Olmaliq tuman "ibn sino" nomidagi jamoat salomatlik texnikumi


TALVASAGA QARSHI DORI VOSITALARI


Download 83 Kb.
bet8/9
Sana08.01.2022
Hajmi83 Kb.
#251787
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ppsixotrop vositalar

2. TALVASAGA QARSHI DORI VOSITALARI

Ko‘pgina uyqu keltiruvchi moddalar (fenobarbital) talvasaga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.

Talvasaga qarshi dorilarni, ularning terapevtik maqsadlarda ishlatilishiga qarab, 2 guruhga bo‘lish rasm bo‘lgan:

1. Epilepsiyani davolash uchun ishlatiladigan moddalar.

2. Giperkinezlarga, xususan parkinson kasalligi va spastik holatlarga qarshi ishlatiladigan moddalar.

Epilepsiyaga qarshi dori vositalari

Epilepsiya (tutqanoq) — surunkali davom etuvchi, ko‘p sonli simptomlar yig‘indisi bo‘lib, vaqtivaqti bilan talvasa xurujlari bilan namoyon bo‘ladigan kasallik. Talvasa anomal neyronal razradlardan kelib chiQadigan miyaning disfunksiyasidan iborat. Talvasaga turli nevrologik kasalliklar, infeksiya, miya shishuvi va shikastlar sabab bo‘lishi mumkin.

Talvasaga qarshi Dorilar shunyygdek turly kasalliklar, masalan, meningit natijasida kuzatiladigan talvasani ham davolashda ishlatiladi. Talvasa xurujlari sababi turli zaharlanishlar yoki organizmda kuzatiladigan turli metabolitik buzilishlar bo‘lishi ham mumkin, bu holatlarda davolash talvasa sababchilarini (masalan, gipokaliyemiyani) bartaraf etishga qaratiladi.

Difenin (fenitoin). Farmakodinamikasi. Fenitoin miya to‘qimasidagi natriy, kaliy, kalsiy ionlari oqimiga, membrana potensiallariga, aminokislotalar miqdori va noradrenalin, atsetilxolin va GAMK neyromediatorlarvga ta’sir qiladi. Samarali miqdorlarda faolsizlangan natriy ionlari bilan bog‘lanadi va membranadan Na+ ionlari oqimini susaytiradi (Masdonald, 1989).

Uzaro ta’siri. Fenobarbital markaziy asab tizilmasini falajlovchilar ta’sirini kuchaytiradi (summatsiyalaydi). Fenobarbital va boshqa barbkturatlarning boshqa dorilar bilan o‘zaro ta’siri jigar induksiyasiga bog‘liq. Barbituratlar — dikumarol, difenin, digitalis preparatlari, grizeofulvin samaradorligini kamaytiradi (induksiya hisobiga).

Salbiy ta’sirlari. Fenobarbital va boshqa barbituratlarning salbiy ta’siri ruhiy buzilishlar, uyqu bosish, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, ko‘rishning buzi. lishi, ataksiya, nistagm ko‘rinishida yuz beradi.

Ba’zi bemorlarda terida turli ko‘rinishdagi toshmalar,tana haroratining ko‘tarilishi. Kam hollarda — gepatit belgilari, bo‘g‘imlarda og‘riq kuzatiladi.




Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling