Bu haqda fi kr bildiring va unda ilg‘or – qoloq, oldingi – hozirgi, tez
– sekin, o‘tmish – kelajak, salbiy – ijobiy kabi so‘zlardan foydalaning.
GAPIRISH ko’nikmasini rivojlantirish uchun tavsiya etiladi. “Qo’lni
qo’lga beraylik!” o’yinidan foydalanish tavsiya etiladi.
273-mashq.
Qo’yilgan muammo: Quyidagi maqollarni O‘QING
va davomida kelgan savollarga javoblar YOZING. GAPIRISH va
YOZISH ko’nikmasini rivojlantirish uchun tavsiya etiladi.
275-mashq.
Uyga vazifa. Darsdan olgan taassurotlaringiz asosida
“Barcha g‘oyalarning, kashfiyotlarning kaliti – kitobda” mavzusida fi
kringizni yozib keling.
76-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilardagi so’zlarning shakl
va ma’no munosabatiga ko’ra turlari yuzasidan olgan bilimlarini matn
va lug’at bilan ishlash orqali mustahkamlash;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni o’zlariga berilgan iqtidor va
iste’dod qirralaridan oqilona foydalanish hamda qobiliyatlarini yanada
rivojlantirishga undash; shukronalik hissida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad: mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni
kundalik hayotda qo’llay olish qobiliyatini rivojlantirish.
Topshiriq.
Qo’yilgan muammo: Masalni tinglang. Matn o’qituvchi
tomonidan yoki audio shaklda eshittirilishi tavsiya etiladi. TINGLAB
TUSHUNISH va GAPIRISH ko’nikmasini shakllantiradi. “Qayta
hikoya” metodidan foydalanish tavsiya etiladi. O’qituvchi tomonidan
o’qib, eshittirilgan matnni o’quvchilar talaffuz me’yorlariga amal
Do'stlaringiz bilan baham: |