endi ish haqi 3000 bo‘ldi. Ilgarigi 3 ta terimchini olishga ketgan 15000 ish haqiga 5 ta terimchini olsa boMadi (15000/3000=5). Bi-roq, faqat to‘rtinchi terimchining marginal mahsuloti ish haqidan

217


ortiq bo‘ladi (4000>3000). Beshinchi terimchining marginal mah-suloti ish haqidan oz (2000<3000), uni ishga olish foyda bermay-di. Demak, ish haqi kamaygan sharoitda ham foyda olish maqsa-di mehnat miqdorini cheklab turadi. Bizning misolimizda ish haqi 1900 ga tushgandagina beshinchi terimchini ishga olish mumkin (chunk! 2000> 1900). Taklifning ortishi ish haqini pasaytirist. hi-sobidan bandlikru oshiradi. Buni grafikdan ham ko‘rsak bo'ladi (13.3-rasm).


Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling