156
eslab qolib, partadoshlariga yetkazadilar. ular esa doskaga shu so’zlarni
yozadilar.
Yechim:
Tut- meva, ushlamoq.
Tom-uyning qismi; to’la, butun; bo’lak, qism; tommoq.
Palla-
tarozining pallasi; yoz pallasi.
Rasm- surat; rasm-rusum.
280-mashq.
Uyga vazifa. To‘q, oq, o‘ra, bo‘lmoq, quymoqMatndagi
sinonim so‘zlarni toping va ko‘chirib yozing.
77-dars. NAZORAT ISHI
78-dars. PARONIMLAR
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarga paronimlar haqida
tushuncha berisl, to’g’ri talaffuz me’yorlarini o’rgatish;
b) tarbiyaviy maqsad: og’zaki va yozma nutqda so’zlardan tog’ri va
unumli foydalanish orqali ona tilimizga hurmat ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad: mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni
kundalik hayotda qo’llay olish qobiliyatini rivojlantirish.
281-mashq.
Qo’yilgan muammo: Dars va darz so‘zlarining
ma’nolarini bilasizmi? Ular bir-biriga nisbatan qanday so‘zlar
sanaladi? Ularni almashtirib qo‘llasangiz, noqulay vaziyatga tushib
qolmaysizmi? Masalan: Sinf oynasi dars ketdi – Darz o‘z vaqtida
boshlandi. GAPIRISH ko’nikmasini rivojlantirish uchun tavsiya
etiladi.
Talaffuzi va yozilishi
bir-biriga juda yaqin, lekin ma’nolari farqli
bo‘lgan so‘zlar
paronimlar deyiladi. Masalan:
yod – yot, bop – bob,
xalos – xolos kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: