Она тили 5 мет


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

rivojlantiradi. 
Uquv ko‘rki – bilim, bu til ko‘rki – so‘z,
Kishi ko‘rki – yuz-u, bu yuz ko‘rki – ko‘z. (Yusuf Xos Hojib) (Ega va 
ot kesim o’rtasida; yuz-u so’zida bog’lovchini ajratyapti)
421-mashq.
 Uyga vazifa. Boshqa shahar yoki qishloqda yasha-
yotgan tengdoshi -ngizga maktub yozing. Maktubingizda o‘z 
joyingizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va yara tuvchanlik 
ishlari haqida gapiring.
123-dars. NUQTA VA VERGULNING ISHLATILISHI
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarga nuqta va vergulning 
ishlatilish o’rinlari va ularning nutqdagi ahamiyati haqida tushuncha 
berish;;
b) tarbiyaviy maqsad: oila-muqaddas dargoh ekanligi va ota-
onaning xizmatini qilish burchimizligini matnlarni tahlil qilish orqali 
o’quvchilarga singdirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni 
kundalik hayotda qo’llay olish qobiliyatini rivojlantirish.
422-mashq.
 Qo’yilgan muammo: Quyidagi belgilar // o‘rniga 
zarur tinish belgisini qo‘yib, gaplarni yozing. Qo‘yiladigan 
belgining nima sababdan ishlatilayotganiga diqqat qiling. YOZISH 
ko’nikmasini rivojlantiradi.
Yechim:
1. To‘ti olti kun deganda podsho saroyiga yetib kelibdi // (.) (“Uch 
og‘a-ini botirlarertagidan) (Darak, xabar mazmunidagi, ba’zan 
buyurish mazmunidagi gaplardan so‘ng)
2. To‘qayda bir yirtqich sher bor edi // (.)Vahshatda osmon sheridek 
qo‘rqmas edi //(.) (Navoiy. “Sher bilan durroj” hikoyati) (Darak, xabar 
mazmunidagi, ba’zan buyurish mazmunidagi gaplardan so‘ng)
3. Bola //(.) (Voqea-hodisa, shaxs-narsani nomlash uchun ishlatilgan 
(bir so‘z yoki so‘z birikmasi bilan ifodalangan) qisqa gapdan so‘ng) 
Bolaning ko‘ngli – poshsho // (.) (Oybek) (Darak, xabar mazmunidagi
ba’zan buyurish mazmunidagi gaplardan so‘ng)


220
Nuqta quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi:
1. Darak, xabar mazmunidagi, ba’zan buyurish mazmunidagi gaplardan 
so‘ng: Bobom mosh-guruch soqolli, yuzi ajinlarga to‘la barvasta qariya edi. 
(I.Sulton)
2. Voqea-hodisa, shaxs-narsani nomlash uchun ishlatilgan (bir so‘z yoki 
so‘z birikmasi bilan ifodalangan) qisqa gapdan so‘ng:
Yashash. Bu – orzular qanotin kermoq.
Yashash. Bu – muhabbat gullarin termoq. (O. Matjon)
3. Tartib bildiruvchi arab raqamlaridan so‘ng: Nutq tovushlari
2 xil bo‘ladi: 1. Unli tovushlar. 2. Undosh tovushlar.

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling