Oltinchi guruh kationlarining analitik reaksiyalri


Download 162.41 Kb.
bet5/14
Sana22.10.2023
Hajmi162.41 Kb.
#1715228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
OLTINCHI GURUH KATIONLARINING ANALITIK REAKSIYALRI

Reaksiyaning bajarilishi. Mis (II) tuzining 2 tomchi eritmasiga 2 tomchi ishqor eritmasi qo‘shiladi va cho‘kma tushishi kuzatiladi. Cho‘kmali eritma ustiga 2–3 tomchi novshadil spirti qo‘shilganda cho‘kma eriydi.
Mo‘l miqdordagi ammiakning suvdagi eritmasi mis (II) tuzlari bilan to‘q ko‘k rangli kompleks – mis ammiakatni hosil qiladi:
CuSO4 + 4NH3 = [Cu(NH3)4] SO4 Cu2+ + 4NH3= [Cu(NH3)4]2+
Reaksiya Cu2+ ionlarini aniqlash uchun o‘ziga xos reak- siyalardan biri bo‘lib, Cu2+ ionlarini aniqlashda ko‘p qo‘lla- niladi.
Reaksiyaning bajarilishi. Mis (II) tuzining 2 tomchisiga ortiqcha ammiak eritmasi qo‘shiladi va eritma rangining o‘zgarishi kuzatiladi.
Kaliy geksasianoferrat (II) K4[Fe(CN)6] (sariq qon tuzi) mis (II) tuzlarining neytral yoki kuchsiz kislotali eritmalaridan mis (II) geksasianoferrat (II) ning qizil-qo‘ng‘irrangli cho‘k- masini hosil qiladi:
2CuSO4 + K4[Fe(CN)6] = Cu2 [Fe(CN)6] + 2K2SO4
2Cu2+ + [Fe(CN)6]4 = Cu2[Fe(CN)6]
Cho‘kma suyultirilgan kislotalarda erimaydi, ammo ammiak eritmasida eriydi.
Reaksiyaning bajarilishi. Probirkaga 2 tomchi mis (II) tuzining eritmasidan olib, uning ustiga 2 tomchi sariq qon tuzi qo‘shiladi va qizil-qo‘ng‘irrangli cho‘kma hosil bo‘lishi kuzatiladi.
Vodorod sulfid H2S mis (II) tuzlarining eritmalaridan neytral yoki kuchsiz kislotali muhitda mis (II) sulfid CuS ning qora cho‘kmasini hosil qiladi:
CaSO4 + H2S = CuS + H2SO4 Cu2+ + H2S = CuS +2H+
Cho‘kma suyultirilgan nitrat kislotada qizdirilganda ham erimaydi.

Download 162.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling