Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet161/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Bandfik mehnat qobifiyatiga ega bo‘Igan va mehnat qilishga ish-tiyoqi bor kishilami ishga joylashib foydali mehnat bilan mashg‘ul boiishlaridir.

220


Band bo‘lish tovar va xizinatlar yaratish orqali daromad topish vositasidir. Bandlik miqdoran qancha vaqt ish bilan mashg'ul bo‘lishni bildiradi. Sifat jihatidan esa bu ishlagan vaqtda qanday miqdorda tovar va xizmatlar yaratilishi, ular qanchadan sotilishi, natijada necha pullik daromad olinishini bildiradi. Miqdor jihatidan toMa va to ia boUmagan bandlik mavjud. To'la bandlik belgilangan ish kuni, haftasi yoki ish oyi davomida har doim ish bilan mashg‘ul bolishni bildiradi. Agar ish kuni 7 soat, ish haftasi besh kun bo‘lsa, bir oyda 22 ish kuni bo‘lsa, Jami 154 soat (7x22=154) ishlanganda va shunga tegishli haq olinganda to‘la bandlik mavjud bo‘Iadi. Bordi-yu kuniga 5 soat, haftasiga 4 kun, bir oyda 80 soat ishlansa, to‘la boMmagan bandlik kelib chiqadi.
Sifat jihatidan oqilona va nooqilona bandlik mavjud boMadi. Oqilona bandlik bu yuksak mehnat unumdorligi va shunga binoan yuqori daromad keltiradigan va ishlovchining mehnatdan qoniqi-shini ta’minlovchi bandlik bo‘ladi. Oqilona bandlik yuksak texno-logiyaga tayangan ish joyida bo‘ladi. Nooqilona bandlik mehnat unumdorligi past, ish haqi kam va ishlovchi o‘z mehnatidan qo-niqmaydigan ish joyidagi bandlikdir. Nooqilona bandlik bor yerda texnologiya yuqori bo‘lmaydi, malakasi va ish tajribasi kam kishi-larning mehnati talab qilinadi. Oqilona bandlikka misol qilib pro-grammistning bandligini olish mumkin. U zamonaviy kompyu-terlarda ishlaydi, uning mehnati maxsus iste'dod va tayyorgarlik talab qiladi, uning ish haqi boshqalarnikidan ancha yuqori bo'ladi. Nooqilona bandlikka misol qilib qisbloq xo‘jaligidagi terimchi bandligini olish mumkin. Terimchi qo‘l mehnati bilan band, undan aql-zakovat va maxsus tayyorgarlik talab qilinmaydi, bu ish hamma-ning qoiidan keladi, uning oladigan ish haqi programmistnikidan ancha kam boiadi.
Bandlik uning mehnat qiluvchi uchun ahamiyatiga qarab bir-lamchi va ikkilamchi bandlikka bo‘linadi. Birlamchi bandlik bu aso-siy ish bilan, ya’ni daromadning asosiy qismini beruvchi ish bilan band bo‘lishdir. Ikkilamchi bandlik qo‘shimcha ish bilan, ya’ni qo'shimcha daromad beruvchi ish bilan band bo‘lishdir. Ko'pchilik ishlovchilar birlamchi bandlikka moyil bo‘ladilar. Birlamchi bandlik keltirgan daromad ishlovchini qoniqtirmaganda, u ikkilamchi band­ likka qo‘l uradi. Ikkilamchi bandlik o‘rindoshlik asosida ishlash shaklida boiadi. Masalan, muxandis oyiga 800 ming so‘m ish haqi oladi. Bu uning oilasiga yetmaydi. Shu sababli u yana 500 minglik ish topib, ishdan so‘ng yoki dam olish kunlari o'rindoshlik mehnati bilan band boiadi. Mehnat bozoridagi holatni faqat ish haqi miqdori

221


emas, balki bandlik darajasi ham ifoda etadi. Bu daraja taklif etilgan mehnatning qanchasi sotilganini bildiradi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling