157
aro- orasida
oro-pardoz
283-mashq.
Qo’yilgan muammo: Quyosh quyidagi burjlarga
kirganda, tabiatda qanday o‘zgarishlar bo‘lishini ayting. Burj va
burch so‘zlariga izoh bering.
O‘z burjingizni aniqlang. Burchingiz haqida gapiring. GAPIRISH
ko’nikmasini rivojlantirish uchun tavsiya etiladi.
Quyoshning bir yillik harakati yo‘lida joylashgan
burjlar (o‘n ikki
yulduz turkumi)
284-mashq.
Qo’yilgan muammo: Azim – azm, borlik – borliq, yoq –
yog‘, zamin – zomin, urush – urish, xat – had, hol – xol, chakka – chekka
so‘zlari bildirgan ma’nolarni aniqlang, ular ishtirokida gaplar
tuzing va daftaringizga yozing. YOZISH ko’nikmasini rivojlantirish
uchun tavsiya etiladi.
Namuna: Iste’dodli o‘quvchilar ichida do‘stlarim borligidan
faxrlanaman.
Borliq sinoatlarga to‘la.
Yechim:
azim
ulug’, buyuk
azm
qat’iy qaror
borlik
mavjudlik
borliq
olam, dunyo
yoq
tomon, taraf
yog’
moy
zamin
yer,tuproq
zomin
ko’ngilsiz ishga sababchi, aybdor
urush
jang, to’qnashuv
urish
urmoq
xat
maktub
had
chegara;matematik atama
hol
ahvol; gap bo’lagi
xol
yuzdagi xol
chakka chakka suyagi
chekka chetki tomon
285-mashq.
Uyga vazifa. Kechqurun falakka bir lahza qarab
turing. Koinot haqidagi tasavvurlaringizni 10–12 gapdan iborat
matnda yoriting.
79-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilardagi so’zlarning shakl
va ma’no munosabatiga ko’ra turlari yuzasidan olgan bilimlarini matn
va lug’at bilan ishlash orqali mustahkamlash;
b) tarbiyaviy maqsad:o’quvchilarda matn va uning tahlili orqali
tadbirkorlik ko’nikmasini shakllantirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni
kundalik hayotda qo’llay olish qobiliyatini rivojlantirish.
Topshiriq.
Qo’yilgan muammo: Matn bilan tanishing. Unga
sarlavha toping. TINGLAB TUSHUNISH va GAPIRISH ko’nikmalarini
158
rivojlantiradi. Matn o’qituvchi tomonidan yoki audio shaklda o’qib
eshittiriladi. “Qayta hikoya” metodi tavsiya etiladi.
Ancha yillar avval katta
nufuzi – obro‘-e’tibori baland bir fabrikaning
direktori ikki xodimini Afrika bozorlarini o‘rganish uchun yubordi.
Birinchi xodim bu yer aholisini sinchiklab o‘rgandi va xo‘jayiniga axborot
berdi: “Bu yerdan bizga hech qanday foyda yo‘q, chunki
nufusi (aholisi)
Do'stlaringiz bilan baham: