Она тили 5 мет
-mashq. O’QIB TUSHUNISH ko’nikmasini shakllantirish
Download 5.33 Mb. Pdf ko'rish
|
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi
193-mashq.
O’QIB TUSHUNISH ko’nikmasini shakllantirish uchun mo’ljallangan. Matnni o‘qing. Eslatmani yodda tutishga harakat qiling. Aziz o‘quvchi! X va h harfl ari imlosi ba’zan bizni qiynab qo‘yishi sir emas. Quyidagi eslatma sizga bu ikki tovushni ajratishda qo‘l keladi, deb o‘ylaymiz. Eslatma. X va h tovushlarining ishlatilish o‘rnini yodda tutishda quyidagi kabi holatlardan foydalanish mumkin: – h tovushi yumshoqroq talaffuz etiladi, shuning uchun sezilarsezil- mas darajada eshitiladi. Ba’zan so‘zlayotganda so‘z tarkibidan tushib ham qoladi: xohlamoq – xolamoq; fahm – fam; – x undoshi qattiq talaffuz etiladi, shuning uchun tushib qolishga moyil emas, aksincha, ba’zi shevalarda q ga o‘xshash xususiyatga ega bo‘ladi: xalq – qalq; xulq – qulq; mix – miq; – h undoshi tushib qolish darajasiga bormagan hollarda y deb talaffuz qilinishi mumkin, x undoshida esa bu holni ko‘rmaymiz: shohi – shoyi; Abdurahim – Abdurayim; Shohista – Shoyishta; Ibrohim – Ibroyim; X, x harfi chuqur til orqa undoshini ifodalaydi, H, h harfi esa bo‘g‘izda hosil bo‘ladigan undoshni ifodalaydi. 114 – yopiq bo‘g‘inda e tovushidan keyin doim h qo‘llanadi: ehtimol, ehtiyoj, istehkom, mehmon, istehzo, mehnat. – yopiq bo‘g‘inda i unlisidan keyin doim x undoshi keladi: ixcham, ixlos, ixtiro, ixtiyoriy, mix, six. – rus-yevropa so‘zlarida, ko‘pincha, x harfi yoziladi: texnika, xirurg, arxiv, arxitektor. “Mohir qo’llar” yoki “Idrok xaritasi” usullari tavsiya etiladi. O’quvchilar qo’l ishi bilan “ X va H harfli so’zlar lug’ati” tayyorlaydilar. Bu, albatta, uyga vazifa sifatida beriladi. O’qituvchi tomonidan kitob tayyorlash texnikasi o’rgatiladi. Kirish qismiga X va h tovushlarining ishlatilish o‘rnini yodda tutishda uchun berilgan qoidalarni yozadilar. Eng yaxshi lug’at egasi rag’batlantiriladi. Download 5.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling