Oltinchi guruh kationlarining analitik reaksiyalri


Kupron (1-benzoinoksim) bilan tomchi reaksiyasi


Download 162.41 Kb.
bet13/14
Sana22.10.2023
Hajmi162.41 Kb.
#1715228
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
OLTINCHI GURUH KATIONLARINING ANALITIK REAKSIYALRI

Kupron (1-benzoinoksim) bilan tomchi reaksiyasi Mis (II) tuzi kupron bilan paxtasimon yashil cho‘kma - ichki kompleks birikma hosil qiladi, u ammiakda erimaydi:
Ish tartibi Kulsizlantirilgan filtr qog‘ozga kapillyar yordamida bir tomchi mis (II) tuzi (kislotali sharoitda) eritmasi va tomchilab 1-benzoinoksim va ammiak eritmasidan tomiziladi. Yashil dog‘ hosil bo‘ladi. Agarda ammiak ta’siridan cho‘kma hosil qiladigan kationlar bo‘lsa, u holda avvalo kaliy-natriy tartrat eritmasi tomizib, keyin tekshiriluvchi eritma, oxirida ammiak eritmasi tomiziladi.
Alanga rangini bo‘yash (Belshteyn namunasi). Misning galogenli tuzlari gaz gorelkasida alanga rangini yaltillagan yashilga bo‘yaydi.
Ish tartibi Nixrom simni avval quyuq xlorid kislotaga tushirib, keyin misni quruq tuziga botirib, gaz gorelkasida yoqiladi. Alanga yashilga bo‘yaladi.
Cd2+ (…4p64d10) kationining analitik reaksiyalari Ishqoriy metallarning gidroksidlari va ammiak bilan reaksiyasi (guruh reagenti ta’siriga qarang). Sulfidli suv bilan reaksiyasi Kadmiy kationi kislotali sharoitda sulfidli suv bilan sariq rangli cho‘kma, kadmiy sulfidni hosil qiladi:Cd2+ + H2S = CdS (ch) + 2H+ pH<0,5 bo‘lganda Co2+ va Ni2+ kationlari xalaqit bermaydi. Hosil bo‘lgan cho‘kma natriy xloridning to‘yingan eritmasida eriydi: CdS + 4Cl- = [CdCl4]2- + S2-, 2H+ + S2-= H2S Bu reaksiyadan foydalanib, kadmiy kationini VI guruhdagi boshqa kationlaridan ajratishda foydalaniladi.
Ish tartibi Probirkaga 2-3 tomchi kadmiy nitrat eritmasidan pH=0,5 bo‘lgunicha (indikator qog‘oz bilan tekshirib turiladi) 1:3 sulfat kislota eritmasidan tomiziladi. 1-2 ml sulfidli suv qo‘shiladi. Och sariq cho‘kma hosil bo‘ladi. Cho‘kmani natriy xloridning to‘yingan eritmasi bilan qayta ishlanganda cho‘kma eriydi.
Hg2+ (…5d10) kationining analitik reaksiyalari Extiyot bo‘ling! Simob tuzlari zaxarli!Ishqoriy metallarning gidroksidlari (farmakopeya usuli) va ammiak bilan reaksiyasi (guruh reagenti ta’siri).Qalay (II) xlorid bilan reaksiyasi. Qalay (II) xlorid simob (II) kationlari bilan oq cho‘kma simob (I) xlorid –kalomelni hosil qiladi. Qalay (II) xlorid eritmasidan yana qo‘shsak, cho‘kma qorayadi, simob ajraladi:
2Hg2+ + [SnCl4]2- + 4Cl- = Hg2Cl2 (ch)+ [SnCl6]2-
Hg2Cl2 (ch)+ [SnCl4]2- = 2Hg (ch)+ [SnCl6]2-
Ish tartibi Probirkaga 2-3 tomchi simob (II) tuzi eritmasi va tomchilab qalay (II) xlorid eritmasidan qo‘shiladi. Avval oq cho‘kma, so‘ngra turishi natijasida qora cho‘kma hosil bo‘ladi.

Download 162.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling