Она тили 5 мет


Topshiriq.  Qo’yilgan muammo


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

Topshiriq.
 Qo’yilgan muammo: Matnlarni diqqat bilan o‘qing
O’QIB va TINGLAB TUSHUNISH, GAPIRISH ko’nikmasini 
rivojlantirish uchun tavsiya etiladi. Matn o’qituvchi tomonidan 
yoki audio shaklda o’qib eshittiriladi. “Qayta hikoya” metodi taklif 
etiladi.
Munosabat bildiring yordamida o‘quvchilarning matndan olgan 
xulosalari, matnda ilgari surilgan g‘oya haqida umumlashma fikrlari 
aniqlanadi. Munosabat bildiring. GAPIRISH ko’nikmasini rivojlantirish 
uchun tavsiya etiladi.
1. Ismi taqdiri bilan uyg‘unlashib ketgan yana qanday mashhur 
insonlarni bilasiz?
Yechim:
Furqat,Muqimiy kabi ijodkorlar hayotining ismi bilan 
uyg‘unlashib ketgani haqida ma’lumot berish mumkin.
2. Tanigan insonlaringiz orasida ismi jismiga monanandlari bormi?
O‘quvchilar orasida “Men bilaman, sen-chi?” o‘yinini o‘tkazish 
mumkin.
Masalan, o‘quvchi: “Men sinfdoshim Dononing haqiqatan aqlli 
ekanligini bilaman, sen-chi, Hikmat?” (Hikmat biror tanishining ismi 
jismiga mosligi haqida gapiradi…)
3. Shuhrat Abbosov timsolida bolalikda chekilgan zahmat 
ulg‘ayganda obro‘-e’tibor olib kelishiga ishondingizmi? (shuhrat 
so‘zining shon-shavkat so‘zi bilan sinonimligi; yaxshi niyat yarim davlat 
ekanligi haqida fikrlar bildiriladi)
3-topshiriq
dagi birikmalarda ajratilgan so‘zlarni sinonimlari 
bilan almashtirib, daftarga yoziladi. Kim ko‘p birikma hosil qila 
oladi?


173
Topshiriqni “Vizual o‘qitish” metodi yordamida bajarish 
mumkin.
O‘qituvchi mashhur kinorejissor, Qo‘qonda tug‘ilgan, yaxshigina 
jarohatlandi, qattiq og‘riydi, o‘lmas asarlar, bosh mukofotlarini, shon-
shuhratga ega bo‘lmoq kabi so‘z birikmalarini o‘quvchilarga havola 
qiladi. O‘quvchilar esa ajratilgan so‘zlar sinonimini topib, jadvalga 
joylashtiradilar.Bu topshiriq orqali o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi 
ortadi; YOZISH ko‘nikmasi shakllanadi.

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling