1 -topshiriq.
Ekranda gaplar va ularning ostiga chiziqlar beriladi. O‘quvchilar gaplarning ega, kesimini tagiga tegishli chizig‘ini qo‘yib topadilar.
O‘quvchliar gaplarning bosh bo‘laklarini belgilab, quyidagi savollarga javob beradilar:
‒ Berilgan gaplarda fikr kimlarga qaratilgan?
‒ Murojaatni bildirgan so‘z qaysi turkumga kiradi?
Javoblar umumlashtiriladi va qoida bilan tanishtiriladi.
Eslab qoling: So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni bildirgan so‘z undalma deyiladi. Og‘zaki nutqda undalma undash ohangi bilan aytiladi. Yozuvda undalmadan so‘ng ko‘pincha vergul qo‘yiladi, kuchli his-hayajon bilan aytilsa, undov belgisi qo‘yiladi.
Undalma gap bo‘lagi sanalmaydi.
Darslik bilan ishlash.
66-mashq. Ajratilgan so‘zlarni tushirib, gaplarni o‘qing. Ularning mazmunidagi farqni ayting.
Bolajon, sen doim suyuksan.
Bilib qo‘y: iqboli buyuksan!
Bolam, bobong yaratgan bog‘lar, bobong ekkan tut hozir ham yashnab turibdi.
Bobojon, laylaklar qishlog‘imizga yana qaytib kelarmikan?
Topshiriqni bajarib, o‘quvchilar qoidani
67-mashq. Mashq sharti bir o‘quvchiga o‘qitiladi. Matnni ichda o‘qib, undalmali gapni topish va daftarlarga ko‘chirib yozish vazifasi beriladi. Vazifani birinchi bajargan o‘quvchi undalmani doskaga yozib, tagiga chizadi, fikrning kimga qarata aytilganini izohlaydi, vergulning qo‘yilish sababini tushuntiradi. Undalma gapning qaysi o‘rinda kelgani so‘raladi. Bolaning onasiga qanday murojaat qilganinga o‘quvchilar diqqati qaratiladi.
III. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mustaqil ish. O‘quvchilarga oila yoki o‘rtoqlaridan biriga murojaat qilib, gap tuzish mustaqil ish qilib beriladi.
2 -topshiriq. Gaplar beriladi. Nuqtalar o‘rniga gaplar ostidagi undalmalarning mosini qo‘yishi lozim. Gaplar bittadan, qo‘yish uchun berilgan undalmalarning barchasi chiqadi.
|
— Darsda nimalar haqidagi bilimlarimizni yodga tushirdik?
— Bugungi mavzudan nimalarni bilib oldingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |