Olmaliq tuman "ibn sino" nomidagi jamoat salomatlik texnikumi


Download 83 Kb.
bet2/9
Sana08.01.2022
Hajmi83 Kb.
#251787
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ppsixotrop vositalar

1. NEYROLEPTIKLAR
Qimyoviy tuzilishiga ko‘ra bular 7 guruhga: 1. Fenotiazin (alifatik unumlar: aminazin, propazin, metirazin, frenolon, tioproperazin, ftorfenazin). Piperidin unumlari: tioridazin, ftorfenazin.

2. Rauvolfiya unumlari (VIII bobga qarang).

3. Butirofenon unumlari: galoperidol, trifluperidol, droperidol.

4. Indol unumlari: karbidin.

5. Tioksantin unumlari: xlorproteksin.

6. Bizepin unumlari: klozapin.

7. Benzamid unumlari; sulpiridlarga bo‘linadi.

Farmakodinamikasi. Neyroleptiklarning ta’sir mexanizmi asosida ularning limbik tizilmadagi dofamin qurilmalarini falajlashi yotadi.

Bosh miyaning oldingi qismidagi dofamin, adrenalin va serotoninga sezuvchan qurilmalarni falajlab, ular miyaning boshqa tizilmalariga impuls o‘tishini qiyinlashtiradi.

Neyroleptik moddalar kuchli antipsixoleptik ta’sir ko‘rsatib, o‘ziga xos tinchlantiruvchi va ataraktik (vazminlik, xotirjamlik) xossaga ega. Bu moddalar vahima, xavotirlikhissiyotini, emotsional zo‘riqish, tashvishlarni yo‘qotadi. Ular ashaddiy ruhiy kasalliklarda tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, shizofreniya, maniakal va paranoid sindromlarni yo‘qotadi.

Bundan tashqari, neyroleptiklar quyidagi farmakologik faolliklarga ega:

— tinchlantiruvchi, uyqu chaqiradigan, narkotik, nonarkotik va mahalliy og‘riq qoldiruvchi dorilar samaradorligini oshiradi. Miyaning to‘rtinchi qorinchasida joylashgan trigger zonasi impulslarini falajlab, qayt kilish va hiqichoq tutishini yo‘qotadi.

Tana temperaturasini pasaytiradi. Yurak qontomirlariga ta’sir qilib qon bosimini pasaytiradi, yurak urishlar sonini ko‘paytiradi; periferik qon tomirlari qarshiligini kamaytiradi, yurak ritmi buzilishlarini normallashtiradi, o‘pka qontomirlar tonusini pasaytiradi, oshqozon shirysi ishlab chiqarylyshiyy va 1pyra YySlotaliligini kamaytiradi. Yallirlanish mediatorlari gistamin, serotonin, bradikinin faolligini susaytirib yallig‘lanishga qarshi va antiekssudativ ta’sir ko‘rsatadi.

Buyraklar qon aylanishini kamaytiradi. Qonda qand miqdorini ko‘paytiradi. Og‘riq qoldiruvchi, silliq muskullar tonusini susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.

Neyroleptiklarning yuqorida sanab o‘tilgan farmakologik faollik darajasi va uning davomiyligi ularning miqdoriga va ishlatilish muddatiga bog‘liq.



Neyroleptiklarning asosiy faollik xususiyatlaridan biri, ularning tinchlantiruvchi (sedativ) faolligi quyidagi tartibda kamayib boradi (37jadval): xloprotikon = etapirazin>tizersin>triptazin = galoperidol>tioridazin>neuleptil = mapsetil>frenolon = meterazin.


Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling