Topshiriqni bajaring.
1. Olinma so‘zlar har doim ham o‘z ma’nosida qo‘llanadimi?
2. Yangi kirib kelayotgan so‘zlar izohi uchun lug‘at daftari
tutganmisiz?
294-mashq.
Qo’yilgan muammo: Matnni yozing. Olinma so‘zlar-
ning tagiga chizib, izohlang. YOZISH ko’nikmasini rivojlantirish
uchun tavsiya etiladi.
Yechim:
Odamlarning 10 foizi noyob talantga ega bo‘ladi. Ular intellektual
rivojlangan insonlar sanaladi. Ma’lumotlarga ko‘ra daholarning
aksariyati bolalik chog‘idayoq o‘z iste’dodlarini namoyon etishgan.
O‘ta talantli bolalarni vunderkind deyishadi. Masalan, Alisher Navoiy,
Imom al-Buxoriy, Motsartlar sakkiz yoshdayoq o‘z zakovatlari bilan
atrofidagilarni lol qoldirishgan.
Yechim:
“+” Texnologiyasini qo‘llash orqali bajarish mumkin
SO’ZLAR
Intellektual
darajasi rivojlanish
darajasidan ustun,
iste’dodi tan olingan
bolalar
Yuqori
darajali
tug’ma
qobiliyat;
iste’dod
Aql-idrok,
bilish, tushunish
1
talant
+
2
intellektual
+
3
vunderkind +
295-mashq.
Qo’yilgan muammo: Ikki guruhga bo‘lining.
Internetga oid yangi paydo bo‘lgan so‘zlardan “Kim ko‘p topadi?”
musobaqasini o‘tkazing. “Intervyu” metodidan foydalanish mumkin.
GAPIRISH ko’nikmasini rivojlantirish uchun tavsiya etiladi.
296-mashq.
Qo’yilgan muammo: Buyuklar ilm tufayli mash-
hur bo‘lishgan. Ilmning foydasi haqidagi maqollarni yozing, sinf-
doshlaringiz bilan fikrlashing. YOZISH va GAPIRISH ko’nikmasini
rivojlantirish uchun tavsiya etiladi.
1. Ilm – yorug‘lik, jaholat – zulmat. 2. Ilm o‘lch ovi – aql, zehn
o‘lchovi – naql. 3. Ilmi yo‘qning ko‘zi yumuq. 4. Ilm-u hikmat suvni
yondirar. 5. Ilmlining so‘zi – o‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |