165
bilan bo‘lgan jangidan olingan tasvirni kuzating. Sovut, dubulg‘a,
palaxmon, zirh, nayza, paykon, kamon, kabi so‘zlarning izohini topib
ular ishtirokida gaplar tuzing
83-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarning o’z va o’zlashgan
qatlam, tarixiy hamda yangi so’zlar mavzulari yuzasidan olgan
bilimlarini matn va lug’at bilan ishlash orqali mustahkamlash;;
b) tarbiyaviy maqsad: matnlarni oqib, tahlil qilish orqali
ajdodlarimizning iste’dodlari, ixtirochilik qobiliyatlari haqida tushuncha
berish hamda shunday ruhda tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad: mavjud bilim, ko’nikma va mala-
kalarni kundalik hayotda qo’llay olish qobiliyatini rivojlantirish
Topshiriq. Qo’yilgan muammo: Matnlarni diqqat bilan o‘qing.
O’QIB VA TINGLAB TUSHUNISH, GAPIRISH ko’nikmasini
rivojlantirish uchun tavsiya etiladi. Matn o’qituvchi tomonidan yoki
audio shaklda o’qib eshittiriladi. “Qayta hikoya” va “Tushunchalar
tahlili” metodlari taklif etiladi.
1. “Farhod va Shirin” dostonini o‘qisak, bugun tilimiz ancha kelishib
qolgan XX asr kashfi yotlaridan biri – robotlar haqidagi satrlarga ham
ko‘zimiz tushadi: “U odamga juda ham o‘xshar, qo‘lida o‘tkir o‘q
tortilgan temir yoyni ushlab turar edi. Boshidan oyoq sovutga o‘ralgan
bu temir odam ich- ichidan yonib turardi”.
2. 1928-yili Toshkentda ixtirochilar B. Grabovskiy va I. Belyavskiylar
elektrnur yordamida harakat qilayotgan tasvirni bir joydan uzatadigan
va qabul qiladigan apparat yaratib, muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdilar.
Poytaxtimiz televideniye vataniga aylanishi bejiz emasdi. Chunki
Alisher Navoiy bir necha asrlar ilgari “Farhod va Shirin”
dostonida bu
qurilmani ham o‘z holicha “oynayi jahon” deb nomlaydi. Farhod uzoq
Arman o‘lkasining malikasi Shirinning husni jamolini aynan shu vosita
orqali ko‘rib, unga mahliyo bo‘lib qoladi.
3. “Xamsa”ning to‘rtinchi dostoni “Sab’ayi sayyor”da eskalator
va lift haqidagi farazlarni o‘qigan mashhur
sharqshunos olim Bertels
ham hayrat og‘ushida qolganini yashirmagan ekan. “Shoh bu taxtga
chiqadigan bo‘lsa, pilla poyalar uning qadam qo‘yishi uchun pasayib,
bir-birining ustiga yotadi. Shoh shu 8 poyaning hammasini bosib o‘tib,
o‘z taxtiga o‘tirgach, u zinalar yana baland ko‘tariladi”. Bu yerda keyingi
asrlarda, yana ham aniqrog‘i, 1892-yilda amerikalik kashfi yotchi Jessi
Reno tomonidan yasalgan eskalator haqida
gap ketayotganiga shubha
yo‘q. (“
Navoiyshunoslik”
dan)