Oltinchi guruh kationlarining analitik reaksiyalri


Kaliy yodid bilan reaksiyasi (farmakopeya usuli)


Download 162.41 Kb.
bet14/14
Sana22.10.2023
Hajmi162.41 Kb.
#1715228
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
OLTINCHI GURUH KATIONLARINING ANALITIK REAKSIYALRI

Kaliy yodid bilan reaksiyasi (farmakopeya usuli). Kaliya yodid simob (II) kationlari bilan qizil cho‘kma hosil qilib, ortiqcha reaktivda erib, rangsiz kompleks-ion hosil qiladi.
Hg2+ + 2J- = HgJ2(q)
HgJ2(q) + 2J- = [HgJ4]2-
Ish tartibi: Probirkaga 2-3 tomchi simob (II) tuzi eritmasidan va 1 tomchi 5% kaliy yodid tomiziladi. Qizil rangli cho‘kma hosil bo‘ladi. Cho‘kma ortiqcha qo‘shilgan reaktivda eriydi.
1-jadval



Reaktiv









Kationlar







Co+2

Ni2+

Cu2+

Cd2+

Hg2+

Ishqorlar ammiak

Co(OH)Cl
(ch) xavorang

Ni(OH)Cl
(ch) yashil

Cu(OH)Cl
(ch) havorang-yashil

Cd(OH)2
(ch) oq

HgO sariq
[OHg2NH2]NO3
HgNH2Cl (ch) oq

Ammiak ortiqcha

[Co(NH3)6]2+
Loyqa-sariq

[Ni(NH3)6]2+
Toq havorang

[Cu(NH3)4]2+
Yorqin ko’k

[Cd(NH3)4]2+
Rangsiz

[Hg(NH3)4]2+
Rangsiz

NaOH+H2O2

Co(OH)3 (ch) qora-jigarrang

Ni(OH)Cl (ch) och-yashil

Cu(OH)Cl (ch) xavorang-yashil

Cd(OH)2 (ch) oq

HgO (ch) sariq

Na2HPO4

CoHPO4 (ch) Co3(PO4)2 (ch) binafsha

NiHPO4 (ch) Ni3(PO4)2 (ch) yashil

CuHPO4 (ch) Cu3(PO4)2 (ch) xavorang

CdHPO4 (ch) Cd3(PO4)2 (ch) oq

HgHPO4 (ch) Hg3(PO4)2 (ch) oq

H2S
(NH4)2S

CoS (ch) qora

NiS (ch) qora

CuS (ch) qora

CdS (ch) sariq

HgS (ch) qora

Ditizon (Dz)

CoDz binafsha



NiDz binafsha

CuDz jigarrang

CdDz qizil

HgDz zarg’aldoq

Komplekslar

organic

erituvchilard

eriydi




Alanganing rangini bo’yash

Alangani rangini bo’yamaydi

Alangani rangini bo’yamaydi

Yaltillangan yashil

Alangani rangini bo’yamaydi

Alangani rangini bo’yamaydi

Ochish reaksiyalari

KNCS amil sprtda kok halqa

Dimetilgliok-sim bilan lolaqizg’aldoq

NH3, K4[Fe(CN)6] qo’ng;ir cho’kma

H2S sariq limon rangli cho’kma

Sn(II) +HCl oq cho’kma


XULOSA


Polyarografik usul yordamida bir analiz mobaynida bir necha ionni topish va aniqlash mumkin. Ushbu ishda kadmiy, rux, mis (II), nikel, qo'rg'oshin, simob (II) ionlari yoki ular ikki, uchtasining .ualashmasi analiz qilib ko'riladi. Analizni bajarish uchun kapillyar. Ion elektroliti, uning konsentratsiyasi, tomchining tomish tezligi, к uch la nishning am plitudasi, asbobning sezgirligi, diagram m a lasmasining harakatlanish tezligi va boshqa kattaliklar tanlanadi. Sifat analizi uchun tanlangan fon elektroliti muhitida ionlarning yarim to'lqin potensiallari aniq bo'lishi kerak. Agar tanlangan fon elektroliti uchun yarim to'lqin potensiallari m a ’lum otnom alarda bo'lmasa, ularni aniqlashga to'g'ri keladi. Shuning uchun aniqlanishi kerak bo'lgan moddalarning (kationlar) polyarogrammasi tuziladi va polyarogramma asosida yarim to'lqin potensiali baholanadi. Mazkur metodika go'sht, sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlaridagi og'ir metallarni aniqlash uchun ham qo'llanilishi mumkin. Buning uchun oziq-ovqat mahsuloti tarkibidagi og'ir metallar nitrat yoki sirka kislotaning konsentrlangan eritmasi bilan 24 soat mobaynida ishlanib, eritmaga o'tkazilishi va to'liq ajratib olinishi shart. Sifat analizi. Aralashmaning sifat tarkibini topish uchun uning polyarogrammasi tuziladi. Taqqoslash elektrodi sifatida to'yingan kalomel elektrodi qulay, biroq kumush xloridli elektrod ishlatish ham mumkin. Tuzilgan polyarogramma yordamida yarim to'lqin potensiali topiladi. Bu potensial berilgan fonga to'g'ri keladigan m a’lumotnomadagi qiymat bilan taqqoslanadi. Ishni bajarish tartibi. Polyarograf va uning datchigi asbobning yo'riqnomasida ko'rsatilgan tartibda ishga hozirlanadi. 100 ml hajmli darajalangan o'lchov kolbasiga tekshiriladigan ionlar aralashmasi solinadi, unga 20 tomchi 0,5 % li jelatina eritmasi tomiziladi, so'ngra eritma ammiakli bufer aralashma yordamida kolbaning belgisigacha snyultirilib tayyorlanadi. Tayyorlangan eritm adan quruq 307 clcktrolizyorga 30 ml solinib, undagi erigan kislorodni yo'qotish uchun eritmaga 0,5 g quruq natriy sulfit qo'shiladi. 5 daqiqadan so'ng elektrolitik bo'g'in kalomel yoki kumush xloridli elektrod bilan tutashtiriladi. Simob tomchisining tomish tezligi tanlanganidan so'ng (bu amal oldindan qilinib qo'yilgan bo'lishi kerak), bo'g'inga katod potensiali noldan boshlab beriladi. Bo'g'inga beriladigan potensialni ulash bilan bir vaqtda oldindan tayyorlab qo'yilgan KSP-4 yoki shunga mos potensiometrning diagramma tasmasini harakatlantiruvchi mexanizm ulanadi. Agar tekshiriladigan aralashmaga to'rtta ionni ham kiritgan bo'lsak, polyarogrammada shularga mos to'lqinlar paydo bo'ladi. Polyarogramma yordamida har bir ionning yarim to'lqin potensiali topiladi. Bu topilgan qiymatlarni quyidagilar bilan taqqoslang: kadmiy: £^,=0,81 V; nikel: E u = 1,09 V; rux: E ir= l,36 V. Miqdor analizi. M iqdor aniqlashlari uchun standartlar, qo'shimchalar yoki darajalash chizmasi usullaridan foydalanish mumkin. Agar sifat analizi uchun tuzilgan polyarogrammalardan foydalanishga to'g'ri kelsa, standartlar usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun har bir ionning kimyoviy toza birikm asidan standart eritma tayyorlanadi va shu standart eritmalarning polyarogrammalari tuzilib, ularning balandliklari aniqlanadi. So'ngra o'lchangan balandliklar asosida с h C* = h, ^ formula yordamida (bu yerda, с — aniqlanadigan va с — standart eritma konsentratsiyalari; h — aniqlanadigan va / ; — standart eritma polyarogrammalari balandliklari) har bir kationning konsentratsiyasi aniqlanadi. Miqdor analizida aniqlanadigan va standart eritmalar polyarogrammalari bir xil sharoitda tushirilishi kerakligiga alohida e’tibor beriladi. Darajalash chizmasi usuli k o 'p sonli analizlar uchun qo'llanilsa, maqsadga muvofiq, chunki darajalash chizmasi hosil qilish uchun bir necha konsentratsiyali standart eritmalar tayyorlanib, ularning polyarogrammalari olinadi, shu polyarogrammalar asosida darajalash chizmasi tuziladi. Bu esa talay vaqtni oladi. Ishni bajarish tartibi. Aralashma tarkibiga kirgan kationlarning aniq konsentratsiyali eritmalari (100 ml hajmda 1-5 mg bo'lgan) ularning kimyoviy toza nusxalaridan yuqoridagi tartibda 0,5 % jelatinadan 20 tomchi qo'shilgandan so'ng ammiakli bufer eritma bilan suyultirilib tayyorlanadi. Tayyorlangan eritmalardan quruq 308 rlcktmlilik bo'g'inga 20 ml solinib, unga 0,5 g natriy sulfit qo'shiladi \,i si daqiqadan so'ng tekshiriladigan eritmaning polyarogrammasi i iislurilish sharoitida standart eritmaning polyarogrammasi tuziladi. I’nlyarogrammalarning balandliklari o'lchanadi. Analiz natijalarini hisoblash. Kationlarning eritmadagi massalari quyidagi formula yordamida aniqlanadi: с h V. m = ' K (3.4) bu yerda, I — tekshiriladigan eritmaning umumiy hajmi, ml

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


  1. Fayzullayev O.,Turobov N., Ro’ziyev E. Va boshq. Analitik kimyo. Laboratoriya mashg’ulotlari. –Toshkent: Yangi asr avlodi. 2006.

  2. Fayzullayev O. Analitik kimyo asoslari. Toshkent: A.Qodiriy nashriyoti. 2006.

  3. K.R.Rasulov Analitik kimyo Toshkent: G`ofur Gulom nashriyoti. 2004.

  4. M.T.Gulamova, Sh.Q.Norov, N.T.Turabov. Analitik kimyo. Voris nashriyot. 2009

  5. M.Mirkamilova. Analitik kimyo. Toshkent O`zbekiston. 2001.

  6. V.P.Vasilev. Analitik kimyo, gravimertik va titrametrik analiz usullari. Toshkent O`zbekiston 1999

  7. Umumiy kimyoviy texnologiya. Ed. I. P. Muxlenova. Universitetlarning kimyo-texnologiya mutaxassisliklari uchun darslik. - M.: Oliy maktab.

  8. Umumiy kimyo asoslari, 3-v., B. V. Nekrasov. - M.: Kimyo, 1970.

  9. Umumiy kimyoviy texnologiya. Furmer I. E., Zaitsev V. N. - M .: Oliy maktab, 1978 yil. Rossiya Federatsiyasi Sog'liqni saqlash vazirligining 2003 yil 28 martdagi 126-sonli buyrug'i "Profilaktik maqsadlarda sut yoki unga tenglashtirilgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini ishlatish tavsiya etiladigan zararli ishlab chiqarish omillari ro'yxatini tasdiqlash to'g'risida".

Foydalanilgan internet saytlari:
https://docs.yandex.ru/
https://docviewer.yandex.ru/
https://library.samdu.uz/
https://jdpu.uz/wp-content/
http://lib.jizpi.uz/


Download 162.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling