13.2-jadval
Miehnat unumdorligi va ish haqining o‘zaro bogMiqligi
|
Oldingi ish haqi
|
So‘nggi ish haqi
|
Ko‘rsatkichlar
|
1 %da
|
pul birligida %da
|
|
ligida ;
|
Bir kunlik ish haqi
Bir ish kunida yaratilgan mahsulot miqdori, dona
Bir dona mahsulotga hisoblangan ish haqi
120,0 100 150,0 125,0
10,0 100 15,0 150,0
12,0 100 10,0 83,3
Jadvaldan ma’lumki, bir kunlik ish haqi 25 % oshgani holda, mehnat unumdorligi 50 % oshgan. Buning natijasida mahsulot birligi uchun ketgan ish haqi sarfi 16,7 % (100-83,3=16,7) qis-
qargan. Bu foydani ko'paytiradi. Shu sababli ish haqi oshgan sha-roitda ham mehnatga talab ortadi.
Mehnatga talabni ish haqidan tashqari, qo‘l mehnatining texnika bilan almashtirilishi, iqtisodiyotniiig umumiy holati, ishlab chiqarishdagi mavsumiy o ‘zgarishlar ham belgilaydi. Yoz mav-sumida qurilish, qishloq xo‘jaligi, dam olish, sayyohlik sohalarida mehnatga talab oshadi, chunki mehnat yaratgan tovar va xizmat-larning bozori chaqqon bo‘ladi. Shunday sohalar borki, ularga maxsus mehnat talab qilinadi. San’at, adabiyot, shou-biznes va fan sohasida alohida iste’dod sohiblarining mehnati talab qilinadi. Og‘ir jismoniy mehnat uchun jismonan baquvvat kishilar talab qilinadi. Shu bois, biz gazetalarda «Firmaga yosh, jismonan baquvvat ish-chilar kerak. Ish haqi 850 ming so‘mdan boshlab beriladi» degan e’lonni 0 ‘qiymiz.
Mehnatning taklifiga aholining o'sishi ham ta’sir etadi. Aholi tez o‘sgan yerda mehnat taklifi ham Jadal ko‘payadi. Bu ayniqsa yosh, rivojlanib borayotgan mamlakatlarga xos bo‘ladi. Mehnat taklifiga ish kuchi sohibining tanlovi va nimani afzal ko'rishi ham ta’sir etadi. Kishilar o‘z mehnatini bozorga taklif etganda faqat ish haqi emas, balki ishning qiziqarli va imidjli boMishi, ishdan obro‘ topish va quyi mansabdan yuqori mansabga chiqish imkoni, mehnat sharoitining xavfsizligi kabilarni ham hisobga olishadi.
Ish haqining o‘zgarishi mehnat taklifini elastik qilsa, boshqa shart-sharoitlar buni noelastik qilishi mumkin. Masalan, ish haqi ning yuqori boMishi mehnat taklifini elastik qiladi, biroq ish sha roitining hayot uchun xavfli boriishi uni noelastik qiladi, ya’ni ish haqi yuqori bo’lishiga qaramay, kishilar o‘z mehnatini kam taklif etadilar. Mehnat taklifiga ta’sir etuvchi Jamiki omillar mehnat motivatsiyasini hosil qiladi. Motivatsiya mehnat qilishga intilish, Linga qiziqishdir. Motivatsiya mehnat stimulini yuzaga chiqaradi. Stimul birinchidan iqtisodiy boMsa, ya’ni yaxshi ishlanganda yaxshi pul topilsa, ikkinchidan ijtimoiy bo'ladi. Bunda mehnat qiluv-chining o‘z ishidan qanday mavqe topishi muhim bo'ladi. Mehnat stimullari ish beruvchilar tomonida yotadi. Ular yetarli boMganda mehnat taklifi ortib boradi, uning unumdorligi ham oshib bo rad i.
13.4. Bamilik
Mehnatga bozor talabi uning taklifi orqali qondiriladi. Bunda ish qidirganJar ishga joylashib mehnat qilish bilan band bo'ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |