Она тили 5 мет


-mashq.  Matnni o‘qing. Mazmunini so‘zlab bering


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

470-mashq.
 Matnni o‘qing. Mazmunini so‘zlab bering. GAPIRISH 
ko’nikmasini rivojlantiradi. “Qayta hikoya” metodi tavsiya etiladi. 
Qadim zamonda Abdusalom degan bir halol inson o‘tgan ekan. 
Uning yakka-yu yagona farzandi bo‘lib, u bolasini juda yaxshi ko‘rar, 
yer-u ko‘kka ishonmas ekan. Kunlar, yillar o‘tib bola katta pahlavon 
yigit bo‘libdi. Bir kuni u otasiga maslahat solibdi:
– Ey, ota! Endi nima kasb qilay?
Otasi: – Ey, o‘g‘lim. “Bo‘ynidan bog‘langan it ovga yaramas”, 
degan gap bor. Endi sen bir hunar yoki kasbni o‘zing tanla va shunga 
mehr qo‘y”.
Shunda o‘g‘li: – Eng yaxshi kasb – o‘g‘rilik bo‘lsa kerak, – debdi.
Otasi shunda debdi: – Mayli o‘g‘lim, o‘g‘rilik bo‘lsa o‘g‘rilik-da. 
Qo‘shnimizning qo‘yini o‘g‘irlab ko‘r-chi. O‘g‘li qo‘shni xonadondagi 
bitta katta qo‘chqorni o‘g‘irlab olib kelibdi. Otasi xursand bo‘libdi va: 
– O‘g‘lim, zo‘r ish qilding. Endi ikkimiz o‘zimizni tejaymiz va bir 
hafta uydan chiqmay, shu qo‘yni mazza qilib yeymiz, debdi. Xullas, 
astoydil bir hafta mazza qilib maishat qilishibdi. Qo‘yni yeb bo‘lgach, 
o‘zlarini tortishibdi.
O‘g‘il bir haftada uch kiloga ozibdi. Ota esa to‘rt kilo ko‘payibdi. 
O‘g‘il hayron bo‘lib otasiga boqibdi. Ota kulib debdi: – Ey, nodon o‘g‘il! 
Bilib qo‘y, sen o‘g‘irlagan qo‘yning pulini men bir kun oldin qo‘shniga 
berib qo‘yganman. Shuning uchun men xotirjam semirdim. Ko‘rdingmi, 
sen o‘zingga halol kasb tanla. U dunyoing ham, bu dunyoing ham obod 
bo‘lur.
(Rahmatulloh SAYFUDDINOV)
Munosabat bildiringGAPIRISH ko’nikmasini rivojlantiradi. 
1. Ayting-chi, nima uchun ota-bola bir xil vazn yig‘ishmadi?
2. Hikoyaga mos maqolni aniqlang.
A. Halollik – jannat mevasi, Haromlik esa do‘zax kulfatidir
B. Haromdan ming tanga,Haloldan bir tanga.


244
C. O’zi olgan qo‘y qurbonlikka kirmas.
D. Ishlamagan tishlamaydi.

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling