88
O‘quvchilar tinglab tushungan matnlari yuzasidan 3-top-
shiriqdagi savollarga javob beradilar.
Bu topshiriqni bajarish uchun “Men bilib oldim, sen-chi?”
texnologiyasida harakat qilinsa, o‘quvchilarning o‘zlariga ishonchi
yanada oshadi.
1. Misr ehromlarida yozilgan “Yozishni bilgan odamlar baxtli
bo‘ladilar”, degan fi krga qanday qaraysiz?
2. Nima deb o‘ylaysiz: savodxon bo‘lishda, to‘g‘ri yozishda ko‘p
kitob o‘qishning qanday ahamiyati bor?
4-topshiriqni
bajarish orqali o‘quvchilarning O‘QIB TU -
SHUNISH va YOZISH ko‘nikmalari shakllantiriladi. O‘quv chilar
jahon donishmandlari tomonidan kitob haqida aytil gan gaplarni
yangi o‘zbek alifbosida ko‘chirib oladilar. Donishmandlar ushbu
fikrlarini lotin yozuvda yozishganligi haqida xulosa chiqaradilar.
1.
Китобнинг сони эмас, унинг яхшиси фойда келтиради.
(
Цицерон, юнон)
2. Саводли бўла туриб китоб ўқимаган кишининг саводсиздан
фарқи йўқ. (
Марк Твен, инглиз)
3. Яхши китоб – бу менинг ҳаётимдаги муҳим бир ҳодиса.
(
Стендаль, француз)
4. Китоблар донишмандликни ёйиш қуролидир. (
Ян Ко менский,
поляк)
Do'stlaringiz bilan baham: