Oliyvao rtamaxsus ta’lim vazirlich karimjon Rahimqulov
Download 3.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy harakatli o\'yinlar. Rahumqulov K
15. 0 ‘yinboshini tanlash
Ko'pchilik o‘yinlarda o‘yinboshining boMishi talab qilinadi. 0 ‘yinboshining vazifasini bajaruvchi bo‘lish o‘yinchilarga kattagina tarbiyaviy jihatdan ta’sir etadi. Shuning uchun bu rolda, iloji boricha, ko‘p miqdordagi o'yinchilar qatnashsalar, maqsadga muvofiq bo'ladi. O'yinboshi har xil usullar bilan tayinianishi mumkin. 0 ‘qituvchi o‘yinboshini o‘yinda tutgan o ‘rnini hisobga olgan holda tayinlaydi. Bu usulning afzalligi shundaki, o‘yinboshilikka, odatda, ko'proq munosibo‘yinchilarsaylanishi mumkin, buusul vaqt bo‘yicha tez hisoblanadi (bu dars uchun juda muhim). Bu usulning salbiy tomoni esa shundaki, bolalar o'yinboshini saylashda qatnashmaydilar, bunday holatda ulaming tashabbusi bosib qo‘yi- ladi. Odatda, bolalar hali bir-birlari bilan tanishishga ulgurmaganda, birinchi marta o‘ynash uchun to‘planganda, shuningdek, vaqt kam qolganda yoki oldindan belgilab qo‘yilgan o‘yin qatnashchisini tarbiyalash maqsadida o‘qituvchi o'yinboshini tayinlashi kerak. 0 ‘qituvchi o‘yinboshini tayinlashda uni nima uchun tayinlayotgan- ligini asoslab berishi kerak, chunki ayrim ishtirokchilaming bu haqda noto£g‘ri o‘ylashlariga sabab qoldirmaslik kerak. 0 ‘yinboshini qur’a tashlash bilan ham tayinlash mumkin. Qur’a tashlashni sanash yo‘li bilan o‘tkazish mumkin. Bolalar 62 doiraga turadilar va birorta sanashni boshlaydilar, har bir so‘z talaffiiz qilinganda navbat bilan o‘yinchilar ko'rsatiladi. Oxiip sanoq kimga kelib to'xtasa, o‘sha o‘yinboshi bo'ladi, yoki uning teskarisi, o'yinchi doiradan chiqib ketadi va yana sanash boshlanadi hamda bu jarayon bitta o'yinchi qolguncha davom etadi, oxirida qolgan o’yinchi o'yinboshi etib tayinlanadi. Sanash usuli vaqt bo'yicha nisbatan uzoq davom etadi, lekin bu usuldan darsdan tashqari o'tkaziladigan o'yinlarda tcz-tez foyda- laniladi. Ayrimholatda sanash usulini darsda ham qo'llash mum- kin, ayniqsa bolalar ko'proq yuklama olganda, ya’ni kuchli qo'zg'alish paydo bo'lgandan keyin ularni tinchlatish uchun qo'llaniladi. Sanash bilan matn ongli ravishda qoilanilsa, bolalar- ning nutqini rivojlantirishga yordam beradi. Koptok, tayoqcha, toshni uloqtirishni qur’a tashlash uchun qo'llash mumkin. Kimda-kim tayoqchani, toshni, koptokni uzoqqa uloqtirsa, o'sha o'yinboshi bo'ladi. Lekin bu usul juda ko'p vaqtni talab qiladi va buni darsdan tashqari vaqtda ochiq havodagi o'yinlarda ishlatgan maqbul. Qur’a tashlash yo'li bilan o'yinboshini saylash har doim ham yaxshi samara bermaydi. Lekin bu usulni bolalar o'zlari mustaqil ravishda o'yin o'ynayotganlarida tez-tez qo'llaydilar, chunki bu ular o'rtasida bahslami keltirib chiqarmaydi. O'yinboshini saylashning eng qulay usullaridan biri — bu ishtirokchilaming o'zlari uni tanlashlari hisoblanadi. Bu usulning pedagogik munosabatlaii juda ijobiy bo‘lib, bolalamingjamoatchilik xohishini namoyon etadi, natijada, odatda, eng munosib o'yinboshi tanlanadi. Biroq kam sondagi bolalar o'rtasida bu usulni qo'llash ancha qiyin, chunki o'yinboshi o'yinni bilish-bilmaslik, shaxsiy sifatlar bo'yicha emas, balki ko'proq guruhdagi kuchli ishtirokchilar bosimi ostida saylanishi mumkin. 63 Shuning uchun o£qituvchi bolalarga iloji boricha «Kim yaxshi yuguradi, kim aniq nishonga tegizadi» usulida nomzodlami tayin- lashni tavsiya qiladi. 0 ‘qituvchi o‘yinboshini tayinlashni bolalar o‘rtasida navbati bilan amalga oshiradi, chunki har bir o‘yin ishtirokchisi bu o‘rinda bo‘lib ko‘rsa, ular o‘yinda ma’lum darajada javobgarlikni his qila- dilar. Bu o'yin ishtirokchilarida uyushqoqlikni, tashabbuskorlikni tarbiyalashga va faollikni oshirishga yordam beradi. 0 ‘yinboshini tanlashda yuqorida ko‘rsatilgan usullarni peda- gogik vazifaning qo‘yilishiga qarab almashlab qo'llash kerak, chunki o‘qituvchi mashg‘ulotning sharoitiga va o'yinning xarakteriga, o‘yinchilaming soniga va ularning kayfiyatiga qarab o‘z oldiga vazifani qo'yadi. Download 3.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling