239
Masalan, men…
Motsartning favqulodda iste’dodga ega bo‘lganligi ma’lum. U to‘rt
yoshida klavishli cholg‘u asboblari uchun kontsert – murakkab musiqa
asari yozadi. Bunday asarni mahoratli va tajribali san’atkorlargina ijro
etishi mumkin edi. Motsartning mehribon otasi hali yozib tugatilmagan
notalarga qarab hayratga tushadi:
– Axir, bu
kuylaring juda murakkab-ku, uni hech kim chala olmaydi!
– Qiziqmisiz, dada, – e’tiroz bildiradi Volfgang, – Uni hatto yosh
bolalar ham chala oladi-ku. Masalan, men…
1. ”Masalan, men,” matnida Motsart o‘zini qanday his qiladi?
A. Murakkab
asar yozuvchisi ekanligini
B. Iste’dodlili bola ekanligini
C. Notalarni ko‘rib hayratga tushganligini
D. Hali yosh bolaligini.
Mushuk ketib qoladi
Motsartning butun bolaligi turli tadbirlardagi chiqishlar va musiqa
mashg‘ulotlari bilan o‘tgan. Yosh iste’dod sohibi Yevropaning turli
burchaklarida tashkil etilgan kontsertlarda oqsuyaklarni hayratga solib
yuradi: otasi Motsartning ko‘zini ro‘molcha bilan yopib qo‘yar,
u ana
shu holatda ham kuy ijro etardi. Hatto cholg‘u asbobining klaviatura-
tugmalarini ham ro‘molcha bilan yopib qo‘yishar, shunda ham bolakay
o‘z ishini uddalay olardi.
Kontsertlarning birida sahnaga to‘satdan mushuk chiqib keladi. Yosh
Motsart kuy chalishni to‘xtatib, mushuk tomon yugurib ketadi. Hamma
narsani unutib, mushuk bilan ovora bo‘ladi. Otasining asabiy baqirig‘iga
javoban esa shunday deydi:
– Cholg‘u
asbobim hech qayoqqa ketmaydi, lekin mushuk ketib
qolsa nima qilaman?!
Do'stlaringiz bilan baham: