242
Keksayib qolgan , ( kambagʻal, bechora, qashshoq) bir ayol uyida
saryogʻ tayyorlab bir doʻkonchiga olib borib sotar edi. Baqqol ayol olib
kelgan saryogʻni hech (tortib, o‘lchab) koʻrmas edi.
Bir kuni negadir
uning koʻngliga bir(shubha, gumon) tushdi.
Navbatdagi olib kelingan
saryogʻni tortib (tekshirib, nazorat qilib) koʻrdi. Bir kiloli saryogʻ 900
gramm chiqdi. Sotuvchi juda (xafa , dili siyoh) boʻldi.
Ertasi kuni kelgan ayolga shunday (dedi, murojaat qildi):
— Endi( men, o‘zim) sendan saryogʻ olmayman.
Ayol dedi:
— Nega endi? Bir (xatolik, ayb, gunoh) oʻtdimi mendan?
– Sen bir kilo deb beradigan saryogʻing roppa rosa 900 gramm ekan.
Ayb emasmi?
Shunda ayol dedi:
– Taqsir, mening uyimda (tarozu, o‘chgich) yoʻq. Men sizdan olgan
bir kilo shakarni tosh oʻrnida (ishlataman, qo‘llayman)...
Sotuvchi nima deyishni bilmay duduqlana boshladi...
Kimgadir qilingan nohaqlik hech qachon javobsiz qolmas ekan...
(Said Ahmad)
Munosabat bildiring.
1. Qavsda berilgan so‘zlar ma’nosidagi farqni qaysi lug‘atdan
bilishingiz mumkin?
2. Nima sababdan baqqol muloqot so‘ngida saryog‘chiga e’tiroz
bildirolmadi.
468-mashq.
Halollik haqidagi maqollarni daftaringizga yozing.
YOZISH ko’nikmasini rivojlantiradi.
1.Halol ishla, halol tishla. 2.Halol mehnat yerda qolmas.3.Halol
mehnat – mo‘l daromad. 4.Halol molning qulfi o‘zida bo‘lar.
5.Mehnatingni halol qilsang, Huzurini ko‘rasan.6. Xalq molini yegan
halqumidan ilinar.
469-mashq.
O‘zbek tilining izohli lug‘atidan halqum, mol, huzur
so‘zlarining ma’nosini topib, shu so‘zlar qatnashtirib gaplar tuzing.
GAPIRISH ko’nikmasini rivojlantiradi.
Yechim:
243
halqum
(ar-tomoq, bo’g’iz) Og’iz bo’shlig’ining qizilo’ngach
bilan
tutashtiradigan hazm yo’lining boshlang’ich,
oldingi qismi;
yutqun.
mol
(ar- boylik, mulk; pul)
Bisotdagi buyum; mol, boylik.
huzur
(ar- bor, mavjud bo’lish, hozir bo’lish; kelish, ko’rinish,
namoyon bo’lish) Yuqori
darajadagi qanoat,
qoniqish hissi,
kishi vujudi, a’zolarining
yayrash holati; rohat.
Do'stlaringiz bilan baham: