Oltinchi guruh kationlarining analitik reaksiyalri


Download 162.41 Kb.
bet9/14
Sana22.10.2023
Hajmi162.41 Kb.
#1715228
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
OLTINCHI GURUH KATIONLARINING ANALITIK REAKSIYALRI

NH4+ ionlari borligini aniqlash. Tekshiriladigan eritmaning 2–3 tomchisiga ishqoriy muhit hosil bo‘lgunga qadar 2 N NaOH eritmasi qo‘shiladi. Eritma ishqoriy muhitga kelgach, yana 2 tomchi NaOH qo‘shilib, eritma yaxshilab aralashtiriladi. Cho‘kma hosil bo‘lsa, aralashma sentrafugalanadi. Co’kmaga tushgan gidroksidlar eritmadan ajratib olinadi. Sentrifugatdan 2 tomchi olib, unga 4–5 tomchi Nessler reaktivi qo‘shiladi. Qizil- qo‘ng‘irrangli cho‘kmaning hosil bo‘lishi tekshiriladigan obyektda NH4+ borligini ko’rsatadi.
Mn2+ ionlarini aniqlash. Tekshiriladigan eritmadan 1-2 tomchi olib, unga 1–2 tomchi konsentrlangan HNO3, 2 tomchi suv va NaBiO3 ning bir necha kristallchalarini qo‘shamiz, yaxshilab aralashtirgach, sentrifugalaymiz. Agar dastlabki eritma tarkibida Mn2+ ionlari bo‘lsa, ular kuchli oksidlovchilar – HNO3 va NaBiO3 ta’sirida oksidlanib MnO4 ionlarini hosil qiladi. Natijada sentrifugat binafsharangga kiradi. Agar tekshiriladigan eritma tarkibida temir tuzlari bo‘lsa, Fe3+ ionlarining sariq rangi eritmaga boshqacharoq tus berib, ular MnO4- ionlarini aniqlashga xalaqit beradi. Bunday paytda eritmaga 1–2 tomchi fosfat kislota eritmasidan qo‘shib Fe3+ ionlari FePO4 holida cho’kmaga tushirilishi lozim.
Ca2+ ionlarini aniqlash. Tekshiriladigan eritmaning 2 tom- chisiga 2 tomchi 4 N H2SO4 eritmasidan qo‘shib, cho‘kma eritmadan ajratiladi. Sentrifugatning 1 tomchisi predmet oynasi ustiga tomizilib, so‘ngra predmet oynasi ohista qizdiriladi va eritma bug‘latiladi. Hosil bo‘lgan kristallar mikroskopda kuzatiladi. Eritmada Ca2+ ionlari bo‘lsa, CaSO4·2H2O ning ignasimon kiristallari hosil bo’ladi.
Mg2+ ionlarini aniqlash. Tekshiriladigan eritmadan 3 tomchi olib, uning ustiga ishqoriy muhit hosil bo’lguncha tomchilatib 2 N NaOH eritmasi qo‘shiladi va yana 2–3 tomchi NaOH eritmasidan qo‘shgach, aralashma sentrifugalanadi. Cho‘kma eritmadan ajratib olingach, u 2–3 marta issiq suv bilan yuviladi. Yuvilgan cho‘kmaga 3 tomchi ammiak eritmasi, 1 tomchi 6 N NH4Cl eritmasi qo‘shib, yaxshilab aralashtirgach, sentrifugalanadi. Predmet oynasi ustiga 2 tomchi sentrafuga va uning yoniga 1 tomchi Na2HPO4 tomiziladi. Shisha tayoqcha yordamida bu eritmalar birlashtiriladi. Predmet oynasini alanga ustida ushlab, eritma ozroq bug‘latiladi va sovitiladi. Mg2+ ionlari ishtirokida magniyammoniy fosfat MgNH4PO4 ga xos kristallar hosil bo‘ladi.
Na+ ionlarini aniqlash. Òekshiriladigan eritmadan 5 tomchi olib, unga ishqoriy muhit hosil bo‘lgunga qadar K2CO3 eritmasidan tomchilatib qo‘shiladi. Ikkinchi analitik gruppa kationlarini ajratish va ularning analizi. Probirkaga 2 ml tekshiriladigan eritmadan olib, unga cho‘kma tushishi tugagunga qadar 6 N HCl eritmasi qo‘shiladi. Probirkadagi cho‘kmali eritma sentrifugalanadi va cho‘kma eritmadan ajratib olinadi. So‘ngra cho‘kma 6 N li HCl eritmasi bilan yuviladi va yuqorida yozilgan usul bilan analiz qilinadi.

Download 162.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling