Omuxta yemlar, ularning turlari va tayyorlash texnologiyasi
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Chorvachilikda ozuqa bazasi 88480
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vitaminlarning asosiy manbalari.
Vitamin B s – (foleev kislotasi) bu vitamin biotin va B 12 vitaminlari bilan birgalikda eritrotsit va leykotsit ishlab chiqarish uchun kerak. Etishmaganda qonning shakil;li elementlarining ytilishi kamayib anemiya paydo bo‘ladi. Bundan tashqari orqamiyaning shakllanishga salbiy tasir etadi. Vitamin C – (askorbin kislotasi) suvda eruvchi vitaminlar guruhiga kirib, moddalar almashinuvi jaraynida oksidlanish reaksiyalarida ishtirok etadi. Modda almashinuvida xo‘jayralarning nafas olishida ribosoma va mitoxondriya faoliyatida ishtirok etadi. Qishloq ho‘jalik hayvonlari organizmida vitamin A etishmaganda ham etarli darajada vitamin S sintez qilinmaydi. Issiq, yaxshi yoritilmagan va ventelyasiya yaxshi bo‘lmagan parrandachilik binolarda tuhum beruvchi tovuqlar ratsioniga qo‘shilsa yaxshi natija beradi, tuhum kobigi mustahkamlanadi. Bundan tashqari uning etishmovchiligi natijasida qishloq xo’jalik hayvonlari organizmida tsinga kassaligi yuzaga chiqadi (milklardan qon ketishi va tishlarning qimirlab qolishi, sinib emirilishi). Vitaminlarning asosiy manbalari. O‘simliklardan olinadigan ozuqalarning tarkibida vitamin A uchramaydi. Qisholoq ho‘jalik hayvonlarining A vitaminiga bo‘lgan ehtiyoji ko‘k ozuqalar tarkibida bo‘ladigan karotin hisobiga qondiriladi. Karotin A vitaminining provitamini (yo‘ldoshi) bo‘lib, hazm bo‘ligandan so‘ng ingichka ichaklardagi o‘tkazuvchi mexanizmlar yordamida qonga o‘tkazilib jigarda karotinazi fermenti tasirida A vitamini sintezlanadi. Sifatli tayyorlangan 1 kg beda pichaninning tarkibida 22 mg karotin bo‘ladi. Yoz davrida yaxshi yaylovda boqilgan sigir sutining 1 kg da 0,5-0,7 mg vitamin A, qishda esa 0,2-0,4mg bo‘ladi. A vitaminining asosiy tabiy manbalariga uvuz suti, sut, sari yog‘, tuhum sarig‘i, jigar kiradi. Yaxshi tayyorlangan silosda karotin saqlanadi, lekin o‘zining biologik aktivligini 2 marta susayadi. Don, somon, ildiz mevali va kartoshka kabi ozuqalarda deyarli bo‘lmaydi. Vitamin E ning 4 ta izomeri bor, shulardan tokoferol yuqori aktivlikga ega. Vitamin E mg da ifodalanadi, hayvonlar ratsionida uning etishmasligi kam uchraydi. Masalan: 1 kg ko‘k bedada 150 mg, beda pichanida 25 mg. Vitamin K ga bo‘lgan talab tabiiy ozuqalar hisobiga qondiriladi. Sanoatda K vitaminning o‘rnini bosuvchi K 3 -vikasol preparati ishlab chiqariladi. Vitamin K ko‘k ozuqalarda, pichanda ildiz mevaliklar bargida, soya donlarida ko‘p bo‘ladi. B guruh vitaminlari 1 kg ozuqaga nisbatan mg ifodalanadi. Asosan ko‘k ozuqalarda ko‘p bo‘ladi, ildiz va tuganak mevaliklarda kam. Ozuqa achitqalarida ko‘p bo‘ladi. Sanoatda ham ishlab chiqariladi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling