Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet207/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Moliyaviy xavfsizlik iqtisodiy xavfsizlikning muhim tomonidir. Moliyaviy xavfsizlik ta’minlangan yerda moliyaviy barqarorlik hukm suradi. Shunday boiganda iqtisodiyotning real sektori bilan moliyaviy sektorlari bir-biriga mos ravishda faoliyat yuritadi.
Moliyaviy xavfsizlik iqtisodiyotning idiki va tashqi subyektlari o‘rtasidagi pul oqimini barqaror borishi uchun sharoit hozirligini bildiradi.
Xavfsizlik bu davlat budjeti defitsitsiz bo‘lishi, defitsit yuzaga kelganda uni kichik boiishi, milliy pul qadr —qiymatini barqaror bolishi, banJdar kapitalining yetarli boiishi, mamlakatdagi oltin-valuta zaxiralarini (buni xalqaro zaxiralar, deb ham yuritishadi) yetarli boiishi moliya bozorini bir maromda ishlab turishini bildiradi.
Pul oqimi bu iqtisodiyot uchun ozuqadir, uni to'xtovsiz borishi iqtisodiy o'sishning muhim sharti hisoblanadi, chunk! busiz tovar va xizmatlarni o‘z vaqtida ayriboshlanishi yuz bermaydi. Monetar xavfsizlik, ya’ni pul muomalasining xavfsizligi alohida o‘rin tutadi. Bu muomaladagi pul miqdorini iqtisodiyot koiamiga mos boiishini talab qiladi, chunki pul yetishmay qolsa iqtisodiy oborot sustlashadi. Bordiyu pul ko'payib ketsa inflatsiya xavfi tugiladi. Shu sababli iqtisodiyotni monetizatsiya (pul bilan ta’minlanish' darajasi yetarli bo'lishi talab qilinadi, shunga qarab pul miqdori ko'paytiriladi yoki kamaytiriladi, Milliy valuta (pul) mamlakat doirasidagi yagona to'Iov vositasi boMadi, chetdan keladigan moliyaviy tajovuz yo'lini to'suvchi chegara yaratadi, chunki o‘zga pul mamlakat ichki bozorida o'tmaydi. Shu sababli milliy pulni mustahkamlash xavf-sizlikka xizmat qiladi. Umumiy pul bor joyda (masalan, yevro-zonada) milliy xavfsizlikka erishish uchun umumiy pul — yevroni mustahkamlash kerak bo'ladi, chunki bu pul nafaqat umumiy bo-zorda, balki milliy bozorda ham yagona to'lov vositasi funksiyasini bajaradi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling