Oltinchi guruh kationlarining analitik reaksiyalri


Download 162.41 Kb.
bet4/14
Sana22.10.2023
Hajmi162.41 Kb.
#1715228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
OLTINCHI GURUH KATIONLARINING ANALITIK REAKSIYALRI

Qalay (II) xlorid SnCl2 eritmadagi Hg2+ ionlarini suvda erimaydigan oq rangli simob (I) xlorid Hg2Cl2 (kalomel) gacha qaytaradi:
2HgCl2 + SnCl2 = Hg2Cl2+ SnCl4 2Hg2+ + Sn2+ + 2Cl = Hg2Cl2+ Sn4+
Agar reaktivdan ortiqcha miqdorda olinsa, oksidlanish- qaytarilish reaksiyasi oxirigacha sodir bo‘lib, eritmadagi Hg22+ ionlari, erkin metall holatigacha qaytariladi:
Hg2Cl2 + SnCl2 = 2Hg + SnCl4 Hg2Cl2 + Sn2+= 2Hg + Sn4+ + 2Cl
Reaksiyaning bajarilishi. Simob (II) tuzining 2 tomchi eritmasiga avval 1–2 tomchi qalay (II) xlorid eritmasi, keyin esa reaktivning ortiqcha miqdori qo‘shilib, Hg2Cl2 va Hg cho‘k- malarining hosil bo‘lishi kuzatiladi.
Ammiak eritmasi eritmadagi HgCl2 bilan reaksiyaga kirishib, simob amidoxloridning oq cho‘kmasini hosil qiladi:
HgCl2 + 2NH3 = HgNH2Cl + NH4Cl
Cho‘kma kislotalarda va mo‘l miqdordagi ammiakda eriydi:
HgNH2Cl + 2NH3 + NH4Cl = [Hg(NH3)4]Cl2
Reaksiyaning bajarilishi. Probirkaga 2 tomchi HgCl2 eritmasidan olib, uning ustiga 2 tomchi ammiak eritmasi qo‘shiladi. Cho‘kma tushishi va uning mo‘l miqdordagi reaktivda erishi kuzatiladi.

Cu2+ kationlarining reaksiyalari
O‘yuvchi ishqorlar eritmadagi Cu2+ ionlari bilan reaksiyaga kirishib, sovuqda Cu(OH)2 ning havorang cho‘kmasini hosil qiladi:
Cu2+ + 2OH- = Cu(OH)2
Hosil bo‘lgan Cu(OH)2 cho‘kmasi ammiakning konsentr- langan eritmalarida eriydi. Bunda mis (II) ning kompleks birikmasi hosil bo‘ladi:
Cu(OH)2 + 4NH4OH = [Cu(NH3)4](OH)2 + 4H2O

Download 162.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling